Ma’lumotsimon axborot hujjatlari



Yüklə 112,9 Kb.
səhifə1/7
tarix05.11.2023
ölçüsü112,9 Kb.
#132546
  1   2   3   4   5   6   7
Ma’lumotsimon axborot hujjatlari tavsifnoma

Ma’lumotsimon axborot hujjatlari

1.Tavsifnoma, tavsiyanoma

2. Tarjimai hol, tilxat

3.Tushuntirish xati

4. E’lon, hisobot

Tavsifnoma

  • Ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat.
  • Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi.

Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari :

  • Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar :
  • a) ismi, otaismi va familiyasi;
  • b) tug‘ilgan yili;
  • v) millati;
  • g) partiyaviyligi;
  • d) ma’lumoti;
  • ye) lavozimi;
  • yo) ilmiy darajasi va unvoni.
  • Hujjat nomi (Tavsifnoma ).
  • Matn.
  • Imzolar.
  • Sana.
  • Muhr.
  • Qoidaga ko‘ra tavsifnomaga ikki shaxs: muassasa (yoki bo‘linma) boshlig‘i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.
  • Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo‘natiladi

O‘zMU fizika fakultetining 4-bosqich talabasi, 1997 yilda tug‘ilgan, o‘zbek, Nazar Shukurovga

TAVSIFNOMA

Nazar Shukurov o‘rta maktabni tugatgach, 2016 yilda Fizika fakultetining 1-bosqichiga o‘qishga kirdi.

Universitetda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko talaba sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o‘rganishga harakat qiladi. Fizika fanlariga alohida qiziqadi. U 2017 yilning aprel oyida talabalarning Xalqaro ilmiy konferensiyasida ma’ruza bilan qatnashdi. Ma’ruzasi konferensiyaning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

N.Shukurov fakultetning jamoat ishlarida faol qatnashadi, fakultetning «Yosh fiziklar» devoriy gazetasiga muharrirlik qiladi.

U kamtarin va to‘g‘riso‘zligi, mehribonligi tufayli hamkurslari hurmatiga sazovor bo‘lgan.


Yüklə 112,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə