Ma’lumotsimon axborot hujjatlari


yil 18 fevral TARJIMAI HOL



Yüklə 112,9 Kb.
səhifə3/7
tarix05.11.2023
ölçüsü112,9 Kb.
#132546
1   2   3   4   5   6   7
Ma’lumotsimon axborot hujjatlari tavsifnoma

2016 yil 18 fevral

TARJIMAI HOL

  • Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. U erkin (ixtiyoriy) tuziladi.

Tarjimai holning asosiy zaruriy qismlari:

  • Hujjatning nomi (Tarjimai hol ).
  • Matn :
  • a) muallif familiyasi, ismi va otaismi;
  • b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi;
  • v) millati, ijtimoiy kelib chiqishi;
  • g) ota­ onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi
  • va otaismi, ish joyi);
  • d) ma’lumoti (qaerda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi
  • va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi);
  • ye) ish faoliyatining turlari;
  • yo) oxirgi ish joyi va lavozimi;
  • j) mukofot va rag‘batlantirishlar;
  • z) jamoat ishlaridagi ishtiroki;
  • i) oilaviy ahvoli va oila a’zolari;
  • y) pasport ma’lumotlari;
  • k) turarjoyi (uy manzili), telefoni.
  • Sana.
  • Imzo.

TARJIMAI HOL

Men, Salimov Karim Olimovich, 1980 yil 15 sentabrda Toshkent shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam – Salimov Olim Oripovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchi, onam – Rahimova Gulnora Azimovna 122­bolalar bog‘chasida bosh tarbiyachi bo‘lib ishlaydilar.

1987 yildan 1997 yilgacha Toshkent shahridagi 1­o‘rta maktabda o‘qidim. 1997 yilda Toshkent texnika universitetining qurilish fakultetiga o‘qishga kirdim. 1998–2000 yillarda armiya safida haqiqiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettirdim va 2004 yilda shu universitetni imtiyozli diplom bilan tugatib, quruvchi­muhandis mutaxassisligiga ega bo‘ldim. Yo‘llanma bilan Toshkentdagi 166­qurilish trestining 94­mexanizatsiyalashgan ko‘chma korxonasiga ishga yuborildim. Dastlab muhandis lavozimida, 2009 yildan buyon bosh muhandis lavozimida ishlayapman.

2011 yilda rejadagi topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarganim va erishilgan natijalar uchun Respublika Qurilish vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandim.


Yüklə 112,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə