Ma’lumotsimon axborot hujjatlari


Toshkent shahridagi «Sulton» fermer xo’jaligining



Yüklə 112,9 Kb.
səhifə7/7
tarix05.11.2023
ölçüsü112,9 Kb.
#132546
1   2   3   4   5   6   7
Ma’lumotsimon axborot hujjatlari tavsifnoma

Toshkent shahridagi

«Sulton» fermer xo’jaligining

2022 yilda rejalashtirilgan

Ishlarning bajarilishi haqida

Hisobot

Xo‘jalik tasarrufidagi ekin ekiladigan 100 gektar yerga yil boshida 10 turdagi ekin ekish rejalashtirilgan edi. Shundan 8 tur ekin ekildi. Ikki turi – ukrop va kashnich sharoit yo‘qligi tufayli ekilmay qoldi. Yil oxirida rejadagi 2000 tonna o‘rniga 2030 tonna sabzavot mahsulotlari olindi. 3 gektar tokzorda 90 tonna xo‘raki uzum yetishtirildi. Bu rejadagidan 26 tonna ko‘p. Kartoshka, pomidor, piyoz, sabzi gektar boshiga avvalgi yildagiga qaraganda bu yil 2 – 3 tonna ko‘proq yetishtirildi. Piyoz rejadagidan 3 tonna kam olindi. Sababi – un­shudring tushdi, vaqtida agrotexnika tadbiri o‘tkazilmadi.

Xo‘jaligimiz ishida o‘rnak ko‘rsatgan a’zolarimiz quyida­ gilardir:

1. T. Turobov

2. S. Rustambekov

3. K. Xo‘jaev.

4. L. Sobirxo‘jaev.

Yil yakuni bo‘yicha moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishda bularning xizmatini inobatga olishingizni so‘rayman.

Fermer xo‘jaligi

rahbari (imzo) S. Xolnazarov

  • Xizmat safari va rahbarning muayyan topshirig‘ini bajarish bo‘yicha hisobotlar ma’lum davr ishlari bo‘yicha hisobotdan qisman farq qiladi

Zaruriy qismlari

  • Sarlavhasi: idora rahbarining lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi, kim tomonidan qanday topshiriq uchun hisobot berilyapti.
  • Hujjatning nomi (Hisobot ).
  • Hisobot matni («Sizning topshirig‘ingizga binoan» tarzidagi iboralar bilan boshlanadi, topshiriq qanday bajarilganligi aniq ma’lumotlar bilan bayon qilinadi; xulosa qilinadi).
  • Ilovalar ko‘rsatiladi (ko‘p hollarda ).
  • Hisobot beruvchining lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi, imzo.
  • Sana.

Yüklə 112,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə