Фалсафа 2021 №2. p65


Philosophy and life / ¹ 2 (13) 2021



Yüklə 319,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix11.05.2023
ölçüsü319,92 Kb.
#109643
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
4458-Текст статьи-8933-1-10-20220424

80
Philosophy and life / ¹ 2 (13) 2021
ba’zi bir tazkirachilarning yozishlariga qaraganda, Chig‘atoy turklarining Barlos
elidan ekanligi haqida ham ma’lumotlar bor. Sadriddin Ayniyning keltirishicha,
Bedil va uning qarindoshlari nomlarining “Mirzo” unvoni bilan boshlanishi
shuni ko‘rsatadiki, bobolarining biri ulug‘ boshliq “sardor” bo‘lishi mumkin.
Chunki Hindistonda atoqli boshliqlar avlodini “Mirzo” degan faxrli unvon
bilan ataganlar va ular o‘ziga xos bir tabaqa hisoblanar edi [Ayniy S., 1978:
b.265]. Mirzo Bedilning buyuk ajdodlarimizdan biri ekanligini isbotlovchi yana
bir misolga diqqatni qaratadigan bo‘lsak, “Mirzo” kalimasi haqida Miyon
Buzrukning “Bedil” maqolasida qiziqarli ma’lumot keltiriladi. “Bedilning ismidagi
“Mirzo” kalimasi uning temuriy sulolasidan ekaniga ochiq dalildir, chunki
“xon” kalimasi mo‘g‘ul sulolasiga qanday xos bo‘lsa, “Mirzo” kalimasi ham
temuriylarg‘a shunday xosdir. Bedilning bobolari O‘rta Osiyodan Hindustong‘a
g‘olib Bobir Mirzo zamonlaridan borib qolganlar va Bango‘lsmitda Azimobod
shahrida erlashganlar” [Miyon Buzruk, 1928], - deb yozadi muallif.
“Bedil” atamasini so‘fiyona, oshiqona tahlil etadigan bo‘lsak, dil, ko‘ngil,
qalb bilan bog‘lanib kelayotgani kishini befarq qoldirmaydi. “Bedil” badiiy
adabiyotda dilini qo‘ldan bergan oshiq - ma’shuq ma’nosini anglatadi.
SHuningdek, o‘z ishini qalbi bilan sevgan, ko‘ngilni fan va adabiyotga
bag‘ishlaganini anglatishi haqida ham fikrlar bor [Mo‘minov I., 1969: b.58].
Ushbu fikrni isboti o‘laroq, yana shuni qo‘shimcha qilishimiz mumkinki, “Bedil”
deyishning ma’nosi aniq: oshiq yorga shu qadar mahv bo‘lganki, ma’shuqa
tajalli aylaydigan makoni – dilning o‘zini ham olib qo‘ygan, tamoman zabt
etgan, shu sababdan u bedil (dilsizdir) [Sultonmurod Olim, 2005: b. 103-104].
Darhaqiqat, garcha “Bedil” taxallusi bir qarashda dilsiz, qalbsiz ko‘rinsa-da,
aslida butun qalbi va dilini Allohga bag‘ishlagan ma’shuq ma’nosini uqib olishimiz
mumkin. Faylasuf shoir bu haqida shunday deydi:
Bedil osudatar az mavchi guhar hok shudem,
Raftan az xesh chi miqdor ba tamkin omad
“Gavharning sekin-sekin mavj urishi bilan uvadalanib, bedil bo‘lib bordik,
(endi) o‘zlikdan qutulishning (voz kechishning) qay darajada imkoni qoldi
ekan?” [Gulshani adib, 1977: b. 248]. Bunda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, “bedillik”
ishqning mukammalligi, o‘zlikdan kechish, Allohga bo‘lgan cheksiz va barqaror
muhabbatning chegara- darajasidir. Bir so‘z bilan aytganda, Bedil o‘z qalbini
Allohga bag‘ishlagan faylasuf-shoirdir.
Bedil hikmat – falsafa hamda handasaga oid salaflarining asarlarini o‘rgandi.
Amakisi Mirzo Qalandardan boshqa Hindistonning atoqli so‘fiylari Mavlono
Kamol, Shoh Qosim, Xuvallayhiy, Shoh Fozil, Shoh Abdulfayz, Mirzo Zarif
degan kishilardan saboq oladi. Mirzo Bedil Shayx Kamol qo‘lida mustaqil o‘qigan.
Bedilning aytishicha, Shayx Kamol ma’rifatparvar kishi bo‘lib, hind tili va
falsafasini yaxshi egallagan, shu sohalarda Bedil bilan suhbatlar o‘tkazgan. Mirzo



Yüklə 319,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə