Фалсафа 2021 №2. p65


Philosophy and life / ¹ 2 (13) 2021



Yüklə 319,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/20
tarix11.05.2023
ölçüsü319,92 Kb.
#109643
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
4458-Текст статьи-8933-1-10-20220424

83
Philosophy and life / ¹ 2 (13) 2021
shuningdek, insonning hayoti, ruhiy kamolotiga ta’siri ochib berilgan.
Insoniyat kelajagi va taraqqiyoti uchun qonuniy zarurat sifatida vujudga kelgan
yaxshilik, insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, mehr-muruvvat, karam, sahovat
kabi qadriyatlar Bedil falsafiy qarashlarida markaziy o‘rinni egallagan. Bedil
asarlaridagi ilmiy-irfoniy, diniy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy fikrlarning mohiyatida
ham ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar o‘z ifodasini topgan va ular bugungi kunda
ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
Mirzo Bedil ijodida dunyoni botinan anglash, inson ruhiyatini kamol toptirish,
o‘zlikni anglash orqali borliqqa munsabatda bo‘lish g‘oyalari ilgari surilgan. Ularni
falsafiy nuqtai nazardan teran tadqiq etib, ilm-fan sohasida keng qo‘llash bugungi
kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanib bormoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
XX asarga kelib, ma’naviy – axloqiy muammo ham global tus ola boshladi.
Ushbu muammoni har tomonlama hal etishda Sharq mamlakatlarida mintaqa
axloqiga xos bo‘lgan yo‘llar, usullar va vositalarga murojaat etish o‘ta e’tiborlidir.
Shundan kelib chiqqan holda, Mirzo Bedil falsafiy qarashlarini, unda ilgari
surilgan gumanistik g‘oyalarni tadqiq qilish nazariy va amaliy jihatdan muhimdir.
Milliy-axloqiy qadriyatlarni umuminsoniy jihatlarini kashf etishda, milliy falsafani
umuminsoniy va jahon falsafasi darajasiga ko‘tarishda Mirzo Bedil ijodini o‘rganish
muhim ahamiyatga egadir. Buni biz xorij olimlari e’tirofidan ham anglashimiz
mumkin. Jumladan, italiyalik sharqshunos olim, Neapol universiteti professori
Aleksandro Bauza ta’kidlaganidek, “Bedilga o‘xshash tarixiy shaxslar faqat bir
o‘lkaga taalluqli bo‘lmay, balki ular jahonning barcha xalqlariga mansubdir va
ularning mehr-muhabbati barcha insonlarning haroratli bag‘ridan joy olgandir”
[Shavkatov Sh., 2005: 84 b].
XULOSA
Sho‘rolar davriga qadar yurtimizda bedilxonlik kechalari keng ko‘lamda
o‘tkazilib kelinar edi. Bunday kechalar yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotiga
o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan. Lekin, sho‘rolar mafkurasi tazyiqi ushbu
an’ananing rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan. O‘zbekistonning mustaqillikka
erishganligi, xalqimizning boy ma’naviy an’analaridan bo‘lgan bedilxonlik
kechalarining ham tiklanishiga imkon yaratmoqda. Mirzo Bedil falsafasi asosida
bedilxonlik kechalarini qayta tiklash yoshlarimizni ushbu an’ana vositasida
ma’naviy-axloqiy kamol toptirish, ularda tarixiy xotirani shakllantirish va
mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir.
ÁÈÁËÈÎÃÐÀÔÈß
Ôèòðàò. (1996) Ìèðçî Áåäèë. - Ò.: Õàë³ ìåðîñè.
Àéíè Õ. (1956) Áåäèëü è åãî ïîýìà “Èðôîí” - Ñòàëèíàáàä: Òàäæãîñ-
òèçäàò.



Yüklə 319,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə