Falsafa asoslari


Mehnat — turmush estetikasining muhim omili



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/221
tarix17.02.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#100978
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   221
13 Falsafa asoslari

Mehnat — turmush estetikasining muhim omili. 
Insonning 
aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli 
faoliyati mehnat deb atalishi ma’lum. U ma’naviy va moddiy ji­
hatdan odamzod hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda 
moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson ayni pay­
tda ham aqliy, ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma’naviy 
yuksalib boradi. Biroq mehnat o glr majburiyatga aylangan joyda 
uning bu xususiyatlari yo‘qoladi. Shu sababli mehnat har jihat- 
dan yuksak samara berishi uchun erkin bolishi, mehnat jarayoni 
ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Agar mehnat erkin va ijodiy
362


bo‘lsa ko‘plab yuksak asarlar, mukammal mahsulotlar yaratiladi. 
Va aksincha, mehnat asarlari xunuk bo‘lsa insonning mehnat qi- 
lish zavqi va baxtidan mosuvo ekanligi, bu esa ular yashayotgan 
jamiyatning ma’naviy qashshoqligini ko‘rsatadi.
Mehnat estetikasi deganda mehnat sharoiti, mehnat vositalari
mehnat natijalarida estetik qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi 
tushuniladi. Mehnatning estetik jihatlari shaxsning ijodiy faoli- 
yat potensiali uning ma’naviy, aqliy, axloqiy-estetik tomonlari bi­
lan umumiyligi va mehnat natijalaridan beg‘araz lazzatlanishiga 
bog‘liqdir. Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo'lishi uchun 
avvalo obyektiv omillar, ishlab chiqarish jarayoniga ham bog‘liq. 
Albatta bu o‘rinda mehnatkashlarning madaniyati, estetik didi 
masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mehnatning estetik mohiyati u kechadigan ijti­
moiy shart-sharoitlarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Bozor mu- 
nosabatlari sharoitida raqobat amal qilishi moddiy ne’mat ishlab 
chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat ko‘rsatish, 
sifatli mahsulotlar yaratish, iste’molchilarning badiiy-estetik 
didi va ehtiyojlariga mos tovarlar yetishtirishni zaruriy ehtiyojga 
aylantirdi. Moddiy va ma’naviy ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini 
ta’minlash va rivojlantirish shaxs, millat va jamiyat taraqqiyoti 
garovlaridan biridir.
Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bolishi avvalo obyek­
tiv omil — ishlab chiqarish jarayoniga ham bog‘liq. Albatta, bu 
o‘rinda mehnatkashlarning madaniyati, axloqi, estetik didi ma­
salalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, mehnat insonga kuchli va ko‘p qirrali ta’sir 
ko‘rsatib, uning faoliyatiga estetik ma’no-mazmun baxsh etadi, 
ma’naviy kamol topishiga ko‘maklashadi. Bunda ijod ustuvorligi 
qancha yuqori bo‘lsa, uning estetik mohiyati ham shuncha barqa- 
ror, ma’naviy ta’sirchanligi kuchli bo‘ladi. Mamlakatimiz mus- 
taqillikka erishgach mehnatning mohiyati ham tubdan o‘zgardi. 
«Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun» tamoyili mam- 
lakatimizda olib borilayotgan islohotlar avvalo inson hayotini 
farovon, turmushini obod bo‘lishi, mehnatning erkin va ijodiy 
tabiatiga bog‘liqligi ifodasidir.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə