Falsafa fanidan 936/21 guruh talabasi Tuychiyeva Malohat Tojiboyevnaning tayyorlagan slaydi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#136221
1   2
Globallashuv va milliy-ma\'naviy xavfsizlik

Global muammolar butun yer kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Yerning qolgan yuzasi, er osti bo’shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi.
2. Global muammolarni yechishda falsafaning roli
Og’ir va murakkab vazifalarni yechishda insonga fan doim yordam bergan. Yuzaga kelgan vaziyatning o’ziga xosligi va Yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o’rganish mumkin bo’lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko’p sonli o’zaro aloqalari va o’zaro bog’liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq yetishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o’z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. SHu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan vazifalarni yechishidan qat’iy nazar, ular bilan bog’liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Global muammolarni falsafiy anglab yetishning o’ziga xos xususiyatlarini tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu shakligagina xos bo’lgan xususiyatlarni qayd etib o’tamiz.
Birinchidan, falsafa, dunyoqarashni shakllantirar ekan, inson faoliyati yo’nalishini ko’p jihatdan belgilaydigan muayyan mo’ljallar beradi. Shu tariqa falsafa o’zining dunyoqarashni shakllantirish va aksiologik funksiyalarini bajaradi.
Ikkinchidan, turli fanlar doirasida o’rganiladigan murakkab tizimlar haqida yaxlit tasavvur mavjud emasligi bu fanlarning o’zaro hamkorligi yo’lida jiddiy to’siq hisoblanadi. Shu ma’noda falsafaning mazkur fan doirasida yuzaga keladigan nazariyalarni umumlashtiruvchi metodologikfunksiyasi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ilmiy bilimning integratsiyalashuviga ko’maklashadi.
Uchinchidan, falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda tushuntirish imkonini beradi. U jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlarini ta’riflaydi va shu sababli global muammolarni o’rganishda ularni ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog’liq bo’lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga yo’l ko’rsatadi.
To’rtinchidan, falsafa global muammolar rivojlanishining umumiy tendentsiyasini, ularning o’zaro aloqasi va bir-birini taqozo yetish darajasini falsafiy nuqtayi nazardan anglab yetish imkonini beradi.
Beshinchidan, falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish orqali ma’naviy - madaniy funksiyani bajaradi. Turli xalqlarning falsafa tarixini o’rganish, ularning madaniyati bilan ham tanishish imkonini beradi. Muayyan xalqlar oldida turgan muammolarning birortasini ham ularning madaniyatiga bog’lamasdan yechish mumkin emas.
Oltinchidan, global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan o’sib borayotgan oqimida yanada aniqroq mo’ljal olish imkoniyati tabiiy-tarixiy jarayonni yaxlit ko’rish va uni talqin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli hisoblanadi.
Yettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, o’lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo’yadiki, bu insoniyatga global muammolar tahdid solayotgan sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Texnika va texnologiya tushunchalarining falsafiy mohiyati
Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan va texnika yordamida hal qilish mumkin degan illyuziyani yaratgan texnooptimistik kayfiyatlar kuchaydi Bunday qarashlar «iste’mol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi deb e’lon qilgan ko’p sonli nazariyalarda o’z aksini topdi. Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial», «texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli kontseptsiyalarini yaratish ustida faol ish olib borildi.
E`tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə