Falsafa fanidan 936/21 guruh talabasi Tuychiyeva Malohat Tojiboyevnaning tayyorlagan slaydi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#136221
  1   2
Globallashuv va milliy-ma\'naviy xavfsizlik

Globallashuv va milliy-ma'naviy xavfsizlik

Reja: 1. Globallashuv – yangi falsafiy mavzu sifatida 2. Global muammolarni yechishda falsafaning roli 3. Texnika va texnologiya tushunchalarining falsafiy mohiyati


Mavzu: Globallashuv va milliy-ma'naviy xavfsizlik
1. Globallashuv – yangi falsafiy mavzu sifatida
Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko’rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo’lganini nazarda tutish muhimdir.
Hozirgi zamonda dunyo so’nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o’zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o’laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o’zgarishlar yuz bera boshladi.
Jahon hamjamiyati o’z rivojlanishining Yangi bosqichiga qadam qo’ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o’zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo’ldi.
Bu o’zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi.
Globallashuv - jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo’lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir.
Jahon rivojlanishining eng Yangi tendentsiyalarini anglab yetish borasidagi ko’p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendentsiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo’lishiga olib keldi.
«Globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy yetish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo’llaniladi.
1991 yilda Internet paydo bo’lganidan so’ng dunyo informatsion jihatdan ham uzil-kesil tutashdi. Kompyuter inqilobi va Internet tarmog’ining rivojlanishi chegaralardan boshqa hamma narsa mavjud bo’lgan Yangi axborot maydonini vujudga keltirdi.
Global muammolar butun dunyogagina tegishli bo’lmay, uning mintaqalari va hatto ayrim mamlakatlar darajasida namoyon bo’lgani bois, ilmiy adabiyotlarda ularning umuminsoniy ahamiyatini tan olish bilan bir qatorda, ularni mohiyati o’zgacha, ta’sir doirasi esa torroq bo’lgan ayrim, mahalliy, mintaqaviy muammolardan farqlash ham amalga oshiriladi. Turli darajadagi muammolarni «umumiylik», «xususiylik» va «yakkalik» falsafiy kategoriyalarining muayyan ifodasi sifatida o’rganar ekanlar, ularni odatda shunday talqin qiladilarki, xususiy muammolar ayrim muammolar sifatida, mahalliy va mintaqaviy muammolar – xususiy muammolar sifatida, global muammolar esa – umumiy muammolar sifatida amal qiladi

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə