Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə22/103
tarix11.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#127138
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103
falsafa majmua 2023 (4)

Badiiy bilim. Borliqni tushunib etish refleksiyaning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u san’at borlig‘ining barcha bosqichlarida – asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha – o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi.
Diniy bilim. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat borlig‘ining mazmunini aniqlashdir. U insoniyat to‘plagan tajribaga tayanib, inson hayotining muhim ko‘rinishlari, chunonchi: oila va turmushdagi xulq-atvor, axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga munosabatni tartibga soladi.
Falsafiy bilim. Falsafa, san’at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg‘un – inson dunyoda ma’naviy mo‘ljal olishiga ko‘maklashish. Falsafiy bilim ayni shu maqsadga bo‘ysundirilgan. Falsafa umuman dunyo, uning «birinchi» asoslari, hodisalarning universal o‘zaro aloqasi, borliqning umumiy xossalari va qonunlari haqida umumiy tasavvurni shakllantiradi. Falsafa dunyoni insonga bog‘lab o‘rganadi. Me’yorlar va ideallar, ilmiy bilimlar va san’at yutuqlari, insonning tashvishlari, ehtiyojlari, hayot mazmunini anglash yo‘lidagi izlanishlari faylasufning dunyoqarashini, falsafiy mushohada yuritish shaklini belgilaydi.
Ilmiy bilim. Bilimning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta’riflar ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‘zining aniqligi bilan ajralib turadi. Ilmiy bilim, ma’naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida inson faoliyatini tartibga solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu vazifani turlicha bajaradi va mazkur farqning tahlili ilmiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashning birinchi va muhim sharti hisoblanadi.
Bilish dunyoning ob’ekt va sub’ektga bo‘linishini nazarda tutadi. Falsafada bu tushunchalar jonli mavjudot bo‘lgan inson bilish jarayoniga olib kiradigan va bu jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sub’ektivlikdan uzoqlashish uchun ishlab chiqilgan. Bilimning ob’ektivligi, haqiqatning sub’ektdan mustaqilligi e’lon qilingan. Sxolastika tabiatshunoslikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan sharoitda ilmiy bilish sub’ektlarining o‘tkinchi manfaatlari ko‘pincha ob’ektivlikka xalaqit berardi, shu bois bu tushunchalarning aniq farqlanishi o‘rinli bo‘lgan. Faylasuflarni sub’ektning ob’ektga ta’siri muammolari, anglab etilayotgan ob’ektga sub’ektivlikning ta’siri yo‘llari va xususiyati masalalari tobora ko‘proq qiziqtira boshlagan hozirgi kunda ham bu muammo va tegishli tushunchalar o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə