Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 114,68 Kb.
səhifə15/32
tarix12.04.2023
ölçüsü114,68 Kb.
#105288
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
1-ma\'ruza matni

Borliq hayot fenomeni sifatida, materiya va ruhning ajralishidan oldin yuz bergan yaxlit organik jarayon sifatida talqin qilinganda hayot falsafasi yuz ko‘rsatadi. Bu yerda birlamchi hayot voqyeligi o‘zini turli xil ko‘rinishlarda namoyon etadi. Nitsshening volyuntarizmida u «hokimiyatga intilish» sifatida namoyon bo‘ladi. Bergson tasavvurida hayot kosmik yuksalish bo‘lib, uning mohiyati ong va o‘ta yuksak ong bilan belgilanadi. Diltey va Zimmel hayotni madaniy-tarixiy xususiyatga ega bo‘lgan kechinmalar oqimi sifatida tavsiflaydi. Biroq taklif qilingan talqinlarning barchasida hayot ijodiy shakllanish jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi.
Harakat, eng avvalo – oqilona unumli harakat sifatida tushunilgan borliq bizni AQShda ayniqsa keng tarqalgan pragmatizm sohasiga olib kiradi. Ushbu falsafiy konsepsiyaga ko‘ra har qanday harakat kelajakka qaratilgandir. Amerikalik faylasuf Ch.Pirs (1839–1914)ning: «Narsa g‘oyasi uning hissiy oqibatlari g‘oyasidir», degan tezisi pragmatizmning manifesti sifatida qaralishi mumkin. Haqiqat u yoki bu g‘oyaning samaraliligi va ish qobiliyati, uning maqsadga erishish uchun foydaliligi demakdir.
Borliqqa intuitiv tarzda anglab yetiladigan sir sifatida yondashuv, intuitivizm deb nomlanadi. Intuitsiya intellektga qarama-qarshi turadi va predmetning mohiyatiga biron-bir manfaatni ko‘zlamasdan, xolisona nazar tashlashni, sub'ekt va ob'ekt o‘rtasidagi masofani qisqartirishni nazarda tutadi. Intuitivizmda bilim kechinma tarzida amal qiladi.
Borliq vaziyatlardan tarkib topsa va ularni talqin qilish usuli birinchi darajali ahamiyat kasb etsa, demak, bu yerda gap germenevtika haqida boradi. Uning doirasida tushunuvchi talqin qilish borliqni gavdalantirishning asosiy modusi hisoblanadi. Biror narsani tushunish uchun uni tushuntirish kerak, tushuntirish uchun esa – tushunish zarur.
Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib yetish, ularning eng muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno bo‘lish – ko‘rsatilgan bo‘limlarni sinchiklab o‘rganish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir. Pirovardida biz falsafaning o‘ziga xos tili, o‘z yondashuvlari va metodlari, nihoyat, tabiat, jamiyat va tafakkurga oid eng muhim aloqalar, xossalar va qonunlarni o‘zida aks ettiruvchi umumiy tushunchalar – kategoriyalar tizimi vujudga kelganining guvohi bo‘lamiz. Bunda falsafadagi har bir bo‘lim yoki yo‘nalish ham o‘z tushunchalar apparatiga, ya'ni bilimning faqat shu sohasiga xos bo‘lgan va uning asosiy mohiyatini yoritib beradigan kategoriyalar tizimiga egadir.
Falsafada ko‘rib chiqilgan mavzular bilan bir qatorda shunday bilim sohalari ham mavjudki, ular qolgan barcha bilim sohalariga kirib boradi, ular bilan uyg‘unlashadi va ularni to‘ldiradi. Masalan, tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkurida yuz beruvchi harakat, rivojlanish va o‘zgarishlar haqidagi falsafiy ta'limot dialektika ana shunday bilim sohalaridan biri hisoblanadi.
Ob'ektiv sabablarga ko‘ra falsafiy bilimning ayrim sohalari sezilarli darajada rivojlandi va vaqt o‘tishi bilan mustaqil falsafiy fanlarga aylandi. Bunday bilim sohalari qatoriga, masalan, insonning bilishni amalga oshirish shakllari, qonunlari va usullarini o‘rganadigan fan - mantiqni; ma'naviyat va axloq haqidagi ta'limot – etikani; go‘zallik qonunlariga muvofiq ijodning mohiyati va shakllari haqidagi fan – estetikani kiritish mumkin.
Shu ma'noda falsafa tarixi fani alohida diqqatga sazovordir, zero u, mohiyat e'tibori bilan, nafaqat falsafiy, balki tarixiy fan hisoblanadi. Ayni vaqtda u falsafiy bilim tarkibiga ham kiradi, chunki falsafiy tafakkurning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini, falsafiy g‘oyalar evolyusiyasi va xususiyatini turli faylasuflar, yo‘nalishlar, oqimlarning ta'limotlarida qanday tavsiflangani nuqtai nazaridan o‘rganadi. Falsafa tarixi fanida falsafiy ta'limotlarni tizimga solish va tasniflashga, matnlar, tarixiy sanalarni tahlil qilishga, daliliy material, biografik ma'lumotlar yig‘ishga alohida e'tibor beriladi. Shu munosabat bilan dunyoqarashni kengaytirish va teranlashtirishga, o‘z falsafiy yondashuvlarini yaratishga qaratilgan falsafani o‘rganish, uning tarixi, asosiy namoyandalari va eng muhim falsafiy asarlari bilan albatta tanishishni nazarda tutadi.

Yüklə 114,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə