Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Fuqarolik jamiyatida shaxs erkinligi



Yüklə 165,19 Kb.
səhifə75/92
tarix28.05.2023
ölçüsü165,19 Kb.
#113638
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

89) Fuqarolik jamiyatida shaxs erkinligi.
Shaxs mustahkam iymon-e’tiqod, g’oya va insoniy fazilatlarga ega bo’lgan, Vatan, millat tuyg’usi bilan yashaydigan, o’zida davr xususiyatlarini ifoda etadigan insondir.
Shaxs erkinligi demokratik qadriyatlar tizimida alohida o’rin tutadi. Erkinlik — insonning intellektual-ma’naviy kamolotga erishuvining zarur sharti, anglanganligidir. Erkinlik tufayligina inson yaratuvchanlik qobiliyatini namoyon etadi, shaxsiy mas’uliyat va insoniy burchini to’la his etadi. Shaxs erkinligi avvalo, axloqiy, so’z, vijdon, matbuot erkinligida ro’yobga chiqadi. Demokratik jamiyat shaxs erkinligini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish bilan cheklanib qolmay, ilm-fan, san’at, din, huquq va h.k.larni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi.
«Erkinlik» tushunchasi har qanday shaxsga nisbatan emas, balki o’z xatti-harakati, xulq-atvori va faoliyati uchun javobgarlikni his etadigan, ma’naviy jihatdan barkamol insonga nisbatan qo’llaniladi. Jamiyatning ma’naviy salohiyati yuksalib borgani sayin, kishilar erkinlikka o’zboshimchalik, nimani xohlasa shuni qilish deb emas, balki ma’naviy-intellektual rivojlanish imkoniyat deb qaraydilar.
Jamiyat o’z taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muammolarni hal etish uchun shaxsning muayyan tarixiy namunalarini yaratadi. Har bir o’zgargan tarixiy sharoitda shaxs mohiyatini va mazmunini yangicha tushunish zaruriyati vujudga keladi. Bugungi adabiyotlarda harizmatik, shuhratparastlik, tajovuzkorlik va boshqa shakldagi shaxslar timsoli aks ettirilmoqda.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish sharoitida fozil va barkamol inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qoldi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o’z oldiga ana shunday shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi.


90) Ilmiy bilishning moxiyati va usullari.
Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug’ullanadi.
Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muhim o’rin egallab keldi. Har bir fan o’ziga xos bilish usullaridan foydalanadi.
Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to’plashning o’ziga xos usullari mavjud bo’lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi.
Ilmiy bilish metodlarini o’rganadigan maxsus soha — metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o’z xarakteriga ko’ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bo’linadi.
Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo’lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish, induktsiya va deduktsiya, qiyoslash va modellashtirish kabilarni ko’rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida kuzatish, eksperiment, taqqoslash umummilmiy metodlar bo’lsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umummilmiy metodlar hisoblanadi.
Xususiy ilmiy metodlar har bir fanning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, suhbatlashish, anketa so’rovi, hujjatlarni o’rganish sotsiologiya faniga xos bo’lgan xususiy ilmiy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish metodi boshqa fanda shunday samara bermasligi mumkin. Ilmiy bilishda to’g’ri metodni tanlash bilishda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilmiy tadqiqotda nimani o’rganish kerak, degan masala fan predmetini aniqlashga imkon bersa, qanday o’rganish kerak, degan masala esa ilmiy bilish metodini to’g’ri belgilashga yordam beradi.
Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ilg’or ilmiy nazariya fanning butun taraqqiyoti davomida erishilgan muhim yutuq bo’lib, u ilgarigi ilmiy qarashlarni ijodiy rivojlantirish, o’sha yutuqlarga tanqidiy nuqtai nazardan qarash orqali vujudga keladi. Fan mohiyatan o’zi erishgan yutuqlarga shubha bilan qarashni taqozo qiladi.



Yüklə 165,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə