Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Madaniyat tushunchasi va uning taxlili



Yüklə 165,19 Kb.
səhifə74/92
tarix28.05.2023
ölçüsü165,19 Kb.
#113638
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

88) Madaniyat tushunchasi va uning taxlili.
Madaniyat ko’p qirrali ijtimoiy-tarixiy hodisa bo’lib, insoniyat ma’naviyati yuksalib borgani sayin mazkur tushunchaning mazmuni tobora boyib boradi. Madaniyat inson tomonidan yaratilgan sun’iy olamdir yoki ikkinchi tabiatdir, degan qarashlar ham yo’q emas. Bunda odam zotining yaratuvchilik qobiliyati, iqtidori va shu asosdagi faoliyati hamda ularning natijalari nazarda tutiladi.
Madaniyat inson bilimlari, ko’nikma va tajribalarini, ma’naviy salohiyatini hamda amaliy faoliyat jarayonida inson ideallarining ro’yobga chiqishi va shaxs sifatida kamol topish jarayonini o’zida aks ettiradi.
Har bir xalq o’ziga xos madaniyat yaratadi va va shu madaniyat tufayli o’zligini anglaydi jahon taraqqiyotiga hissa qo’shadi.
Milliy madaniyat rivojida quyidagilar katta o’rin tutadi:
Millatning Vatani — millat tarqalgan va u azal-azaldan yashab kelayotgan hudud. Milliy madaniyatning kamol topishi, rivoji va sakdanishi uchun eng asosiy tabiiy omil Vatandir. Uning sajdagoh kabi muqaddasligining sabablaridan biri ham ana shunda. Vatansiz milliy madaniyatning takomili, uning avlodlardan-avlodlarga to’la holda meros qolishi to’g’risida gapirish qiyin. Faqat o’z Vatanidagina millat madaniyatini cheksiz rivojlantirish, ma’naviy kamolotning yuksak cho’qqilariga tomon yetish imkoniga to’la-to’kis ega bo’lishi mumkin.
O’z urf-odat va an’analariga ega bo’lmagan millat yo’q. Ma’naviy hayotning mana shu jihatlari orqali millatning o’zligi namoyon bo’ladi. Urf-odat va an’analarda millatning tarixi, o’tmishi, madaniy merosi o’z aksini topadi. Ana shu xususiyatlarini yo’qotgan millat etnoijtimoiy birlik sifatida yo’qoladi.
Qadriyatlar millatning madaniyat va sivilizatsiya jihatidan yaratgan barcha boylik va ma’naviy merosini ifodalaydi. Shu bilan birga, ular muayyan millatning qadr-qimmati, dunyodagi o’rni va salohiyatini ham namoyon qiladi. O’z qadriyatlarini ko’z qorachig’idek saqlash, asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish millatga mansub har bir kishi va avlod uchun ham qarz, ham farzdir.
Milliylik — madaniyatning joni, uning millat bilan bog’liq yashash usuli, millatning unda namoyon bo’ladigan ruhidir. Umuminsoniylik esa madaniyatning butun jahonga xosligi, ana shundan kelib chiqadigan umumbashariy xususiyatlari, jamiyat rivojining barcha davr va hududlarga xos umumiy tamoyillaridir. Milliy madaniyatlar bir-birini boyitadi. Ular o’rtasidagi o’zaro ta’sir tabiiy ravishda xalkdar va millatlarning bir-biri bilan iqtisodiy, siyosiy, axloqiy sohalardagi hamkorligi uzviy bog’liqdir. Biroq bir milliy madaniyatni boshqa xalqlarga zo’rlab targ’ib etish, joriy qilish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Milliy madaniyatning gullab-yashnashi xalqlarning sivilizatsiyalashgan taraqqiyot yo’lidan borishi va o’ziga xos sivilizatsiya yaratishida muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 165,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə