Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Xaqiqat tushunchasi, uning shakllari



Yüklə 165,19 Kb.
səhifə76/92
tarix28.05.2023
ölçüsü165,19 Kb.
#113638
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

91) Xaqiqat tushunchasi, uning shakllari.
Haqiqat inson bilimlarining voqelikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Haqiqat o’zining mazmuniga ko’ra mutlaq va nisbiy bo’lishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy xarakterga ega bo’lib, ularning majmuasidan mutlaq haqiqat vujudga keladi.
Haqiqat o’z mazmuniga ko’ra hamisha ob’ektivdir. Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xohish-irodasiga bog’liq emasdir. Masalan, O’zbekistonning milliy mustaqilligi ob’ektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki olmasligidan qat’i nazar, bu haqiqat o’z mazmunini saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin buzish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh bo’ladi va o’z qadrini yo’qotadi. Shuningdek, haqiqat hech qachon mavhum emasdir. U hamisha konkretdir. Hegel so’zlari bilan aytganda, nimaiki voqe bo’lsa, u haqiqatdir, haqiqat — voqelikdir. Haqiqat mazmunining konkret xarakteri joy, vaqt va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi.
O’zbek tilida “ haqiqat” tushunchasi gohida diniy teologik ma’noda ham ishlatiladi va “Haq” — Xudo, Olloh mazmunini ifodalaydi. Buni mumtoz falsafa va adabiy merosimizda yaqqol ko’rish mumkin. Tarixda nom qoldirgan allomalarimizning aksariyati haqiqatga erishishni, avvalo, “Haq”qa, uning vasliga etish deb tushunganlar va talqin qilganlar. Tasavvufga mansub bulgan barcha olimu fuzalo, alloma va shoirlar ham ana shu dunyoqarash pozitsiyasida turganligi ma’lum.
Haqiqatga xos bo’lgan muhim jihat unda ob’ektiv va sub’ektiv tomonlarning mavjudligidir. Bu borada ta’kidlash lozimki, haqiqat ayni paytda ham sub’ektda, ham sub’ektdan tashqaridadir. Avvalo, haqiqat har qanday holda ham sub’ektivdir. Negaki, u hech qachon inson va insoniyatdan tashqarida mavjud bo’la olmaydi. Haqiqatning ob’ektivligi esa inson tasavvurlarining haqiqiy ob’ektiv tashqi mazmuni insondan tashqarida ekanligini, uning insonga bog’liq emasligini anglatadi.


92) Ўзбекистон истиқлоли ва билимли ёшларни тарбиялаш масалалари.
Jamiyat taraqqiyotining falsafa sohasidagi dolzarb vazifalarini belgilaydigan yana bir ustuvor yo’nalishi inson omili va mezonidir. Mustaqillik tufayli barcha islohotlarimizning bosh yo’nalishi va samaradorligining pirovard natijasi inson deb belgilandi. «Bu — demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat olib borish demakdir» Bu o’z ichiga ijtimoiy infratuzilmani, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, nafaqa bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, aholini ekologik va boshqa xavf-xatarlardan muhofaza etish, odamlarimizning ijtimoiy soha bo’yicha talab-e’tirozlarini qondirish masalalariga davlatning doimiy e’tiborini har tomonlama kuchaytirishni oladi.
Ma’naviyat va ma’rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismidir. «Bu hayotiy haqiqat biz hamisha amal qiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog’i hamda o’zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog’i lozim. Bu tizim markazida ma’naviyat, axloq-odob, ma’rifat kabi o’lmas qadriyatlar turmog’i kerak». Prezident Islom Karimov bularni «uch buyuk qadriyat» deb atadi. Uning ta’kidlashicha, shunday chinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lgan yoki ega bo’lishga intilgan odam demokratiya ne’matlarining oddiy iste’molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Fuqarolik jamiyati — faol fuqarolardan tashkil topgan jamiyat deganidir.
Ijtimoiy taraqqiyotning o’zbek modeli xalqimiz jahon hamjamiyati davrasidan munosib o’rin olishga, o’zligini anglashga, ozod va obod jamiyat qurishga, yurtimizni ma’naviyati yuksak insonlar yashaydigan mamlakatga aylantirishda nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Falsafa bugungi kunda ana shu kontseptsiyaning turli jihatlarini ham falsafiy o’rganishni davom ettirishni zaruriyatga aylantiradi. Qayd etilgan masalalarni tadqiq qilmog’i, bu sohalardagi samarali yo’l va usullarni izlab topmog’i lozim.
Islohotlar jarayonining doimiylik, umumiylik, zaruriylik, muhimlik va takrorlanuvchanlik asosida kechishi, uning qonuniy jarayonga aylanishiga va ayni vaqtda, xilma-xil modellar shaklida namoyon bo’lishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida, kishilarning erkin faoliyati uchun, ya’ni ularning o’z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, rivojlanish va taraqqiyotning o’ziga xos va mos andozalarini, milliy modellarini tanlab olishlari uchun yetarli imkoniyat yaratib beradi hamda kishilarning barcha faoliyatini, shu jumladan o`z imkoniyatlarini erkin tanlash jarayonini ma’lum ijtimoiy-tarixiy doiraga, me’yorga solib turadi. Falsafaning bugungi dolzarb vazifalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan va dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotgan o`ziga xos taraqqiyot yo’lining ana shunday ob’ektiv qonuniyatlariga asoslanadi.



Yüklə 165,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə