Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi


O‘rta asrlar Sharq falsafiy tafakkurining rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/29
tarix31.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#99810
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati (2)

O‘rta asrlar Sharq falsafiy tafakkurining rivojlanish xususiyatlari.
Markaziy Osiyo – 
sivilizatsiyaning qadimgi o‘choqlaridan biri. VIII-IX asrlarda Markaziy Osiyo arab xalifaligi 
tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari – Bag‘dod va Damashqda madaniyat va fan 
ravnaq topdi.


Xalifalar al-Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809), Ma'mun (813-833) 
hukmronligi davrida hind va yunon adabiyotlarining tarjimalariga qiziqish ayniqsa kuchaydi, 
Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, yevklid kabi yunon faylasuflarining ilmiy merosi o‘rganildi. 
IX asr boshida Bag‘dodda «Dor ul hikmat» - «Bilim uyi» tashkil etildi. Bu dargohda xalifalikning 
turli shaharlaridan taklif qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, kimyo, falsafa 
va boshqa fanlarni sinchiklab o‘rgandilar.
IX asrda boshlangan arab istilosiga qarshi kurash mustaqil davlat qurish va xalifalikka 
qaramlikdan xalos bo‘lish uchun kurashga aylandi. Natijada Markaziy Osiyo mo‘g‘ullar istilosini 
boshdan kechirdi va unga qarshi kurash jarayonida XIII asr boshlarida bir necha davlatlar – 
Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar va G‘aznaviylar davlatlari paydo bo‘lib, ular keyinchalik tor-
mor qilindi.
IX asr boshlarida dastlab Somoniylar davlati vujudga kelgan bo‘lsa, XIII asrning 20-
yillarida Xorazmiylar davlati mo‘g‘ullarning uzluksiz hujumi ostida qoldi. Biroq, ko‘p asrlik 
urushlarga qaramay, Markaziy Osiyoda madaniyat, fan, san'at va adabiyot rivojlanishda davom 
etdi.
Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, va boshqa buyuk 
allomalar yashab ijod qildilar. Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga ko‘ra o‘sha davrni Markaziy 
Osiyoda uyg‘onish davri deb nomlash mumkin. Uyg‘onish davri fani va madaniyatining o‘ziga 
xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1. barcha odamlarni ma'rifatli qilishga intilish, bu yo‘lda o‘tmish merosidan va qo‘shni 
mamlakatlarning fan, madaniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni 
rivojlantirish; 
2. tabiatni o‘rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni oqilonalikka tayanib rivojlantirish, aqlning 
kuchiga ishonish, asosiy e'tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb 
bilish; 
3. insonga xos tabiiy, badiiy, ma'naviy fazilatlarni yuksaltirish, insonparvarlikni ulug‘lash, 
barkamol avlodni tarbiyalashda oliy ma'naviy qonunlarga rioya qilish;
4. universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish, bu davr 
madaniyatining muhim jihatlaridir.
Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. Savdo-
sotiqning rivojlanishi, iqtisodiy aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli viloyatlari o‘rtasida 
madaniy qadriyatlar almashinuvi va uning boshqa mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi, 
tabiiy va madaniy boyliklar, turli xalqlarning an'analari, tili va tarixini o‘rganish bilishning eng 
to‘g‘ri yo‘llari va usullarini yaratish, bilish jarayonining butun apparatini takomillashtirishga 
bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Fanning optika, matematika, astronomiya kabi tarmoqlarining jadal 
rivojlanishi tabiatni chuqur o‘rganish va tadqiqot metodlarini kengaytirishga imkoniyat 
yaratdi.O‘rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qo‘ynidagina emas, balki fan qo‘ynida 
ham rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya 
sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlar ma'lum. Odatda tabib, munajjim, sayyoh bo‘lgan Sharq 
faylasuflari asbtrakt mulohazalardan ko‘ra ko‘proq tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar.
Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida Markaziy Osiyolik mashhur 
faylasuf, qomuschi-olim, Yaqin va O‘rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk 
faylasuf va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik, shoir va mutafakkir Umar 
Xayyom, tabib va faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə