Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi


Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/29
tarix31.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#99810
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati (2)

Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy
(870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil 
odamlar shahri, Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga 
oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda 
mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. 
Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni 
birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e'tibor bergan. 
Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni 
vaqtda «ko‘p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya'ni «yagona» muhitdan borliqning turli 


muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi to‘qqiz gumbaz 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu gumbazlarda ularning yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan 
jonlar yashaydi. Gumbazlar o‘z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang-
barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta'limotidan foydalangan. 
U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo‘shilmagan, chunki uning paydo 
bo‘lishi va o‘limi tananing paydo bo‘lishi va o‘limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. 
Ayni shu sababli Forobiy ijodida bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki 
dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab yetish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini 
sezgilar idrokidan foydalanib anglab yetadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab yetiladi. 
Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a'zolari beruvchi materialdan foydalanishi lozim.
Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan 
bo‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini yechishga intilish bilan 
tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar 
– havo, olov, yer, suvni; shuningdek minerallar, o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini 
sinchiklab o‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning ob'ektiv mavjudligiga urg‘u beradi. 
Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta'sir ko‘rsatdi.
Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa 
fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan 
holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy fikricha, ob'ekt sub'ektga qadar mavjud bo‘lgan. 
Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bo‘lganidek, bilish mumkin bo‘lgan narsalar ham 
bilishdan oldin paydo bo‘lgan
1
.
Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida 
o‘zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotirlash, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy 
mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni 
o‘rganadi. Forobiy «Fan va san'atning o‘ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning 
uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan 
mohiyatni bilishga eltuvchi yo‘l ekanligini qayd etadi.
Forobiy fikricha, inson paydo bo‘lganidan so‘ng avvalo «oziqlantiruvchi kuch» paydo 
bo‘ladi, uning yordamida oziqlanish jarayoni yuz beradi. So‘ngra sezgi organlari paydo bo‘ladi, 
ular insonga sezish, tasavvur qilish qobiliyati va xotirani beradi. Shundan keyingina inson «orzu 
kuchi» yordamida bilim va hunarlarni o‘zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan 
farqlaydi, o‘z xulq-atvorini tartibga soladi. Forobiy insonning barcha kuchlari ma'lum sezgi 
organlari bilan moddiy sabab orqali bog‘lanadi, bu kuchlarning birortasi ham moddiy sababsiz 
mavjud bo‘la olmaydi
2
, deb hisoblaydi.
Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga o‘tishini qat'iyan rad etadi va ruh ham, 
tana kabi substansiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. Uning bu fikri noizchil 
bo‘lgan. Bunday noizchillik Aristotelning bilish nazariyasida ham kuzatiladi.
Aristotelga ergashib Forobiy ham ayrim narsalar birlamchi, mavjud tushunchalar va 
g‘oyalar – ikkilamchidir va ular aqlda muayyan narsalarning mavhumlashishi natijasida paydo 
bo‘ladi, deb hisoblaydi. Forobiyning bu g‘oyalari universaliyalar va umumiy tushunchalar 
haqidagi qarashlarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. Universaliyalar mavjud bo‘lgani uchun 
ham umumiy tushunchalar mavjuddir,
3
deb hisoblaydi buyuk mutafakkir. 
Ilmiy bilim va falsafiy tafakkurning rivojlanishi bilish yo‘llariga boshqacha nazar tashlash 
imkonini beradi, biroq Forobiy ilgari surgan g‘oya Gegel falsafasida o‘zining yanada barkamolroq 
ifodasini topadi. «Vazifa bilishdan iborat bo‘lgani tufayli, kuzatish bilan taqqoslash haqidagi 
masala undan voz kechish ma'nosida yechilgandir. Endilikda masala faqat bilish doirasida nima 
birinchi bo‘lishi va undan keyin nimalar anglab yetilishi lozimligi haqida bo‘lishi mumkin. Endi 
tabiatga muvofiq yo‘l emas, balki bilishga muvofiq yo‘l talab etiladi. Bilish fikrning muayyan 
1
Qarang: Farobi. Kommentarii k kategoriyam Aristotelya // Izbranniye proizvedeniya misliteley stran Blijnego i 
Srednego Vostoka. – M., 1961. – 191-b. 
2
Qarang: Farobi. Fusus al-Xikam. Majemu al-Farabi. – Kair, 1997. – 150-152-b 
3
Farabi. Kitab al-Xuruf. – Dushanbe: Ilm, 1972. – 25-b 


mazmunidan ko‘ra, mavhum mazmunni anglab yetishi osonroqdir»
4
. Binobarin, bilish masalasi 
borliqning qaysi jihati biluvchi sub'ektning ob'ekti hisoblanishidan kelib chiqib hal qilinadi. 
Umuman, Forobiy g‘oyalari nafaqat Sharq fanining, balki G‘arb ijtimoiy-falsafiy tafakkurining 
rivojida ham muhim rol o‘ynadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə