Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/29
tarix31.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#99810
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati (2)

Abu Rayhon Beruniy 
(973-1048 yillar, asarlari: “Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar”, “Hindiston”, “Minerologiya”), tabiat va uning ob'ektiv qonunlari mavjudligiga 
shubha qilmagan. U tabiat muttasil o‘zgarish va rivojlanishda bo‘ladi, materiya narsalar shaklini 
o‘zi yaratadi va o‘zgartiradi, jon (tafakkur, ma'naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb 
ta'kidlagan.
Ma'lumki, tajriba, eksperiment borliqni bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy 
shunday deb yozadi: «Mendagi ishtibohni faqat tajriba va takroriy sinov bartaraf etishi mumkin, 
...so‘zlovchilarning yakdilligiga qaramay, buning haqiqiyligi tajribada o‘z tasdig‘ini topmagan»
5
.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, «Beruniyni yetarli asos bilan o‘rta asr fanida empirik metod 
yaratuvchilaridan biri deb hisoblash mumkin. U metallar va minerallarning xossalari va 
solishtirma og‘irligini aniqlash bo‘yicha bir qancha tajribalar o‘tkazdi»
6
. Tajribada olingan bilimni 
mutafakkir ayrim me'yorlarga muvofiq ishonchli bilim deb talqin qiladi. Ularning orasida 
ob'ektlarning kuzatuvchanligi, tajribalarning qayta o‘tkaziluvchanligi va kuzatishlarning 
tekshiriluvchanligini qayd etish mumkin.
Bu mulohazalar tajriba, bilim olish va uning haqiqiyligini tekshirish metodi sifatida, o‘rta 
asr sharoitida ham ancha keng tarqalgan, deb aytish imkonini beradi.
G‘oya ilgari surilgani va ishonchli bilimning olinishi tajriba bilan bog‘lanishi, bilimning 
haqiqiyligi tajribada sinalishi muhimdir.
Beruniyning ijodida kuzatish muhim o‘rin egallaydi. Tabiatni ilmiy o‘rganishda kuzatish 
bilishning boshqa shakllari bilan o‘zaro bog‘langan. 
Beruniy fikricha, kuzatuvchi kuzatilayotgan hodisani u yuz berayotgan joyda idrok etadi
7

Binobarin, kuzatish u yoki bu hodisani uning muayyan ko‘rinishida qayd etadi
8
. Kuzatishlarning 
eski ma'lumotlari ob'ektning haqiqiy ko‘rsatkichini ancha buzib ifodalashi mumkin.
Beruniy tadqiqotchi o‘tkazgan tajriba va uning natijasi amalda ishonchli ekanligini qayd 
etadi. U «Sinovdan boshqa ustuvor dastur, tajribada tekshirishdan o‘zga muvaffaqiyatga eltadigan 
dasturilamal yo‘q»
9
, deb yozadi.
Beruniy astronomik kuzatishlar vositasida Oy va Quyoshning tutilishi, ularning yerdagi 
hayotga ta'siri, iqlim, tabiiy va sun'iy tanlanish, saqlanish, rivojlanish anomaliyasi kabi murakkab 
muammolarni yangi ilg‘or metod va nazariy tamoyillar yordamida yechishga harakat qildi.
Beruniy Sharqda astronomiya kuzatish asboblarini yaratish texnikasining vujudga kelishi 
va rivojlanishi tarixida ham yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. U o‘sha davrda ilmiy izlanishlar 
olib borishda foydalanilgan eski asboblarni takomillashtirish va yangilarini yaratishga alohida 
e'tibor bergan. Olimni o‘ta aniqligi va mukammalligi bilan ajralib turuvchi kuzatish asboblarini 
yaratish imkoniyati masalasi qiziqtirgan.
Shunday qilib, samo jismlarining holatlarini nafaqat asboblar vositasida, balki 
o‘rganilayotgan ob'ekt xususiyatiga muvofiq amalga oshirishni allomaning ulkan xizmatlaridan 
biri deb hisoblash mumkin. Bunday metodologik mo‘ljal, ilmiy tadqiqotlar jabhasi 
cheklanganligiga qaramay, ilmiy bilishning yangi yo‘llari va vositalarini topish borasidagi 
izlanishlarda muhim rol o‘ynadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə