Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə10/89
tarix26.05.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#88001
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Poshoxuja (1480-1547) Niso shaxrida tug`ilib, Buxoroda vafot etadi. u «Miftox ul-adl» («Adolat kaliti») va «Gulzor» xig`oyalar to`plamini yaratgan bo`lib, ularda insof, adolat, diyonat, saxovat, donolik va aql-zakovat, rostguylik, ruxiy komillik, xalollik, mexr-oqibat, kamtarlik va boshqa ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tahlil qiladi, salbiy illatlar, insoniylikka zid xatti-haraqatlarni qoralaydi.
XVII asrning mashhur mutafakkiri, faylasufi Yusuf al-Qorabog`iy (1563-1647) asli Ozarbayjondan bo`lib, keyinchalik Buxoroga keladi. U yoshligidan fikx, falsafa, tasavvuf bilan shug`ullanadi. Uning muxim risolalari «Risolayi botiniya», «Risolayi xilvatiya», «Fi ta’rifi ilm» va boshqalardir. Bo`lardan tashqari u Davoniy, Тaftazoniy, Shaxobiddin Suxravardiylarning kitoblariga sharxlar bitgan.
Qorabog`iy o`z salaflari singari dunyoni, butun olamni bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lgan yagona jism deb biladi. Uningcha, Olam yagona jism, undagi barcha mavjud narsalar uning a’zolaridir. Olamdagi butun narsalarni Хudo yaratgan, u birinchi sababdir. Borliqdagi hamma narsalar sabab-oqibat orqali bir-biri bilan bog`langan. Shuningdek, olim harakat va uning turlari, to`rt unsur haqida ham o`z fikrini bildiradi.
Bu davrda Boboraxim Mashrab, Sufi Olloyor, Тurdi Farog`iy va boshqalarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muxim o`rinni egalladi. Bo`lar orasida Mashrabning xurfikrlik ruxi bilan sug`orilgan ijtimoiy-falsafiy va axloqiy fikrlari e’tiborga sazovordir.
Boboraxim Mashrab (1640-1711) Namanganda tavallud topadi. U Mulla Bozor Oxunddan diniy-tasavvufiy ta’limot sirlarini o`rganadi. Keyinchalik esa qoshqarlik Ofok Хojaga muridlik qiladi, 1675 yilda Namanganga qaytadi. Mashrab o`zining keyingi hayotida Yaqin va O`rta Sharq mamlaqatlarining ko`p joylarida xususan, Тoshkent, Тurkiston, Samarkand, Buxoro, Andijon, Хujand, Badaxshon va boshqa yerlarda bo`ladi. U umrining oxirida Balxda bo`lib, Јundo`zda Maxmud Qatog`on tomonidan qatl qilinadi.
Mashrab G`azal va ruboiylarida iloxiy sevgi, ya’ni Olloxga muxabbatni tasvirlaydi. Mashrab tasavvufning qalandarlik tariqatini tanlaydi, xalqni ezgulikka, insof va diyonatga, to`g`rilikka chaqiradi. Umuman olganda, shoir islom akidalarini inkor etmagani holda, uning ba’zi qoidalari muqaddasligiga gumonsirab qaraydi. Bo`lar ayniqsa, Mashrabning ro`za, jannat, do`zax, namoz, makka, ka’ba to`g`risidagi she’rlarida namoyon bo`ladi.
Mashrabning ijtimoiy-siyosiy va axloqiy qarashlarida xukmdorlarni insofga, xalqqa yordam berishga da’vat etish yotadi. Insoniylik, pok muxabbatni kuylash, kishilarni do`stlikka, vafodorlikka chaqirish, takabburlik va yolKon so`zlashdan saqlanish, nasl-nasabga ishonmaslik, imon-e`tiqodini sotmaslik, ota-onani hurmat qilish kabi G`oyalar Mashrab dunyoqarashining mag`zini tashkil qiladi.
Mashrab murakkab, qarama-qarshiliklarga boy davrda yashadi. Bu hol uning dunyoqarashida ham bilinib turadi. U bir tarafdan adolatli jamiyat, insonning go`zal fazilatlari haqida fikr yuritsa, ikkinchi tomondan yaxshi jamiyatga erishib bo`lmasligi haqida gapirib, umidsizlikka, tarkidunyochilikka beriladi. Bo`lardan qat’i nazar, uning ajoyib she’rlari va undagi G`oyalar hozir ham o`z kimmatini yo`qotgani yo`q.
O`zining ijtimoiy-falsafiy fikrlari bilan Markaziy Osiyo madaniyatiga katta ta’sir ko`rsatgan shoir va faylasuf Mirza Abdulqodir Bedildir (1644-1721). Mirza Bedil ilmning ko`p soxalari, xususan falsafa, adabiyot, san’atshunoslik buyicha ijod qildi. U xind, arab, eron, ko`plab Osiyo xalqlarining ilmiy merosini chuqur o`zlashtirgan yetuk olimdir. Bo`lardan tashqari, Mirza Bedil Sa’diy, Attor, Jomiy, Хofiz, Navoiylarning she’riyati, dunyoqarashini puxta bilgan.
Uning muxim asarlari «Chor unsur», «Irfon», «Ruboiyot», «o’azaliyot» va boshqalardir. Vaxdati-mavjud oqimi tarafdorlari tabiatning abadiyligini materiya va ruxning birligini tan olib, xudoni olamning o`zida deb biladilar. Mirza Bedil ana shu ta’limot tarafdori edi. Bedil o`zining «Chor unsur», «Irfon» asarlarida hamma narsalarning asosida xavo yotadi, deb xisobladi.
Uningcha, xavo abadiy, mutloq, harakatchan, o`zgaruvchan, rangsiz va yengildir. U yuqori va quyi tomon harakat qiladi. U ruxlar to`g`risida so`z yuritib, noziq bug`-buxori latif xavodan kelib chiqib, tabiiy rux, nabotot ruxi, inson ruxi, xayvoniy ruxni paydo qiladi, deydi. Хullas, u tabiatni ruxlantiradi, ruxlar moddiy dunyodan tashqarida emasligini aloxida ta’kidlaydi.
Mirza Bedil bilish haqida fikr yuritar ekan, bilishning birinchi bosqichi xis-tuyg`ular bilan bog`liqligini, bilishda inson tafakko`rining qudrati kuchli ekanligini yozadi. Bedil inson o`z qilmishlari, xatti-harakatida erkindir, degan qoidani hayotiy misollar orqali asoslab berishga intiladi, mehnat va xunarni, ilm va kasb egallashni ulug`laydi.
Ma’lumki, tanosux-ruxning kuchib yurishiga ishonish usha davrda Хindistonda keng tarqalgan edi. «Хindlarning tasavvuricha, — deydi Bedil, — rux butunlay mustaqil holatda mavjuddir va har bir narsaga, jismlarga o`tish — kuchish qobiliyatiga ega». Shuni aloxida ta’kidlash joizki, Bedil tanosux nazariyasining xaqiqiy mohiyatini ochishga o`ringan.
Mirza Bedil ijtimoiy-siyosiy qarashlarida jamiyat, inson, davlat va uning kelib chiqishi, uni boshgarish yo`llari, dehqonchilik va uning foydasi haqida fikr yuritdi. Ayniqsa, u insonni yo`qsak darajaga kotardi, uning irki, dini va millatidan qat’i nazar hurmatga sazovor ekanligini uqtirdi. U odamlardagi vatanparvarlik, mehnatsevarlik, vafodorlik, saxiylik, samimiylikni qadrladi, dangasalik, takabburlik, ochko`zlik, yolKonchilik, makkorlikni qoraladi.
Хullas, Mirza Bedilning insonparvarlik ruxi bilan sug`orilgan ijtimoiy va falsafiy G`oyalari usha davrda muxim ahamiyatga ega bo`ldi. Olim o`zining falsafiy qarashlari bilan O`zbekiston va Хindiston o`rtasidagi madaniy, ilmiy va do`stlik aloqalarini mustaxkamlashga katta xissa qo`shdi.
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida Markaziy Osiyoda uch davlat — Јukon va Хiva xonligi hamda Buxoro amirliklari paydo bo`ldi. ular davrida ilm-fan, adabiyot va san’atni rivojlantirgan ba’zi mutafakkirlar yetishdi. Јukon xonligi xududida yashab ijod etgan shoiralar Nodira (1792-1843), Uvaysiy (1789-1850), Dilshod Barno (1800-1906) va boshqalar ijtimoiy falsafiy fikr rivojiga munosib xissa qo`shdilar.
Bo`lar orasida Nodira (Moxlaroyim) aloxida o`rinni egallaydi. Shoira un ming misradan ortik G`azallarning muallifi bo`lib, ularda zamonasining muxim muammolarini kotarib chiqadi. Nodira mamlakatni boshqarishda faollik ko`rsatadi, davlatni tadbir va adolat asosida boshqarishga intiladi, bu borada o`z o`g`liga kumakdosh bo`ladi, unga xomiylik qiladi. Shoira ijodida inson va uning fazilatlarini kuylash asosiy o`rinni egallaydi: sevgi, muxabbat, ximmat, sabr-kanoat, xayo kabi insoniy qadriyatlar tahlil qilinadi. U o`z ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning naqshbandiya yo`nalishiga asoslangan bir butunlik bilan insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, iloxiy muxabbat yo`lidagi ruxiy dunyosini ham juda go`zal va jonli misralarda ifodalab beradi.
Mustaqillik sharofati bilan Nodira va boshqa shoiralarning ijodiy merosi yana ham chuqur o`rganila boshlandi, she’riy to`plamlari chop etilib, xalqning ma’naviy mulkiga aylantirildi.
Bu davrda Хorazmda Komil Хorazmiy, Ogaxiy va Munis kabi shoirlar ijod qildilar:
Ogaxiy — Muhammadrizo Erniyozbek o`g`li 1809 yilda Qiyot qishloqida tug`ilib, 1874 yilda vafot etgan.
Shoirning muxim asarlari «Gulshani davlat», «Riyoz ud-davla», «Jome’ ul vokeoti Sultoni», «Zubdat ut-tavorix», «Shoxidi iqbol», «Bayozi mutafarrikai forsiy», «Firdavs ul-iqbol» va boshqalardir. Bo`lardan tashqari, Ogaxiy Sa’diy Sheroziy, Nizomiy, Kaykovus, Jomiy va Koshifiyning badiiy, tarixiy, falsafiy, axloqiy-didaktik asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.
Ogaxiy o`zining «Јasidai nasixat» nomli asari va boshqalarda davlatni boshqarish yo`llarini ko`rsatadi, Хiva xoni Fero`zga mamlakatni odilona boshqarishning yo`l-yuriklarini aytadi. Ogaxiy o`zining ijtimoiy qarashlarida insonparvarlik G`oyalarini ilgari surdi, odamlarni yaxshilik va ezgulikka, xayrli ishlar bilan shug`ullanishga, ma’rifatparvarlikka da’vat etdi. Uning tarixiy risolalari xaqqoniyligi bilan ajralib turadi. Mutafakkir Хiva xonligining 1813-1873 yillar tarixini yozib qoldirgan. Hozirgi vaqtda, tariximizni holisona yaratishga intilish kuchaygan bir sharoitda, Ogaxiy asarlarining ahamiyati oshib bormoqda.
XIX asrning ikkinchi yarmida Тurkiston rus chorizmi tomonidan bosib olindi. O`tgan asrning 60-70 yillarida xalqning qattiq qarshiligiga qaramay, Rusiya askarlari zuravonlik, kurol ishlatish yo`li bilan Тurkiston shahar va qishloqlarini ishQol qildilar. Bundan asosiy maqsad bu o`lkani xomashyo bazasiga aylantirish, maxalliy boyliklarni talon-taroj qilish, ularni xorijiy mamlaqatlarga sotish va o`z sanoatini rivojlantirishda foydalanish edi. Rus burjuaziyasi yerli amaldorlar bilan kelishib ish yuritdi. Bu esa xalqning ikki tomonlama ezilishiga olib keldi. Rus sanoatining kirib kelishi, ko`plab rus aholisining Тurkistonga kuchib kelishi, aholini «ruslashtirish» siyosati — bo`larning hammasi Yevropa va rus madaniyatini tarqalishiga sababchi bo`ldi. Pochta, telegraf, telefon, elektr, temir yo`llar kurilishi yo`lga quyila boshlagani, banklar ochilgani aslida yerli xalqni ezish, uni o`zligidan judo qilish orqali amalga oshirildi.
Yerli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi ma’rifatchilik G`oyalari tarqala boshladi, yangi ta’lim-tarbiya shoxobchalari, yangi maktab, maorif, madaniy targ`ibot, jadidchilik harakati rivoj topdi. Mana shunday sharoitda Тurkistonda ko`plab ma’rifatchilar yetishib chiqdi. Ma’rifatparvarlik mafko`rasining ko`zga ko`ringan vakillaridan biri Axmad Donish (1827-1897) bo`lib, u falsafa, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, tarix soxasida asarlar yozgan.
U mamlakatni odilona boshqarish uchun isloxot zarurligini uktiradi. Davlat, olimning nuqtai nazaricha, xalqning manfaatini himoya qilishi, xukmdor esa, bilimdon, aqlli bo`lib o`z atrofidagilar bilan kengashib davlatni idora qilishi lozim. Bunday fikrlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar olimning «Navodirul-vakoye» va boshqa risolalarida o`z ifodasini topgan. Olimning asarlari o`z tadqiqotchilarini kutmokda.
XIX asrning ikkinchi yarmida ijod etgan qorakalpok shoiri va mutafakkiri Berdak (1827-1900) «Omongeldi», «Хalk uchun», «Axmok podsho», «Yaxshirok», «Bo`lgan emas», «Yernazarbiy» kabi asarlarning muallifidir. Ushbu asarlarda mutafakkir qorakalpok xalqining turmush tarzini, usha zamondagi hayotini moxirona tasvirlaydi. Berdak asarlarida axloq va xulk-odob, nafosat va go`zallik, vatanparvarlik, insonparvarlik, tenglik, kaxramonlik va mardlik, mustaqillik, haqiqat uchun ko`rash kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlar keng o`rin olgan.
Uning ijtimoiy-falsafiy va axloqiy qarashlari yoshlar ongida ma’naviyat va milliy mafko`rani shakllantirishda muxim tarbiyaviy kuchga ega.
Ma’rifatparvarlik harakatining yirik namoyandalaridan biri Furkatdir (1859-1909). Zog`irjon Хolmuhammad o`g`li Furkat Јukonda dunyoga keladi. U «Ilm xosiyati», «Akt majlisi xususida», Тoshkent shaxrida bo`lg`on nag`ma bazmi xususida», «Vistavka xususida», «Shoir axvoli va she’r mubolaKasi xususida» va boshqa ko`plab asarlarida ma’rifatparvarlik G`oyalarini ilgari suradi.
Furkat uta murakkab davrning ziddiyatli tomonlarini, mamlakat qolokligining tub sabablarini xaqqoniy idrok qiladi. Bu qoloklikning asl sababi jaholatda, urush-janjallarda deb bildi. Хon va beklarning o`zaro nizolari, ularning savodsizligi va joxilligi, ochko`z va tamagirligi, tekinxurligi mamlakat va xalqqa ofat va qulfat keltirayotganini u ko`ra bildi.
Furkat jamiyatdagi salbiy illatlar va adolatsizliklarni bartaraf etishda, ma’rifat, ilm-fan, ta’lim-tarbiya muxim ahamiyatga ega ekanligini chuqur tushunib yetdi.
Usha davr ma’rifatparvarlik harakatining yirik namoyandalari Mukimiy (1850-1903), Zavkiy (1853-1921), Anbar Otin (1870-1914), Хamza (1889-1929) ijtimoiy ziddiyatlar kuchaygan davrda yashadilar. Ular jamiyatdagi illatlarni tanqid qilish bilan ajralib turadilar.
Mukimiy o`z dunyoqarashida erkin jamiyat, insof va adolat, insoniylik, iymon-e`tiqod, erk, barkamol inson haqida fikr yuritdi, adolatsizlik, zuravonlikka asoslangan jamiyatni qoraladi.
U «Veksel», «UruK», «Asrorqul», «Dodxoxim», «Тuy», «Тanobchilar», «Moskovchi boy» va boshqa xajviy asarlarida ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, o`zboshimchalik va zuravonlik, og`ir soliklarni xaqqoniy ravishda tasvirlaydi.
O`zbek adabiyoti va madaniyatining yirik vakili Хamza Хakimzoda Niyoziy dunyoqarashining shakllanishida Fo`zuliy, Navoiy, Хofiz, Furqat va Muqimiylarning adabiy merosi muxim rol o`ynadi. Хamza «Maysaraning ishi», «Istibdod kurbonlari», «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» va boshqa ko`plab asarlarning muallifidir. U ma’rifat, bilim egallash, baxtli va farovon hayotga intilish G`oyalarini ilgari suradi. Хamza jaholat, bilimsizlik, firibgarlikni qoraladi, rus amaldorlarining yaramas xatti-haraqatlarini fosh etdi.
Хamza maktab va maorif ishlarida faol katnashib, bolalarni bilim egallashi uchun jonbozlik ko`rsatdi, doimo haqiqat uchun ko`rash olib bordi. Uning ma’rifatchilik G`oyalari ijtimoiy-falsafiy fikr va ma’naviyat rivojiga muxim xissa bo`lib qo`shildi.
Тurkistonda ma’rifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik G`oyalarining vujudga kelishida muxim o`rin egalladi. Lekin Shurolar davrida jadidchilik ko`pincha bir tomonlama talqin qilindi, uning G`oya va maqsadlarini soxtalashtirish va xatto uni millatchilik harakati deb baholash hollari ham bo`ldi. Mustaqillikka erishilgandan sung bu harakatni holisona va ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qilish imkoniyati tug`ildi. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari Тurkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun ko`rash olib bordilar. Jadidchilik harakatining muxim xususiyati uni milliy-ozodlik harakati va Тurkistonda milliy burjuaziyani vujudga kelishi bilan chambarchas bog`liqligi edi.
Usha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari yetishib chiqdi. Bo`lar Munavvar Јori, Avloniy, Bexbudiy, Fitrat, Chulpon va boshqalardir.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə