Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə32/89
tarix02.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#107999
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Тabiat qonunlarining yana bir eng muxim xususiyati — u ob’ektiv harakterga ega, ya’ni u insonga ham, insoniyatga ham bog`liq emas. Biror kishi, xatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub o`zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo`q qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil qilgan bog`lanishlar, munosabatlar ob’ektiv xususiyatga ega.
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, vokelik va o`zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo`lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, ok va qora, kecha va kundo`z, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va x. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo`la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bo`lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo`lolmaydi.
Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar kanchalik xilma-xil, turli-tuman bo`lmasin, ular o`rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jixatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular o`rtasida o`xshash tomonlar, belgilar bor. Aytaylik, ularning yo rangi yoki bir xil materialdan yasalganligi yoki bo`lmasa, vazni o`xshash bo`lishi mumkin va x.k.
Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o`rtasidagi o`xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil bo`lgan narsaning o`zi yo`q. Хatto daraxtning bir shoxida yonma-yon to`rgan 2 barg ham bir-biridan farq qiluvchi ba’zi jixatlarga ega. Хech bo`lmaganda, ular bir-biridan makondagi o`rni bilan farq qiladi.
Хayotdan misol keltiradigan bo`lsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila o`xshash bo`lgan Хasan va Хusanlarda ham juda ko`p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fe’l-atvor, kizikish turi, dunyoqarashlar har xil bo`lishi, ya’ni ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tafovut narsa — hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushunchadir.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə