Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə1/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
So\'z turkumlari


KIRISH

Til va tafakkur, milliy til va milliy ruh ajralmas. Har bir tilning grammatik qurilishi ma’lum me’yorga, qonun-qoidaga ega bo‘lib, bu shu tilda so‘zlashuvchi kishilarning ijtimoiy ruhiyati bilan belgilanadi. Zero, «O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkur ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy so‘zlari bilan aytganda, «Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotdur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur»1.


Til ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lganligi sababli uning me’yorlarini belgilash davlatning til siyosati bilan ham bog‘liq. YUrtimiz bir asrdan ko‘proq mustamlakada bo‘ldi. Hukmron xalq va uning tiliga har jihatdan imtiyoz berilib, qaram xalqlarning ruhiyati va tiliga tajovuz qilindi. Faqat istiqlol natijasi o‘laroq, til va tilshunosligimiz istibdod kishanidan xalos bo‘ldi. O‘zbek tilshunosligi tom ma’nodagi mustaqil fan sifatida o‘zbek tilining o‘zbekona tabiatini ochiq-oydin o‘rganib, uni milliy g‘oya va milliy mafkurani targ‘ib qilishning tarkibiy qismiga aylantirdi. Bugungi kunda morfologiyada grammatik kategoriya va shakllarning, so‘z turkumlarining yangicha tasnifi, sintaktik hodisalarning yangi nuqtai nazardan tadqiq qilinishi natijasida ta’limga olib kirilayotgan ilmiy yangiliklar – gapning markazi sifatida kesimning qaralishi, gap va so‘z kengaytiruvchilarining farqlanishi, gap bo‘laklarining darajalanishi, sodda va qo‘shma gap oralig‘ida uyushgan gapning ajratilishi, gap markaziga tayangan holda qo‘shma gapning yangicha tasniflanishi kabilar fikrimiz dalili. Bular esa grammatika, milliylik va milliy mafkura tushunchalarining bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Tilshunoslik sohasida, ayniqsa, morfologiya sohasida amalga oshirilgan talaygina monografik ishlar morfologiya bo‘limining o‘rganish ob’ektlari yuzasidan bildirilgan fikrlar, qarashlar va yondashuvlarning o‘ziga xosligini, bir-biridan farqlanishini ham yuzaga keltirdi. Bunga uzluksiz ta’limning asosiy tarkibiy tizimlari: umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim darsliklarini o‘rganish asosida ham guvoh bo‘lish mumkin. SHu bois, mazkur bitiruv malakaviy ish aynan mana shu maqsadlarga qaratilganligi bilan o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Ishda, asosan, amaldagi umumta’lim maktablarining “Ona tili” darsliklari1, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsliklari2 hamda oliy ta’limning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsliklari3 bir-biriga solishtirilib, ularda morfologiyaning yoritilishi, qarashlar va yondashuvlarning o‘ziga xosliklari va o‘zaro farqli jihatlari umumlashtiriladi hamda ular yuzasidan ayrim mulohazalar bildiriladi.
Ishda asosan qiyosiy metod asosida ish ko‘riladi va shu asosda ta’lim tizimining yuqorida aytilgan uch bosqichidagi mavjud muammolar aniqlanib, ularni mutaxassislar tomonidan jiddiyroq o‘rganish dolzarbligi muhim masala sifatida qo‘yiladi. Aniqlangan muammolar, har xilliklar sohada bir qator amaliy ishlar jiddiy tarzda olib borilishi uchun turtki bo‘lishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ish kirish, 3 ta asosiy bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning hajmi ____sahifani tashkil etadi.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə