Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish


-BOB. So‘z turkumlari tasnifi muammolari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
So\'z turkumlari

1-BOB. So‘z turkumlari tasnifi muammolari.
So‘z tushunchasi tilshunoslik tarixida markaziy o‘rinni egallaydi. SHunga qaramay, so‘zning maqomi masalasida shu kunga qadar bir xil fikr mavjud emas.
Tilshunoslikda so‘z eng noaniq tushunchalardan biri ekani, u turli tillarda turlicha bo‘lishini e’tiborga olib, ayrim tilshunoslar so‘z tushunchasidan umuman voz kechishni taklif qiladilar. Xususan, SH. Balli shunday yozadi: “Birinchi qarashda so‘z tushunchasi aniqqa o‘xshab ko‘rinadi. Aslida, bu tushuncha tilshunoslikdagi eng noaniq tushunchalardan biridir. So‘z tushunchasi noaniq ekan, undan voz kechmoq kerak”1.
Tilshunoslik tarixida so‘zning til ontologiyasidagi o‘rni masalasida ikki yo‘nalish maydonga keldi. Birinchi yo‘nalish so‘zni tilning asosiy birligi deb e’tirof etadi, qolgan barcha birliklarning (morfema, frazeologik birlik, ma’lum grammatik qurilishlar) so‘z bilan qandaydir yo‘l bilan bog‘langanini va so‘z asosida tushuntirilishini ta’kidlaydilar. Mazkur yo‘nalishni shartli ravishda “vebosentrik” (lotincha verbum “fe’l”, “so‘z” demakdir) nazariya deyish mumkin.
Verbosentrik nazariyaning ildizi antiq davrga borib taqaladi va Evropa tilshunosligida keng tarqalgan. Ayniqsa, rus tilshunosligida markaziy o‘rinni egalladi. Antik davr olimlari, xususan, Aristotel fe’lni vaqt ma’nosini ifodalovchi va qismlari alohida olinganda hech qanday ma’no bildirmaydigan tovush birikmasi sifatida izohlaydi.
XX asrga kelib tabiiy fanlarda har qanday narsa zarralarning o‘zaro zidligi va birligidan tashkil topgan yaxlitlik ekani yaqqol ochib berilishi munosabati bilan tilshunoslikda ham so‘zning ma’noli elementlarga bo‘linishi haqida fikr yuritila boshladi. I.A.Bodeun de Kurtene tomonidan eng kichik ma’noli birlik sifatida morfemaning ajratilishi tilshunoslik tarixida katta o‘zgarish yasadi.
So‘zga tilning birlamchi va asosiy ma’noli birligi sifatida qarashga chek qo‘yildi. So‘z ham boshqa birliklar qatoridagi birlik sifatida qarala boshladi.
Tilning birlamchi ma’no birligi sifatida morfemaning e’tirof etilishi tilshunoslikda “morfosentrik” nazariyani vujudga keltirdi. Natijada bunday nazariyaning asosiy tahlil birligi morfema hisoblanib, so‘z, so‘z birikmasi, ramz va uning valentliklari kabi nazariy muammolar ham morfema orqali o‘rganiladi.
Hozirgi tilshunoslikda mavjud bo‘lgan har ikki nazariyaning kuchli ma’lum cheklangan tomonlari bor. So‘zni turkumlarga ajratishda yo‘l qo‘yilgan bir yoqlamalik va uni bartaraf etishda morfosentrik nazariyaning roli ahamiyatlidir.
An’anaga ko‘ra, so‘z atamasi leksik birlik bo‘lgan leksemaga nisbatan ham, morfologik birlik bo‘lgan leksemaga nisbatan ham qo‘llaniladi. SHuning uchun ko‘p adabiyotlarda lisoniy birlik bilan mantiqiy birlik solishtirilib, so‘zning tushuncha ifodalashi, ana shu belgisi bilan hukm ifodalovchi gapdan farqlanishi va so‘z birikmasi bilan umumiylikni hosil qilishi haqida gap boradi. Bunday holatlarda, tabiiyki, leksik birlik sanaluvchi leksema ma’nosida qo‘llangan so‘z atamasi haqida fikr yuritiladi. Odam so‘zi birlikdagi “ongli faoliyat ishtirokchisi bo‘lgan tik gavdali jonzot” tushunchasi bilan birga “bosh kelishik, birlik shakldagi ot” ma’nosini ham ifodalaydi. Birinchi ma’no uning leksik ma’nosi, ikkinchi ma’no morfologik ma’nosidir. So‘zning bu murakkab ma’nosidan birinchisi uchun leksema, leksik morfema, ikkinchisi uchun esa so‘z shakl atamalari qo‘llaniladi.
Adabiyotlarda so‘zga ajratishning asosiy tomoyillari sifatida tushuncha ifodalash, shakily yaxlitlik, fonetik bir butunlik belgilari ko‘rsatildi. Agar bu sezgilarga jiddiy e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning hammasi mustaqil so‘z turkumlarini ajratishga yordam beradi. YOrdamchi so‘zlar bunday xususiyatlarga ega emas. SHunday ekan, yordamchi so‘zlarni, masalan, -u, -yu, -da kabilarni “so‘z” atamasi ostida birlashtirish mumkinmi?
Tabiiyki, yo‘q. CHunki ular “so‘z” (morfologik so‘z) toyillarining birontasiga ham javob bermaydi.
Agar morfosentrik nazariya asosida tilning morfemik sathida eng kichik ma’noli birlik sifatida morfemani, undan yuqoriroq bo‘lgan morfologik sathning birligi sifatida so‘z shaklini e’tirof etsak, tilning sistemaviy tabiatini to‘g‘ri yoritgan va so‘zlarni turkumlarga ajratishda yuqoridagi ziddiyatni bartaraf etgan bo‘lamiz.
Morfosentrik nazariyaga muvofiq, so‘z shakl ikki va undan ortiq allamorflarning sintagmatik munosabatidan tashkil topgan, gapda muayyan bir pozitsiyada keluvchi funksional butunlik. Bu til sathlari o‘rtasidagi mavjud pog‘onali munosabatni ham, bir sathga mansub bo‘lgan birliklar o‘rtasidagi munosabatni ham o‘zida mujassamlaydi. So‘z shakl butunlik, qurilma sanaladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin: leksik morfema+ grammatik morfema (Ml+Mg). so‘z shakl til egalari ongida tayyor bloklar holida mavjud bo‘ladi. SHuning uchun bunday qurilmalarning muayyan modellari mavjud. So‘z shakl qurilma ekan, uning qurilish birliklari morfemalar hisoblanadi. Demak, morfema so‘z shakl tarkibida allomorf holida funksiyalashadi.
Bunday qarash Amerika diskriptivistlarining ta’siri natijasida vujudga kelgan. So‘z shakl esa, o‘z navbatida, morfema variantlarining o‘zaro sintagmatik munosabatidan tashkil topadi. SHuning uchun, avvalo, so‘z shaklning qurilish birligi bo‘lgan morfemalarni tasniflash va ana shu tasnif asosida so‘z shakl modelini ro‘yxatga olish mimkin.
Morfema, avvali, binar tamoyilga ko‘ra o‘zak (leksik morfema va grammatik morfemalarga ya’ni grammemalarga)ka bo‘linadi. Bu ikki morfema o‘zaro privativ zidlanish munosabatida bo‘ladi. Biri belgiga ega, ikkinchisi esa yo‘q. Grammatik morfemaning o‘zi leksik morfemaga qo‘shilishi va grammatikalizatsiya darajasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) affiksal morfema; 2) yordamchi morfemalar.
Ayrim mualliflar yordamchi morfemalarning leksik morfemaga qo‘shilish tabiatiga ko‘ra ularni ikkiga bo‘ladilar: 1) segment morfemalar; 2) ustsegment morfemalar. Ma’no farqlash uchun xizmat qiluvchi urg‘u, ohang kabi fonetik vositalar ustsegment morfemalar sanaladi.
Morfemaning yuqorida ko‘rsatilgan ikki turi leksik morfemaga qo‘shilib, grammatik ma’no ifodalash va leksik morfemani so‘z shakl sifatida shakllantirish xususiyatiga ko‘ra umumiylikni hosil qiladi: senga, sen uchun, sen bilan so‘z shakllari tarkibidagi -ga, uchun, bilan kabilar so‘zni fonetik shakllantirish, yaxlitlik nuqtai nazaridan bir xil. Masalan, so‘z urg‘usi kelishik qo‘shimchasi va ko‘makchilarni o‘zakka yaxlitlash uchun kelishik, ko‘makchilarga ko‘chadi. Natijada urg‘u so‘zning fonetik chegarasi kelishik va ko‘makchilar ekanini, bu morfemalar ham so‘z shakl tarkibiga kirishini ko‘rsatadi.
Bu jihatdan yuklama va bog‘lovchilar kelishik va ko‘makchilardan farq qiladi. YUklama morfemalar urg‘usiz bo‘lib, leksik morfemaga enkliza holida qo‘shiladi. Urg‘u leksik morfemaning oxirgi bo‘g‘ida qolib, yuklama morfemaga o‘tmaydi. Bog‘lovchilar esa bir so‘z shaklining ikkinchi so‘z shakli bilan munosabatini bildirish bilan birga gaplar o‘rtasidagi munosabatni ham anglatadi va o‘zaro bog‘lanib kelayotgan lisoniy birliklar bilan fonetik yaxlitlikni tashkil etmaydi. Bu esa yordamchi morfemalarning yuklama va bog‘lovchi turlari bilan affiks morfemalar zidlanishining ikki chegara qutbiga egaligini, ko‘makchilar esa bu ikki qutbning oralig‘ida ekanligini ko‘rsatadi. Lekin yuklama va bog‘lovchilar so‘z shakl sinfiga kirmaydi. CHunki yuklama va bog‘lovchilar qurilmalik xususiyatiga, tarkibi morfemalarga bo‘linish xususiyatiga ega emas. Leksik morfema bilan grammatik morfemalar atash ma’nosining borligi yoki yo‘qligi jihatidan privativ oppozitsiyaga kirishib zidlanishning ikki chegara qutbida tursa, undov, modal va mimemalar bu zidlanuvchi a’zolar o‘rtasida oraliq bo‘g‘inni hosil qiladi. Ularning til sistemasidagi bunday munosabatini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
Undov, modal birlik, mimemalar ichki ma’noli birliklar munosabatidan tashkil topgan va bo‘linish xususiyatiga ega qurilma emas. Demak, ularni so‘z shakl qurilmasiga kiritib bo‘lmaydi. SHuning uchun u alohida ma’noli birlik, leksik morfema bilan grammatik morfema o‘rtasidagi oraliq tipdir.
L.Blumfild so‘zning konstruksiya ekanini ta’kidlaydi. Demak, so‘z ikki va undan ortiq morfemalarning birikuvidan tashkil topgan konstutiv birlik sifatida qaraladi. Ana shundan kelib chiqqan holda “Obщee yazыkoznanie. Vnutrennaya struktura yazыka “ kitobida ham so‘zga morfemalar birikuvidan tashkil topgan butunlik deb baho beriladi. Unda ta’kidlanishicha, so‘z morfemalarning har qanday birikuvidan emas, balki ma’lum bir sxema asosida morfemalar birikuvidan tashkil topgan butunlik sanaladi. Ko‘rinadiki, bu kitob so‘z til birligi sifatida e’tirof etiladi. Uning modeli til birligi, nutqiy jarayondagi real ko‘rinishlari esa nutq birliklari sanaladi. So‘zga bunday yondashuv B.M.Solnsevga ham taalluqlidir.
SHuning uchun ayrim mualliflar so‘z mohiyatini belgilashda “uning gap tarkibida erkin tartibini o‘zgartira olishi”, “avtonom sintagma ekanligi”, “gap hosil qila oladigan va o‘zi fonemalardan hosil bo‘la oladigan minimal ma’noli erkin birlik ekanligi” belgilarini asos qilib oladilar.
Praga tilshunoslari so‘zni inkor etuvchilarning fikrlariga tanqidiy munosabat bildirar ekanlar, “funksional nuqtai nazardan uning mavjudligi aniq”ligini bayon qiladilar1.
Tilshunoslikda so‘zlarni guruhlarga, so‘z turkumlariga ajratish asosiy muammolardan biridir. Faqat bugungi kunda emas, balki eng qadimgi davrlardan buyon olimlar diqqatini tortib kelgan masala hisoblanadi. Bu masala yuzasidan xilma-xil qarashlar, turli xil tasniflar dunyoga kelgan.
Tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan hindlar so‘zlarni otlar, fe’llar, yordamchilarga ajratgan.
Hind tilshunoslari g‘oyalari bilan oziqlangan arablar so‘zlarni uch turga bo‘ladi: ismlar, fellar, yordamchilar.
YUnon olimlari ham yuqoridagi kabi so‘zlarni uch guruhga ajratadi va keyinchalik ular orasidan sifat, son va olmoshlarni chiqarib oladilar. Aynan ushbu tasnif juda keng tarqaladi.
Rus tilshunoslari ham mustaqil so‘zlarni ot, sifat, son, olmosh, ravish va fe’l so‘z turkumiga ajratgan.
Adabiyotshunos va tilshunos olim Aristotel o‘zining “Poetika” asarida so‘zlarni ismlar, fe’llar, yordamchilarga ajratgan. So‘z turkumlaridan ot, fe’lga; yordamchilardan bog‘lovchilarga to‘xtaladi2.

Bundan ko‘rinib turibdiki, so‘z turkumlari tushunchasi antik davrdan buyon tilshunoslikda mavjud bo‘lib, shu kungacha quyidagi tamoyillar asosida ajratib kelingan:



  1. semantik tamoyil;

  2. morfologik tamoyil;

  3. sintaktik tamoyil;

  4. semantik-morfologik-sintaktik tamoyil1.

Lekin johon tilshunosligida so‘z turkumlariga ayrim tilshunoslar so‘zlarning leksik tasnifi, ba’zilari mantiqiy guruhlanishi, boshqalari esa so‘zlarning grammatik guruhlanishi sifatida qaraydilar. So‘z turkumlariga bunday yondashuv uni tasniflashda so‘zlarning turli belgilaridan bittasiga tayanish natijasidir2.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə