Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə4/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
So\'z turkumlari

mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, fe’l, ravish, olmosh taqlid;

  • yordamchi so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama;

  • oraliq so‘zlar: so‘z-gaplar (modal, undov, tasdiq-inkor, taklif-ishora).

    Ushbu darslikda maktab va litsey darsliklaridan farqli ravishda taqlid so‘zlar mustaqil so‘zlar tarkibiga kiritilgan, tasdiq-inkor, taklif-ishora so‘zlarini so‘z-gaplari nomi ostida birlashtirilgan3.
    O‘zbek tilshunosligining yirik vakillaridan biri A.Nurmonov ham so‘zlarni o‘ziga xos alohidalik asosida turkumlarga ajratadi:

    1. nomlovchilar:

    1. ismlar;

    2. fe’llar;

    1. taqlidlar;

    2. ishora qiluvchilarga ajratadi4.

    Nomlovchilar o‘z navbatida ikkiga ajratilgan: ismlar va fe’lar. Ismlar tarkibiga narsa ismi (ot); belgi ismi: narsa belgisi (sifat), harakat belgisi (ravish); miqdor ismi (son)larni kirtadi. Taqlid so‘zlar mustaqil so‘zlar tarkibiga kiritiladi.
    Bundan ko‘rinadiki, mustaqil so‘zlar borliqdagi narsa-hodisa, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarni nomlash nuqtai nazaridan nomlovchi va ishora qiluvchiga bo‘linadi. Nomlovchilar bunday belgiga ega, ishora qiluvchilar esa bunday belgiga ega emasligi bilan xarakterlanadi. SHu boisdan, albatta, voydod, ehtimol, mayli, ha, yo‘q singari so‘zlar alohida- alohida guruhlarni tashkil qiladi. Ular mustaqil so‘zlarda bo‘lgani kabi atash ma’noga ega emas, lekin alohida gap bo‘lib kelishi bilan yordamchi so‘zlardan farq qiladi. SHuning uchun ham ular oraliq guruhga kiritiladi. Taqlid so‘zlarning mustaqil so‘zlar tarkibiga kiritilishiga asosiy sabablardan biri gap bo‘lagi vazifasida kela olishidir.
    Ushbu fikrlar jadvalda quyidagicha aks etadi:


    So‘zlar


    Yordamchi so’z



    Oraliq so’zlar

    Mustaqil so’zlar




    Nomlov-chilar



    taqlidlar

    undovlar

    Modal so’zlar

    Ko’mak-chi

    Bog’lov-chi



    Ishora qiluvchi



    takliflar

    Tasdiq va inkor

    yuklama



    Ismlar



    Fe’llar

    olmoshlar



    Narsa ismi



    Belgi ismi

    Miqdor ismi



    Narsa belgisi



    Harkat belgisi

    S H.Rahmatullaev esa “so‘z turkumlari” atamasi o‘rnida “lug‘at birliklari” atamasini qo‘llash lozimligi, keyingi yillarda frazeologik birliklarning ham turkumlanishi tilshunoslar tomonidan e’tirof etilayotganligi, shu bois, “so‘z turkumlari” atamasi iboralarni qamrab ololmasligi sababli uning o‘rnida “lug‘at birliklarining turkumlanishi” atamasi ostida quyidagi guruhlarga ajratadi:



    1. lug‘aviy birliklar;

    2. grammatik birliklar.

    Leksik birliklar tarkibiga ot, sifat, son, fe’l, ravish, olmosh, taqlid so‘zlar kiritiladi.
    Grammatik birliklar tarkibiga bog‘lovchi, yuklama, modal, undov kabilar kiritiladi. Ko‘rinadiki, taqlid so‘zlar “tasvir birliklari” nomi ostida mustaqil so‘zlar tarkibiga kiritiladi. SHuningdek, ko‘makchi so‘z turkumi har ikki guruhga ham kiritilmaydi, ularni ot so‘z turkumi doirasida o‘rganish lozimligiga e’tibor qaratiladi. Jadval:




    Yüklə 0,75 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə