Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish


Otlarda kategorial va nokategorial shakl yasalishi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə8/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
So\'z turkumlari

4. Otlarda kategorial va nokategorial shakl yasalishi.
Tilshunoslar tomonidan son, egalik va kelishik kategoriyalari otning grammatik kategoriyalari sifatida qaraladi. SHunga ko‘ra, SH.Rahmatullaev ot leksemalar turkumiga ‘predmetlik’ tushunchasi bilan bog‘liq sonlash morfemalari paradigmasi (son), nisbatlash morfemalari paradigmasi (egalik), turlash morfemalari paradigmasi (kelishik) mansubligiga ko‘ra tavsif beradi. Nisbatlash morfemalari paradigmasi uchun umumiy ma’no ‘qarashlilik’ deb ta’kidlash qisman to‘g‘riligi; asli ‘egalik’ ma’nosi hatto ‘qarashlilik’ ma’nosi ham ushbu hodisani to‘liq ifodalamasligi; shuni hisobga olib, ushbu paradigmani nisbatlash paradigmasi deb, morfemalarini esa nisbatlovchi deb atashni lozim topadi.
R.Sayfullaeva esa egalik va kelishik kategoriyalarini ‘aloqa-munosabat kategoriyalari’ sifatida baholaydi. SHu bilan birga, kesimlik kategoriyasi ham ot turkumida o‘z mohiyatini cheklangan darajada namoyon qilishini aytadi. U bu turkumda ikki ko‘rinishga ega bo‘ladi:
a) hozirgi zamon ko‘rinishi;
b) o‘tgan va kelasi zamon ko‘rinishi.
Ko‘p holda ot turkumida kesimlik kategoriyasi bog‘lama vositasida yuzaga chiqadi.
Bog‘lama kesimlik kategoriyasini ot va boshqa kesimlik vazifasiga unchalik moslashmagan so‘zda yuzaga chiqaruvchi vosita. To‘liqsiz fe’l [bo‘lmoq], [hisoblanmoq], [sanalmoq], [deyilmoq] kabi mustaqil fe’l bog‘lama vazifasini bajaradi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda o‘rta maxsus ta’lim darsliklarida otlarning kichraytirish va erkalash shakllari sifatida -cha, -choq, -chak, -gina (-kina, qina), -jon, -xon, -oy, -loq, -voy, -kay, -toy kabilar beriladi. Oliy ta’lim darsliklarida esa, ‘otning nokategorial shakllari’ (U.Tursunov), ‘ot turkumi leksemasiga qo‘shiladigan noparadigmatik morfemalar’ (SH.Rahmatullaev) hamda ‘otning xususiy lug‘aviy shakllari’ (R.Sayfullaeva) kabi atamalar ostida ushbu mavzu to‘liqroq yoritiladi.
Jumladan, U.Tursunov otning nokategorial shakllarini tuzilish jihatdan 3 turga bo‘ladi:
1) sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takroriy shakl.
SHunga ko‘ra, otning sintetik shakllari o‘z ma’no xususiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) kichraytirish shakli: -cha, -choq, -chak,-chiq; 2) erkalash shakli: -jon, -xon, -oy, -niso, -gina, -kina, -qina, -(a) loq; 3) qarashlilik shakli: -niki; 4) o‘rin belgisi shakli: -dagi; 5) chegara shakli: -gacha (-kacha, -qacha).
Analitik shakl ko‘makchi yordamida yasaladi.
Juft shakl ikki otning juftlashuvidan hosil bo‘ladi va umumlashtirish, jamlash, kuchaytirish ma’nolarini bildiradi.
Otning nokategorial shakllarini SH.Rahmatullaev ‘ot turkumi leksemasiga qo‘shiladigan noparadigmatik morfemalar’ deya baholaydi. Ular orasida affikslar ham, affiksoidlar ham, leksik tabiatli morfemalar ham mavjudligini ta’kidlaydi:
1. Affikslar:
1) kichraytirish (shu asosda erkalash) affikslari: -cha, -choq, (-chak);
2) ‘iliq munosabat’ni ifodalovchi -gina affiksi;
3) ‘hurmat’ ma’nosini ifodalovchi -lar affiksi;
4) ‘xoslik’ ma’nosini ifodalovchi -niki affiksi;
5) ‘o‘ringa nisbat berish’ ma’nosini ifodalovchi -dagi affiksi;
6) substantiv shakl yasovchi -lik affiksi kabi.
2. Ot turkumi leksemasiga qo‘shiladigan ‘iliq munosabat’ ifodalovchi -jon, -boy, -voy, -xon, -oy affiksoidlari. Bu affiksoidlar ayrim kishi atoqli otlarida ularning doimiy tarkibiy qismi sifatida qatnashadi: Oyxon, O‘g‘iloy.
3. Ot turkumi leksemasiga qo‘shiladigan leksik tabiatli morfemalar: ko‘makchilar. SHu o‘rinda aytish o‘rinliki, tilshunos, ko‘makchilarga alohida so‘z tarkumi sifatida qaramay, balki uni ot doirasida o‘rganishni lozim ko‘radi. (bu haqda “YOrdamchi so‘z turkumi” mavzusida batafsil to‘xtalamiz)

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə