Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish


-BOB. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim tizimida mustaqil so‘z turkumlarining yoritilishi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə6/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
So\'z turkumlari

2-BOB. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim tizimida mustaqil so‘z turkumlarining yoritilishi.


2.1. Ot so‘z turkumi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsligida ot ma’no munosabatiga ko‘ra atoqli va turdosh otlarga bo‘linadi.


Darslikda atoqli otlarning quyidagi turlari keltiriladi: 1) joy nomlari; 2) shaxs nomlari; 3) tashkilot, korxona, muassasa nomlari; 4) suv havzalari nomlari; 5) tarixiy sana va bayram nomlari.
Turdosh otlar ham 4 guruhga tasnif etiladi: 1) shaxs otlari; 2) narsa otlari; 3) o‘rin-joy otlari; 4) faoliyat-jarayon otlari.
Otlar tuzilishiga ko‘ra 4 turga bo‘linadi: 1) sodda; 2) qo‘shma; 3) juft; 4) takroriy.
Akademik litseylar o‘quvchilari uchun darslikda otning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari hamda tuzilishiga ko‘ra turlari haqida nazariy ma’lumotlar berilmaydi.
Oliy ta’lim darsliklarida otlar quyidagicha tasnif etiladi:
U.Tursunov otlarni quyidagi leksik-grammatik turlarga ajratadi:
1) atoqli va turdosh otlar;
2) konkret va mavhum otlar;
3) yakka va jamlovchi otlar.
Atoqli otlar quyidagi turlarga ajratiladi:
1) kishilarning nomlari, familiyalari, taxallus va laqablari;
2) geografik, ma’muriy-territorial nomlar, tarixiy hodisalar, adabiy va ilmiy asarlar, muassasa va korxonalarning nomlari;
3) atronomik nomlar;
4) hayvonlarga qo‘yilgan maxsus atamalar.
SH.Rahmatullaev ot leksemalarni eng yirik tasniflash kim, nima so‘roqlari asosida amalga oshirilishi (kim so‘rog‘iga javob bo‘lgan ot leksemalar kishi otlari, nima so‘rog‘iga javob bo‘lgan ot leksemalar narsa otlari); sharq olamida, shu jumladan, o‘zbeklarda borliq kishi va nokishi deb ikkiga ajratilishi; nokishi tushunchasi ostiga jonsiz predmetlar bilan birga jonli predmetlar ham mansub deb tushunilishini ta’kidlab, shunga ko‘ra, o‘zbek tilidagi ot leksemalarning kishini va nokishini anglatilishiga ko‘ra tasniflanishi rus tilidagi jonli va jonsiz deb tasniflashdan farq qilishini aytadi.
Olim atoqli otlarni o‘z navbatida bir necha ma’no turiga ajratadi:
1) leksik ma’no anglatmaydigan, shartli tamg‘a sifatida ishlatiladigan atoqli otlar:
a) kishi ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi (Abror Hidoyatov – asli leksik ma’no anglatgan, atoqli otga aylanganidan keyin esa leksik ma’no anglatishi so‘ngan; shunga ko‘ra, bunday atoqli otlar leksemalar qatoriga shartli ravishda kiritiladi);
b) uy hayvonlariga qo‘yiladigan nomlar;
d) hozir ma’nosini izohlab bo‘lmaydigan geografik nomlar (Hadra, Quva kabi. Mirzacho‘l, YAngier kabi joy nomlari tarkibidagi qismlar o‘z leksik ma’nosini yo‘qotmagan, shu tufayli bunday geografik nomdan leksik ma’no anglashiladi);
e) tashkilot, muassasaga shartli birkitilgan kishi yoki narsa nomlari.
2) Atoqli otlarning quyidagi turlarida leksik ma’no o‘z kuchini saqlaydi:
a) davlat tashkilotlari, idora va muassasalarning nomlarida; bular odatda, turg‘un birikmaga teng bo‘ladi: O‘zbekiston Respublikasi;
b) gazeta, jurnal, kitob nomlari: “Ma’rifat”, “Jahon adabiyoti”.
Turdosh otlar o‘z navbatida quyidagi ma’no turlariga ajratiladi:
1. Dona otlari va jam otlari: yigit, qiz; yigit-qiz.
Predmetlarni jamlab anglatish juft otlarga xos xususiyat bo‘lib, shu jihati bilan nojuft otlarga zid qo‘yiladi.
2. Jismiy (konkret) va fikriy (abstrakt) otlar.
3. YAkka otlar va noyakka otlar: qaldirg‘och, xizmatchi; ko‘z, etik.
Noyakka otlar o‘z navbatida quyidagi ma’no turlarga ajratiladi:
1) yakka-qo‘sh predmetni anglatadigan otlar: qo‘loq, qo‘l (muhim belgisi – qo‘sh predmetni anglatishi);
2) yakka-ko‘p predmetni anglatadigan otlar: soch, kiprik (muhim belgisi – ko‘p predmetni anglatishi);
3) predmetni to‘da sifatida anglatadigan otlar: o‘rmon, olomon (doim bir qancha perdmetni yaxlit to‘da sifatida anglatadi).
4. Sanaladigan predmetlarning oti va sanalmaydigan perdmetlarning oti. Turdosh otlarning asosiy qismini sanaladigan predmetlar tashkil etadi. Sanalmaydigan perdmetlarni anglatadigan otlar asosan modda nomlariga to‘g‘ri keladi: qum, muz, tutun.
SHuningdek, olim otlarni tavsiflashda quyidagi tasniflarga ham tayanadi:
1. Kishi atoqli otlari.
2. Kishi turdosh otlari.
3. Narsa atoqli otlari.
4. Narsa turdosh otlari kabi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə