Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə7/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
So\'z turkumlari

R.Sayfullaeva otlarni turli xususiyatiga ko‘ra tasniflaydi. Dastlab bir turdagi predmetdan birining nomini yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirishiga ko‘ra otlarni atoqli va turdosh kabi turlarga ajratadi. Atoqli ot o‘z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi:
1) kishilarning ismi, familiyasi, taxallusi;
2) jug‘rofiy nom;
3) tashkilot, muassasa, korxona nomi;
4) samoviy yoritqichlar nomi;
5) tarixiy hodisa nomi;
6) hayovon nomi;
7) mahsulot nomi;
8) ilohiy tushunchani ifodalovchi nom.
Turdosh ot esa ifodalagan tushunchaning xarakteriga ko‘ra muayyan va mavhum otlarga bo‘linadi. Muayyan tur o‘z navbatida quyidagicha guruhlanadi:
1) modda nomi;
2) shaxs tavsifi nomi;
3) buyum nomi;
4) o‘simlik nomi;
5) o‘rin-joy nomi;
6) miqdor nomi;
7) tashkilot-muassasa nomi;
8) vaqt, payt nomi.
Muayyan turdagi shaxs tavsifi nomi qismining o‘z ichidagi guruhlanishi:
1) shaxsni yosh jihatdan tavsiflovchi;
2) qarindoshlik jihatdan;
3) kasb jihatdan;
4) istiqomat jihatdan;
5) tashqi belgilari jihatdan;
6) ruhiy holati jihatdan;
7) ijtimoiy jihatdan tavsiflovchi lug‘aviy ma’noviy guruhlari (LMG) keltiriladi.
R.Sayfullaeva otlarni tuzilish jihatdan sodda va murakkabga, murakkab otlarni o‘z o‘rnida juft, takroriy va qo‘shma otlar kabi guruhga ajratadi.
Bizningcha, otning leksik-semantik guruhlarini quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiq:

3. Ot derevatsiyasi.
Maktab va litsey darsliklarida otlarning qo‘shimchalar bilan yasalishi haqida ma’lumotlar beriladi.
Oliy ta’lim darsliklarida otlarning yasalishi quyidagicha:
1) affiksatsiya (qo‘shimcha qo‘shish: ish+chi); 2) kompozitsiya (asoslarning qo‘shilishi: Olti+ariq); 3) abbreviatsiya (qisqartirish: MDH). Bular so‘z yasashning faol usullari hisoblanadi. Bundan tashqari, qisman fonetik usul va semantik usul bilan yasalgan otlar ham bor. [3, U.Tursunov]
R.Sayfullaeva otlar ikki xil – affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasalishini ta’kidlaydi. SHunga muvofiq, ot yasashning affiksal va kompozitsion qolipi mavjud. Bu qolip ham o‘z o‘rnida unumli, unumsiz; mahsuldor va kammahsul turga bo‘linadi. Kompozitsiya usuli bilan qo‘shma va juft otlar hosil qilinadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə