Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish


O‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə3/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
So\'z turkumlari

1.2. O‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi.

Bizga ma’lumki, o‘zbek tili so‘zga boy. Ana shu tilimizdagi so‘zlarni turkumlarga ajratishdan asosiy maqsad so‘zlarni tartibga solish va ma’lum guruhlar asosida o‘rganishdir.


So‘z turkumlariga ajratish muammolari o‘zbek tilshunosligida ham katta muammolardan hisoblanadi. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim darsliklari bilan tanishganimizda so‘zlarni turkumlarga ajratish borasida xilma-xilliklarga duch kelamiz.
Avvalo, umumiy o‘rta ta’lim darsliklariga yuzlanadigan bo‘lsak, ajdodlarimiz ot, sifat, son va olmoshlarni ismlar ostida o‘rganib kelishgan1ligi ma’lum bo‘ladi. SHu bois, umumta’lim darsliklarida so‘zlarni quyidagi turkumlarga ajratilganligining guvohi bo‘lamiz:

  1. mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, fe’l, ravish, olmosh;

  2. yordamchi so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama;

  3. undov so‘zlar;

  4. modal so‘zlar;

  5. taqlid so‘zlar2.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsliklarida so‘zlarni turkumlarga ajratish masalasida, asosan, quyidagicha izoh beriladi: “Ma’lum so‘roqqa javob bo‘lib, biror gap bo‘lagi vazifasida keladigan so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Bunday imkoniyatga ega bo‘lmagan so‘zlar yordamchi so‘zlar deb ataladi”3.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi darsliklarida esa so‘zlar quyidagicha turkumlarga ajratiladi:
1) mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, fe’l, ravish, olmosh;
2) oraliq so‘zlar: undov, taqlid, modal so‘zlar;

3) yordamchi so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama4.


Ushbu darslikda so‘zlarni guruhlarga ajratishda “ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lib, atash va umumiy grammatik ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarni mustaqil so‘zlar”, “ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydigan, atash ma’nosiga ega bo‘lmagan, faqat gramatik ma’no ifodalovchi, lekin o‘zidan oldin kelgan so‘zga grammatik shakl sifatida qo‘shilib, u bilan bir lug‘aviy urg‘u ostida birlashmaydigan so‘zlarga yordamchi so‘zlar” hamda “mustaqil so‘zlarga ham, yordamchi so‘zlarga ham kirmaydigan, ularning har ikkisiga xos belgini o‘zida ma’lum darajada aks ettiradigan so‘zlarga oraliq so‘zlar” sifatida yondashiladi2.
Akademik litsey darsligining maktab darsligidan farqli tomoni shundaki, modal, undov, taqlid so‘zlari umumiy nom ostida birlashtirilgan.
Oliy ta’lim darsliklaridan birida R.Sayfullaeva so‘zlarni quyidagicha guruhlarga ajratadi:


  1. Yüklə 0,75 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə