Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə9/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
So\'z turkumlari

R.Sayfullaeva ‘otning xususiy lug‘aviy shakllari’ga kichraytirish va shaxsiy munosabat shakllarini kiritadi. Kichraytirish-erkalash paradigmasi -cha, -gina, -(a)loq shakllaridan, shaxsiy munosabat (erkalash) shakllari: -jon, -xon, -oy, -bonu ni kiritadi.
2.2. Sifat so‘z turkumi.
Otga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan va qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlarga sifat deyiladi1. Asosan predmetning qisman harakatning belgisini bildiruvchi so‘z sifat deyiladi2. Sifat haqida berilgan yuqoridagi fikrlarda o‘ziga xos yondashuv mavjud. YA’ni maktab darsligida sifat predmetning belgisini bildiradi, deyilsa, R.Sayfullaeva esa ham predmetning, ham harakatning belgisini bildiradi deya izohlaydi: “Boshqa so‘z turkumi ham belgi ifodalaydi, ammo sifat barqaror va turg‘un belgi ifodalashi jihatidan ulardan ajralib turadi. Masalan: qizil gul deganda turg‘un (statik) belgi, gul qizardi deganda o‘zgaruvchi (dinamik) belgi namoyon bo‘lgan. Sifat anglatadigan belgi boshqa anglatadigan belgidan xususiyati bilan farqlanadi.
Qizg‘ish-qizil-qip-qizil
Boshqa turkum anglatuvchi belgida esa bunday xususiyat yo‘q”3.
YUqorida keltirilgan qoidadan kelib chiqadigan bo‘lsak, ravish va ravishdosh ham harakatning belgisini bildiradi (ravish harakatni, qisman predmetni, ravishdosh esa harakatning belgisini bildiradi).
Sifat leksemaga shakl o‘zgarishi xos emas, lekin sifat leksema ot leksemaga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanmaydi. Sifat leksema bilan sifat leksemashakl o‘zoro qism bilan butun munosabatini aks ettiradi.
Sifat leksemashakl yuzaga kelishi uchun sifat leksema ma’lum bir sintaktik vazifa bajara oladigan shaklga kirishi lozim4.
Sifatning ma’no turlari darsliklarda turlicha beriladi.
Maktab darsligida:
1) xususiyat bildiruvchi sifatlar;
2) rang-tus bildiruvchi sifatlar;
3) ma’za-ta’m bildiruvchi sifatlar;
4) hajm-o‘lchov bildiruvchi sifatlar;
5) hid bildiruvchi sifatlar;
6) makon-zamon bildiruvchi sifatlar1.
Litsey darsligida sifatning ma’no turlariga to‘xtalib o‘tilmagan.
Oliy ta’lim darsliklarida sifatning 9 ta ma’no turi beriladi:
1) xususiyat bildiruvchi;
2) holat bildiruvchi;
3) shakl bildiruvchi;
4) rang-tus bildiruvchi;
5) ma’za-ta’m bildiruvchi;
6) hid bildiruvchi;
7) o‘lchov bildiruvchi;
8) o‘rin bildiruvchi;
9) payt bildiruvchi sifatlar2.
Bundan tashqari holat sifatlari o‘z ichida ham bo‘linishi ta’kidlanadi:
1. Iqtisodiy holat: boy.
2. Eskilik-yangilik holati: juldur.
3. Tabiiy holat: go‘zal.
4. Jismoniy holat: bardam.
5. Harorat bildiruvchi holat: issiq.
6. Tozalik holati: iflos.
7. Ruhiy holat: xafa.
8. Hul-quruqlik holati: nam.
9. Etilganlik holati: xom.
10. Tinch-notinchlik holati: jim.

SH.Rahmatullaev ko‘proq sifatning dereatsiyasiga ahamiyat bergan.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə