Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə14/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
So\'z turkumlari

Og‘irlik o‘lchovi

Uzunlik o‘lchovi

Maydon o‘lchovi




hozirgi

tarixiy

hozirgi

tarixiy

hozirgi

Tarixiy



milligramm

misqol

millimetr

chaqirim

sotix

tanob

gramm

botmon

santimetr

qarich

gektar




kilo

paysa

ditsimetr

yo‘g‘och







litr

dahsar

kilometr

gaz







tonna







qalam







Hisob so‘zi o‘zi birikkan son bilan birga ajralmas sintaktik birlikni tashkil etib, gapda bir sintaktik pozitsiyadan o‘rin oladi.


Hisob so‘zi tizimi ochiq sistema bo‘lib, uning lug‘aviy ma’no grammatikasi quyidagi mikrosistemalardan tashkil topadi:

  1. predmetni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: bosh, nafar, dona, nusxa, tup, jon;

  2. predmetni butun yoki to‘daning qismi sifatida hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: burda, varaq , luqma, parch, poy, siqim, tilim, tomchi , to‘g‘ram, chaqmaq, chimdim, shingil, qultum;

  3. predmetni to‘dalab, guruhlab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zi: bog‘, gala, to‘p, shoda, to‘da;

  4. predmini juftlab ko‘rsatish uchun: juft, para;

  5. predmetning og‘rlik o‘lchovini hisoblash uchun: gramm, kilogram,litr, misqol, qadoq, payola, kosa, qop, qoshiq, quti;

  6. predmetning uzunligini o‘lchash uchun: masofa, qadam, qarich, quloch, metr, tosh, chaqirim, kilometr;

  7. yosh hisobini bildirish uchun: yashar, yoshdagi, yoshli;

  8. vaqt o‘lchovini bildirish uchun: asr, yil, kun, kecha, kunduz, oy, hafta, daqiqa, soniya;

  9. qiymat o‘lchovi bildiruvchi hisob so‘zlar: so‘m, tiyin, miri, paqir, dinor, dollar, evro, rubl;

10) harakat miqdorini hisoblash uchun: karra, marta, daf’a, qatla, sidra1.
YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, hisob so‘zlar haqida oliy ta’lim darsligida kengroq ma’lumot berilgan. SH.Rahmatullaev darsligida hisob so‘zlar haqida ma’lumot berilmagan, shuning uchun ham ma’noviy guruhlarga ajratilmagan.
O‘lchov-daraja semasi mavjud leksemalar quyidagi so‘z turkumlari doirasida uchraydi:

  1. ravish turkumida: ko‘p, oz; kam, mo‘l, qittay, biroz kabilar;

  2. son turkumiga oid so‘zlar ham o‘lchov-daraja semasiga ega bo‘lib, ular aniq o‘lchov ifodalashi bilan boshqa so‘zlardan farqlanadi;

  3. olmoshlar: shuncha, o‘shancha, buncha1.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə