Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə16/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
So\'z turkumlari

Mayl kategoriyasi. Fe’l asosida ifodalangan harakat-holat haqida xabar, buyruq-istak, shart ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllariga mayl shakllari deyiladi. Uchta mayl shakli mavjud:

    1. xabar mayli;

    2. buyruq-istak mayli;

    3. shart mayli1.

Akademik litsey darsligida maktab darsligidan farqli ravishda xabar mayli ijro mayli deb beriladi. SHu o‘rinda ijro va xabar so‘zlarining lug‘aviy ma’nolariga e’tibor qaratamiz.
Xabar” arabcha so‘z bo‘lib, biror kimsa, narsa yoki hodisa haqida ma’lumot, axborat, darak berishdir2.
Ijro” arabcha so‘z bo‘lib, qaror, hukm, topshiriq, talab va shu kabilarning bajarilishi, amalga oshishidir1.
YUqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, har ikki so‘z bir-biridan tubdan farqlanadi.
SH.Rahmatullaev mayl tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: “Harakatning buyurish, istash, maqsad, shart qo‘yish yo‘sinida amalgam oshirilishini ifodalaydigan modal ma’nolar fe’l ma’nolari deyiladi”. Bundan tashqari yana buyruq-istak mayli alohida ajratib beradi va xabar mayli umuman berilmaydi2. YUqorida berilgan fikrlarimizni jadvalga solsak, quyidagicha bo‘ladi:



Mayl

Maktab

Litsey

R.Sayfullaeva

SH.Rahmatullaev



Xabar

+

+

+

_

Buyruq- istak

+

+

+

+ (buyruq)

SHart

+

+

+

+

Maqsad

_

+

+

+

Istak

_

_

_

+

SH.Rahmatullaev istak maylini -sa bilan yasalishini alohida ta’kidlaydi.


Fe’lning vazifadosh shakllari. Turli gap bo‘laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifadosh shakllari deyiladi3. Akademik litsey darsligida bu xususda umuman to‘xtalmagan. Oliy ta’limda “o‘zgalovchi kategoriya” deb beriladi4 va quyidagicha izohlanadi: “Bu shakllar nutqda o‘zga turkum xossalarini “yopishtirganligi” uchun bir butun holda o‘zgalovchi kategoriyasi atamasi bilan nomlanadi”.

Darsliklar

Harakat nomi

Sifatdosh

Ravishdosh

Maktab darsligi5

Fe’lning otga xoslangan shakli

Fe’lning sifatga xoslangan shakli

Fe’lning ravishga xoslangan shakli

Akademik litsey darsligi

To‘xtalmagan







Oliy ta’lim darsligi1

Fe’lga ot vazifasini berish

Fe’lni otga bog‘lash

Fe’lni fe’lga bog‘lash

Maktab darsligida sof fe’l shakliga fe’lning vazifadosh shakllari tarkibiy turi sifatida qaraladi. Harakat nomi SH.Rahmatullaev tomonidan quyidagicha izohlanadi: “Adabiyotlarda bu hodisaning harakat nomi deb yuritilishi o‘rinli emas, chunki predmetning nomi deb ot leksemaning o‘zi, predmetga xos sifatiy belgining nomini olib sifat leksemasini o‘zi aytilganidek, harakatning nomi deb fe’l leksemasining o‘zi aytilishi kerak2. SHuning uchun ham muallif harakat nomini “otdosh” deb nomlaydi.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə