Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə18/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
So\'z turkumlari

Kishilik olmoshi. Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi.
Ba’zan biz, siz, ular birlik ma’nosida qo‘llanadi. Biz birlik ma’nosida qo‘llanganda, kamtarlik, bajargan ishida o‘zini ta’kidlamaslik ma’nosini bildiradi. Masalan: mening uyim o‘rnida bizning uyimiz, men g‘olib chiqdim o‘rnida biz g‘olib chiqdik kabi. SHuningdek, siz, ular yakka shaxsga nisbatan ishora qilib, hurmat ma’nosini ham bildiradi: Sen kelding o‘rnida Siz keldingiz. U ketdi o‘rnida Ular ketdilar. Siz hurmat ma’nosini bildirganda, ko‘pincha, ko‘plik ma’nosini ifodalash uchun unga -lar qo‘shimchasi qo‘shiladi: Sizlarga doimo baxt yor bo‘lsin1.
SHaxs ma’nosini bildiruvchi otlar o‘rnida almashinib keladi va ularga ishora qiladi. SHaxs ma’nosini bildiruvchi so‘zlar o‘rnida qo‘llanilib, unga ishora qiluvchi olmoshlarga kishilik ilmoshlari deyiladi. Men (kamina), sen, u, biz, siz, ular (alar)2.
Kishilik olmoshi shaxs olmoshi deb ham yuritiladi, chunki shaxsga ishora qiladi. SHaxs olmoshining qo‘llanishida ayrim o‘ziga xosliklar bor. SHaxs o‘z ma’nosidan tashqari, ko‘chgan holda qo‘llanishi mumkin:

  1. biz olmoshi 2 shaxs ko‘plikdagi siz olmoshi o‘rnida qo‘llaniladi: Qani endi biz ishga tushaylik. (tashviq ma’nosi);

  2. ko‘plikni ifodalovchi olmosh birlik uchun qo‘llaniladi: bu ishni biz uddaladik. (men o‘rnida ishlatilgan biz maqtanish, kibr ma’nosini ifoda etmoqda);

  3. men o‘rnida biz olmoshi ishlatilib, kamtarlikni ifodalashi mumkin: Biz bu maqolada echimini kutayotgan muammoni olib chiqdik;

  4. sen o‘rnida siz va u o‘rnida ular olmoshi ishlatilib, hurmat ma’nosi ifodalanadi: siz bugun darsda faol ishtirok etdingiz. Men buvimni yaxshi ko‘raman. Ular ham yaxshi ko‘radi.

  5. siz olmoshi, ko‘pincha, birlik sonda hurmat ma’nosida qo‘llanilganligi sababli ikkinchi shaxs ko‘plik sonda sizlar shakli ishlatilishi mumkin: Sizlar kelajagimiz.

  6. kishlik olmoshiga -lar qo‘shimchasi qo‘shilganda, turli ma’no voqealanadi:

- Senlarga aytyapman (kamsitish);
- Sizlarda insof bormi?(ko‘plik).



  1. o‘zbek tilida 3 shaxs olmoshi aslida birlik sondagi olmoshning ko‘plik shaklidir: u+lar3.

Kishilik olmoshlari ot olmoshlarning maxsus turi bo‘lib, shaxs, son o‘rni bilan modal ma’noni ham ifodalaydigan quyidagi paradigmani hosil qiladi:

M en biz 1-, bizlar biz 2


S en senlar siz 1-, sizlar siz 2


U ular 1-, ular 2-


Kishilik olmoshlarining bu paradigmasida shaxs, son o‘rni modal ma’nolarning ifodalanishi quyidagicha:



  1. men, sen olmoshlarida shaxs va son ma’nosini olmosh asosining o‘zi ifodalaydi. Tarixan shaxs ma’nosini bu olmoshlarning m-, s- qismi, son ma’nosini -n qismi bildirgan bo‘lsa ham, hozirgi o‘zbek tilida bu olmoshlar tarkibi ma’noli qismlarga ajratilmaydi;

  2. biz-, siz- olmoshlari ham xuddi shunday baholanadi. Tarixan shaxs ma’nosini b-, s- qismi son ma’nosini -z qismi bildirgan bo‘lsa ham hozirgi o‘zbek tilida bu olmoshlar ma’noli qismlarga ajratilmaydi;

  3. biz, siz olmoshlari birlikni ifodalash uchun ham ishlatilgani sababli ko‘plikni ochiq ifodalash maqsadi bilan bo‘sa kerak, bu olmoshlarga -lar ko‘plik affiksini qo‘shib ishlatish yuzaga kelgan. Bunday ishlatishda (biz-lar, siz-lar) biz, siz asoslari shaxs ma’nosini, -lar affiksi esa son ma’nosini ifodalaydi. Demak, bu ma’nolarni olmosh tarkibidagi boshqa-boshqa qismlar bildiradi;

  4. 1 , 2-shaxs olmoshlaridan farqli holda 3-shaxs olmoshi u- kishilik-narsa olmoshi deyiladi. Bu olmosh asli ko‘rsatish olmoshidan o‘sib chiqqanini hisobga olgan holda, uni kishilik-ko‘rsatish olmoshi deb baholash ham mavjud. Hozirgi o‘zbek tilida u-2 kishilik-narsa olmoshi bilan, u-1 ko‘rsatish olmoshini omoifodalar deb qarash to‘g‘ri. U kishilik-narsa olmoshining asosi 1,2-shaxs birlik kishilik olmoshlaridan farqli holda faqat shaxs ma’nosini bildiradi, son ma’nosini unga qo‘shiladigan nol ko‘rsatgichli morfema ifodalaydi; bu erda nol ko‘rsatgichli morfema shu olmosh asosiga ko‘plik ma’nosini ifodalash uchun qo‘shiladigan -lar affiksi bilan zidlashda belgilanadi: u + − u + lar−.

Demak, 3-shaxs kishilik-narsa olmoshida shaxs ma’nosini asos, son ma’nosini esa grammatik ko‘rsatgich ifodalaydi;

  1. b iz-2-bizlar, siz-2-sizlar munosabatida ham yuqoridagi kabi hodisani ko‘ramiz:

biz 2+ biz+lar,
siz 2+ siz+lar.

Xullas: a) men olmoshi -gina -lar affiksini olmaydi, demak, son shakllarida zidlanish yo‘q, shunga ko‘ra, shaxs va son ma’nosini bu olmoshning asosi bildiradi; b) senlar, sizlar zidlanishida son (ko‘plik) ma’nosi affiks yordamida ifodalanadi, modal ma’nodagi zidlanish (senlash, sizlash) olmosh asosidan anglashiladi; d) - sizlar zidlanishida shaxs manosining olmoshlarning asosi, son ma’nosini morfema ifodalaydi; e) biz-1 - biz -2, siz-1 - siz-2, ular-1 - ular-2 zidlanishida ko‘plik ma’nosi bilan ishlatish birlamchi bo‘lib, ko‘plik yakka shaxsga ko‘chirib ishlatilishi natichasida birlik ma’nosi yuzaga kelgan, bu burlik ma’nosi madol ma’no bilan birgalikda ifodalangan: biz-1(ko‘plik) - biz-2(birlik +kamtarlik), siz -1 (ko‘plik) - siz-2 (birlik+sizlash), ular-1 (ko‘plik) - ular-2 (birlik+sizlash); d) biz-1-biz-lar, siz-1-sizlar-senlar-qatori sinonimiyaga – ko‘plikning har xil ifodasiga teng.


Kishilik olmoshi ot olmoshi sifatida turlanadi.bunda men, sen olmoshlariga qaratqich kelishigi affiksi -ing shaklida, tushum kelishigi affiksi -i shaklida qo‘shiladi1.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə