Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə20/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
So\'z turkumlari

O‘zlik olmoshi. Kishilik olmoshlari o‘rnida qo‘llanilib, ko‘pincha, shaxsni, ba’zan predmetni ko‘rsatuvchi o‘z so‘zi o‘zlik olmoshi sanaladi.
O‘zim, o‘zing, o‘zi so‘zlari bazan egalik qo‘shimchalariga mos kishilik olmoshlari bilan mening o‘zim, sening o‘zing, uning o‘zi, u o‘zi tarzida qo‘llaniladi va bu vaqtda, ko‘pincha, kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanadi2.
Uchala shaxsda kishilik olmoshlari o‘rnida qo‘llanilib, ma’nosini ta’kidlab keladi.
Kishilik olmoshlari o‘rnida kelib, uning ma’nosini ta’kidlab ko‘rsatuvchi olmoshga o‘zlik olmoshi deyiladi1.
Bu olmosh turi “ta’kid”, “tegishlilik” ma’nosini anglatadi. Men o‘zim bilaman. “O‘xshatish” ma’nosi ham matndagi o‘z so‘zi orqali ifodalandi. Onasining o‘zi. “umumiylik”, “noaniqlilik” kabi ma’no -o‘zim (shunchaki) turdagi gapda yuzaga chiqadi2.
O‘zlik deb ataladigan o‘z birligi biror leksemaga olmosh bo‘lib kelmaydi, balki, odatda, ma’lum bir leksemaga bog‘lanib, ta’kid ma’nosini ifodalaydi: men o‘zim (mening o‘zim) o‘zim; akam o‘zi (akamning o‘zi) kabi. SHunga ko‘ra, bu birlikni ta’kid birligi deb atash ma’qul. O‘z birligi aslida ot leksema bo‘lgan, shunga ko‘ra, nisbatlovchi va turlovchi affikslarni oladi, ammo grammatik son paradigmasining faqat birlik shaklida ishlatiladi3.
So‘roq olmoshi. SHaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o‘rin, payt haqida so‘roqni bildiruvchi olmoshlar so‘roq olmoshlari sanaladi4.
So‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan shaxs, narsa, belgi-xususiyatlarni so‘rash ma’nosini bildiradi. SHaxs, narsa, belgi- xususiyat, harakat-holatni so‘rash uchun ishlatiladigan olmoshlarga so‘roq olmoshlari deyiladi5.
SHaxs, predmet, belgi, harakatni aniqlash maqsadida ishlatiladi. Ular quyidagilarga bo‘linadi:
-shaxga nisbatan qo‘llanuivchi olmosh (kim? kimlar?);
-voqea-hodisa, predmetga nisbatan qo‘llanuvchi olmosh (nima? nimalar?);
-belgini aniqlashga qaratilgan olmosh (qanday? qanaqa?);
-sabab va maqsadni aniqlashga qaratilgan olmosh (nega? nima uchun? nechun?);
-miqdorga nisbatan ishlatilavchi olmosh (hech? qancha?);
-harakat-holatga nisbatan qo‘llanuvchi olmosh (nima qildi? nima bo‘ldi?).
Bunday olmosh faqat so‘rash ohangini yuzaga chiqarmaydi, ma’noni bo‘rttirish (kimki, nimaki), ritorik so‘roq (Men sizga nima dedim?!), taajjub (Buning nimasi yomon?!) kabi ma’noni ham ifoda etadi1.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə