Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə23/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
So\'z turkumlari

Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o‘rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va qanday? qachon? qancha ? singari so‘roqlarga javob bo‘luvchi so‘zlar ravish deyiladi2. Ravish harakatning belgisini bildiradi3. Asosan harakatning, qisman predmetning belgi, miqdor yoki holatini bildiruvchi o‘zgarmas so‘z ravishning so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik ma’nosi hisoblanadi. Ravish – mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘z4. U belgi, miqdor, holat, o‘rin, payt ma’nosini ifodalaydi va bu jihatidan ot, sifat, songa yaqin turadi. Ulardan farqli jihati shundaki, so‘z o‘zgartiruvchi, shakl yasovchi qo‘chimcha bilan birika olmaydi. Ot, ko‘plik, sifat daraja shaklini qabul qiladi. Masalan, tongda, oqshomda, kunduzlari, ko‘proq, ozroq, balandroq kabi. Ayrim til birligida uchraydigan egalik kategoriyasi va kelishik kategoriyasi shakli ravishning o‘zak qismida soddalashgan, ya’ni o‘zak bilan yaxlit holga kelib qolgan: birdan, kechasi, to‘satdan, birga.
Garchi ravishlarni alohida, mustaqil turkum sifatida qarashga asos bo‘lgan tamoyillardan eng muhimi bu – turkum doirasida qaraladigan so‘zlarning o‘zgarmasligi, turlanmasligi va tuslanmasligi deb e’tirof etilgan bo‘lsa-da, ayrim tadqiqotchilar ravishning o‘zgarmasligiga shubha bilan qaraydilar: “Kuzatishlar amalda ravishlarning o‘zgarmasligi haqidagi qoidaga amal qilishning imkoni yo‘qligini, agar shunday qilinsa, nutqda ko‘zlangan maqsadga etib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Masalan, erta yo‘lga chiqdim, ertaroq yo‘lga chiqdim, erta bilan yo‘lga chiqdim, ertalab yo‘lga chiqdim kabi”1.
Endi erta so‘zi bilan bog‘liq shakllariga e’tibor qaratamiz: erta, ertaroq, erta bilan, ertalab, ertalabdan. Uning vaqtni anglatish bilan bog‘liq bo‘lgan 5 ta shakliga duch kelamiz. Ravishlarning o‘zgarmasligi nuqtai nazaridan bu xilma-xillikni qanday izohlash kerak? Nutq mantig‘i ularning birontasini gap tarkibida shu shaklda qo‘llanishini inkor etmaydi.
Demak, birinchi xulosa ravishlarning o‘zgarmasligi haqidagi qarash nisbiy ekanligi haqida bo‘ladi. Ikkinchidan esa, ularni nutqda bu tarzda xilma-xil qo‘llashga qanday zaruriyat bor, degan saolga ham javob topish lozim. Erta yo‘lga chiqdim – biron vazifani bajarish maqsadida yo‘lga chiqish vaqtini umuman ko‘rsatuvchi belgi, uni kechga zid tarzda tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Ertaroq yo‘lga chiqdim – ifodada -roq tufayli o‘zgarish ro‘y beradi. Bu o‘zgarish stilistik talab bilan bo‘ladi – belgilangan muddat mavjud bo‘lgan-u, ana shu muddatga nisbatan oldin yo‘lga chiqqanlik ma’nosi anglashiladi. Erta bilan yo‘lga chiqdim – yo‘lga chiqqan vaqt erta yo‘lga chiqdimga nisbatan bir muncha aniq va kechikmaganlik ma’nosi ifodalanadi va bunda erta yo‘lga chiqdim bilan ikkalasi sinonim munosabatda bo‘ladi. Ertalabdan yo‘lga chiqdim deyilganda -dan ma’lum ma’noda o‘z ma’nosini – harakatning boshlanish o‘rnini ifodalash xususiyatini saqlab qoladi va bu o‘rinda o‘z zimmasiga yana qo‘shimcha yuk oladi – harakatning bajalishishini ta’kidlash uchun xizmat qiladi1.
Bundan tashqari qadimgi davrda keng iste’molda bo‘lgan -ra (so‘ngra, uzra); -a (qayta, ko‘tara); -in (-un) (birin-ketin, ostin-ustun) qo‘shimchasi ham ravish tarkibida qotib qolgan. Ravish turkumini talqin qilishda o‘zgarmaslik xususiyatini e’tiborga olish uning so‘z turkumi sifatidagi xususiyatini belgilashda qator qarama-qarshiliklarga nuqta qo‘yadi. Ilmiy manba, darslik va qo‘llanmalarda eng, juda, nihoyatda, g‘oyat, lang, g‘irt kabi so‘zlar kuchaytiruv ravishi deb qaralaladi. Holbuki, bu shakllar ravish oldidan kelib, belgi ma’nosini kuchaytirishga xizmat qiladi. SHuning uchun keyingi yillarda ayrim tadqiqodchilar tomonidan bu unsurlarning ravish emasligini, chunki ravish kabi mustaqil lug‘aviy ma’nodan xoliligini ta’kidlanib, kuchaytiruv yuklamasi sirasida o‘rganish lozimligini uqtiriladi2.
YUqorida keltirilgan so‘zlar faqat ravishning oldidan kelib kuchaytirib-ta’kidlash uchun emas, balki ular sifat oldidan kelib, sifatning orttirma darajasini hosil qiladi.
Harakatning belgisini bildiradigan leksemalarga ravish leksemalar deyiladi. Ravish leksemaga shakl o‘zgarishi xos emas, shunga ko‘ra fe’l (o‘rni bilan ot) leksemaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi3.
Sifat ham ravish ham bir ma’noni (belgini) bildirishi borasida savol tug‘ilishi mumkin. Lekin SH.Rahmatullaev buni quyidagicha izohlaydi: “Sifat va ravish so‘z turkumlari leksema shakllari tasviridan ayon bo‘ladiki, ravish leksemashakl qoliplari sifat leksemashakl qoliplari bilan deyarli bir xil, asosiy farq sifatlarda “leksema+sifatlovchi” sintaktik semasi qolipi birlamchi bo‘lsa, ravishlarda “leksema hollovchi” sintaktik semasi qolipi birlamchi4.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə