Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish


-BOB. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim tizimida yordamchi va alohida olingan so‘zlarning yorilishi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə25/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
So\'z turkumlari

3-BOB. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim tizimida yordamchi va alohida olingan so‘zlarning yorilishi.

O‘zbek tilshunosligida yordamchi so‘zlarga mustaqil so‘zlar bilan qo‘shimchalar oralig‘ida turgan grammatik vositalar sifatida qaraladi. YOrdamchi so‘zlarga xos belgilar haqida fikr borganda, oliy ta’lim darsliklarida, xususan, R.Sayfullaeva darsligida yordamchi so‘zlarga xos “ma’naviy mustaqillik” belgisi xususida gap boradi. Ma’lumki, leksik sath birliklari ikki katta guruhga bo‘linadi: mustaqil so‘z va yordachi so‘z. Ular o‘rtasidagi zidlanishni “ma’noviy va vazifaviy nomustaqillik” tashkil etadi. Bu ziddiyat belgisiga ko‘ra, yordamchi so‘z belgili, mustaqil so‘z belgisiz a’zo mavqeini egallaydi. YOrdamchi so‘z hech qachon mustaqil qo‘llanmaydi, bog‘liq qurshovdagina kela oladi. Mustaqil so‘z esa mustaqil qo‘llanish va ma’no ifodalash qobiliyatiga ega. Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan fikr deyarli barcha yordamchi so‘zlar haqidagi qarashlarni “ma’noviy va vazifaviy nomustaqillik” nomi ostida birlashtira olgan.


Atash manosiga ega bo‘lmagan ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi vazifasida kelmaydigan so‘zlar yordamchi so‘zlar hisoblanadi1.
Leksik ma’nosini yo‘qotib, grammatik ma’no ifodashga o‘tgan, ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydigan so‘zlar yordamchi so‘zlardir2.
Hech qachon mustaqil qo‘llanmaydigan, bog‘liq qurshovdagina keladigan so‘zlar yordamchi so‘zlardir. Ular “oraliq uchunchi” tabiatiga ega3.
YOrdamchi so‘zlar nomi ostiga ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama birlashtiradi. Bular grammatik turkum birliklari deb yuritiladi.
R.Sayfullaeva yordamchilarni: qo‘shimchasimon: -day, -dek, -mi, -chi, -ki, -kim; sof yordamchi so‘z: uchun, bilan, va, hamda, axir, hatto; nisbiy yordamchi so‘z: old, orqa, vaqtida, ba’zan, yolg‘iz, bir.
3.1. Ko‘makchi.

Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sayin kabi so‘zlar ko‘makchi sanaladi1.


So‘zlarning o‘zoro grammatik va mazmuniy munosabatini ifodalash uchun ishlatiladigan yordamchi so‘zlarga ko‘makchilar deyiladi. Ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar bo‘lib, hozirgi kunda leksik ma’nosini yo‘qotgan va grammatik ma’no ifodalashga o‘tgan so‘zlardir2.
Ko‘makchi mustaqil so‘z orasidagi tobe munosabatni ifodalash va kelishik ma’nosini aniqlashtirish, to‘ldirish uchun hizmat qiladi, shu xususiyati bilan ko‘makchi bog‘lovchi va yuklamadan qiladi. Ko‘makchi ma’no va vazifa jihatidan kelishik qo‘shimchasiga yaqin turadi. SHuning uchun ba’zan kelishik shaklidan anglashilgan ma’no ko‘makchi bilan ham ifodalanadi. Lekin ular kelishik affiksiga qaraganda ma’noni aniq ifodalaydi3.
Sof ko‘makchilar bilan bir qatorda ayrim so‘zlar ko‘makchi vazifasida qo‘llana oladi va ular vazifadosh ko‘makchilar sanaladi.
Atash ma’nosini butunlay yo‘qotib, faqat o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiladigan ko‘makchilar sof ko‘makchilardir: bilan, sari, sayin, uchun.
Sof ko‘makchilar urg‘u olmaydi. Urg‘u ko‘makchi bilan birga kelgan mustaqil so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. SHuning uchun ko‘makchi ohang tomonidan o‘zidan oldingi so‘z bilan bir butunlikni hosil qiladi, lekin yozuvda ko‘makchi doimo ajratib yoziadi.
Vazifadosh ko‘makchilarga ost, yon, ust, old v.b singari so‘zlar kiradi. Bunday so‘zlar ko‘makchi vazifasida kelganda, atash ma’nosini yo‘qotadi. SHuning uchun ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydi. O‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birgalikda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi.
Ko‘makchilar etakchi fe’lga bog‘lanib, unga turli qo‘shimcha ma’nolar yuklaydi. Jumladan, sababli, tufayli, uchun maqsad ma’nosini; tomon, sari, bo‘ylab yo‘nalish ma’nosini; haqida, to‘g‘risida ko‘makchilari chegara ma’nosini ifodalaydi.
Ko‘ra, qaramay, yarasha, doir, muvofiq kabi ko‘makchilar jo‘nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi.
Tomon ko‘makchisi bosh va jo‘nalish kelishigidagi ismlarga qo‘shiladi. Keyin, bo‘lak, boshqa, o‘zga, tashqari, buyon, oldin, boshlab, avval kabi ko‘makchilar chiqish shaklidagi ismlarga qo‘shiladi.
Old, ost, ust singari vazifadosh ko‘makchilar qaratqich kelishigi shaklidagi so‘zlarga qo‘shiladi. Bunday hollarda ba’zan kelishik qo‘shimchasi qo‘llanmasligi ham mimkin1. Leksik ma’nosini tomoman yo‘qotib, faqat grammatik ma’no ifodalashga o‘tgan ko‘makchilarga sof (asl) ko‘makchilar deyiladi.
Leksik ma’noni saqlagan holda, gapda grammatik ma’no ifodalash vazifasini bajaruvchi so‘zlarga vazifadosh ko‘makchilar deyiladi. Vazifadosh ko‘makchilar ko‘makchilashayotgan ot va fe’llardir. SHunga ko‘ra bunday so‘zlar mustaqil so‘zlar vazifasida ham kelishi mumkin. Masalan: Kitob televizor ustida turibdi. Televizor ustida janjallashdi.
Ko‘makchilar bir mustaqil so‘zni ikkinchi bir mustaqil so‘zga tobelashtirib bog‘laganligi uchun kelishik qo‘shimchalari bilan bir xil vazifa bajaradi, shuning uchun sof ko‘makchilarni ko‘p hollarda kelishik qo‘shimchalari bilan bilan almashtirish mumkin bo‘ladi. Masalan: Bolalar bog‘chasiga hadya qildim. Bolalar bog‘chasi uchun hadya qildim.
SHuni ta’kidlash kerakki, mazkur umumiy ma’no qanday ifodalashda kelishik bilan ko‘makchi ma’lum darajada bir-biridan farqlanadi. Kelishik qo‘shimchasi orqali ifodalangan ma’no esa umumiyroq, noaniqroq bo‘ladi. Ayniqsa, bu farq yo‘nalish ma’nosini bildirishda aniq seziladi. Masalan: Samarqandga ketdi – Samarqand tomonga ketdi2.
Ko‘makchi shakli va bajaradigan vazifasi jihatidan quyidagi tirlarga bo‘linadi:

  1. sof ko‘makchilar;

  2. yarim ko‘makchilar;

  3. qo‘shimchasimon ko‘makchilar.

Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan uchun, bilan, sari, qadar v.b so‘zi sof ko‘makchi, ular tobe so‘zni hokim so‘zga bog‘lashga xizmat qiladi. Sof ko‘makchi boshqa so‘zga birikkan holda turli munosabatni anglatadi. Jumladan, bilan ko‘makchisi o‘zbek tilida asosan ko‘makchi ba’zan bog‘lovchi vazifasida ishlatiladi. SHuning uchun bu ko‘makchi turi yordamchi turdan birining o‘rnida ikkinchisi qo‘llanilishi nuqtai nazaridan ko‘makchi – bog‘lovchi atamasi ostida ham o‘rganilmoqda.
Qo‘shimchasimon ko‘makchilarga -day, -dek ko‘makchilar kiritilgan.
Nisbiy (yarim) ko‘makchilar mustaqil so‘zning “nomustaqillik” belgisiga nisbatan mo‘tadilligi sababli mustaqil so‘z ichidan nisbiy yordamchi ajralib chiqadi. Nisbiy ko‘makchi bir xususiyati bilan ma’naviy mustaqil, ikkinchi xususiyati bilan ma’noviy nomustaqillik leksemasiga o‘xshab ketadi va orliq uchunchi guruhini tashkil qiladi. Leksema nomustaqil leksema sifatida voqelanganda leksema sememasi muayyanligini kuchsizlantiradi va leksema grammatik ma’no sifatida voqealanadi. CHunonchi, quyidagi gaplarda berilgan (ko‘ra) leksemasining ma’nolarini qiyoslashga harakat qilamiz.

  1. YAxshi-yomonni ko‘ra-ko‘ra odamning yaxshimi, yomon ekanini tez ajratib oladigan bo‘lib qolgan (A. Qahhor).

  2. Qalandarovdan shikoyat boshlashdan ko‘ra ko‘proq bu noqulay ahvoldan chiqish uchun… (A. Qahhor).

Birinchi gapda qo‘llanilgan “ko‘ra” ko‘z bilan ko‘rmoq, kuzatmoq semasiga ega bo‘lsa, ikkinchi gapda ko‘rish semasi kuchsizlangan va chog‘ishtirish va qiyoslash grammatik ma’nosini voqelantirgan. Birinchi gapda qo‘llanilgan ko‘ra, ko‘rmoq fe’lining ravishdosh shakli bo‘lsa, ikkinchi gapda fe’l ko‘makchi sifatida tobelanish munosabatini hosil qilgan. Qolgan nisbiy ko‘mlakchilar ham xuddi shunday xususiyatga ega1.
Xullas, maktab, akademik litsey darsliklarida berilgan vazifadosh ko‘makchilar R.Sayfulllaeva darsligida yarim (nisbiy) ko‘makchilar deb beriladi. SHu bilan birga, ushbu darslikda berilgan qo‘shimchasimon ko‘makchilar (-day, -dek) maktab va litsey darsliklarida berilmagan. SH.Rahmatullaev darsligida ko‘makchilar so‘z turkumlari tasnifida berilmaydi. YA’ni bog‘lovchi, yuklama, modal, undovga “grammatik birlik” sifatida qaralib, ko‘makchiga otning noparadikmatik shakli sifatida yandashiladi hamda uni mustaqil holda emas, balki ot so‘z turkumi tarkibida o‘rganishni lozim ko‘radi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə