Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə27/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
So\'z turkumlari

CHunki, negaki

SHart bog‘lovchisi

Gap bo‘laklari va gaplarni tobelantirib bog‘laydi, ular o‘rtasida shart ma’nosini ifodalaydi.

Agar, basharti, garchi

Ergashtiruvchi bog‘lovchilarga chunki, sababli, tufayli, shuning uchun, shu bois (sabab, sababli), ya’ni, -ki singari so‘zlar kiradi1. YUqori sinf darsliklarida yuqorida berilgan shuning uchun, shu bois kabi ergashtiruvchi bog‘lovchilar ko‘makchili qurilma sifatida beriladi2.


Akademik litsey darsligida chog‘ishtiruv ergashtiruvchi bog‘lovchi kabi turi ham berilgan bo‘lib, ergashtiruvchi bog‘lovchining to‘rtta turi izohlanadi:

Ergashtiruvchi bog‘lovchi turi

Vazifasi



Misol

Aniqlov bog‘lovchisi

Ajratilgan bo‘laklarni ajratilmish bo‘lakka, ergash gapni bosh gapga bog‘lab, aniqlov munosabatini bildiradi.

YA’ni,
-ki (kim)

Sabab bog‘lovchisi

Sabab ergash gapni bog‘lab, ular o‘rtasidagi sabab-natija munosabatini ifodalaydi.

CHunki, shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, shu sababdan

SHart bog‘lovchisi

SHart, to‘siqsiz hol hamda ergash gaplarni hokim bo‘lak yoki bosh gaplarga bog‘lab, ular o‘rtasidagi shart va to‘siqsizlik munosabatini ifodalaydi.

Agar,
basharti, maboda, garchi



CHog‘ishtiruv bog‘lovchisi

Gap bo‘laklari va gaplarni o‘zaro bog‘lab, ular o‘rtasidagi bog‘lanishda qiyoslash ma’nosini ifodalaydi.

Go‘yo, go‘yoki, xuddi

R.Sayfullaeva bog‘lovchilarni shakliy jihatdan uch guruhga ajratadi:



  1. sof bog‘lovchilar (va, hamda, ammo, lekin);

  2. nisbiy bog‘lovchilar (ba’zan, goh, goho, bir, vaqtida);

  3. qo‘shimchasimon bog‘lovchilar (-u(-yu), -da, -mi).

Oliy ta’lim, akademik litsey darsliklarida berilgan chog‘ishtiruv bog‘lovchisi maktab darsligida yuklama deb beriladi1.
Buni R.Sayfullaeva quyidagicha izohlaydi: “Ayrim so‘zning bog‘lovchilik tabiatidan kelib chiqqan holda, shuni aytish mumkinki, bog‘lovchining miqdori, uning mohiyati, turi hanuzgacha aniq belgilangani yo‘q. Masalan: chog‘ishtiruv bog‘lovchisiga go‘yo, go‘yoki so‘zi kiritiladi. Ammo bu so‘z gap bo‘laklari yoki gaplarni bog‘lash uchun emas, balki o‘xshatish-qiyoslash ma’noli qurilmalarda shu ma’noni ta’kidlash uchun xizmat qiladi, o‘xshatish, qiyoslash ma’nosi esa boshqa vosita bilan ifodalanadi: Beda orasi juda issiq, go‘yo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday. (Oyb.) Nay sadosining mayin to‘lqinlari tip-tiniq havoda yoyilarkan, go‘yo hammayoq jonlangan kabi tuyuldi. (Oyb.) Ushbu misollarda o‘xshatish, qiyoslash -dek qo‘shimchasi va kabi so‘zi bilan ifodalanyapti, go‘yo esa shu ma’noni ta’kidlamoqda. Demak, go‘yo ta’kid yuklamasi hisoblanadi. Balki yordamchisi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Balki qo‘llanishidagi ba’zi xususiyatiga ko‘ra, zidlov bog‘lovchisidan farq qiladi. Zidlov bog‘lovchisi ko‘pincha qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi, balki yordamchisi bunday vazifani bajarmaydi: Havo bulut bo‘ldi, lekin (ammo, biroq) yomg‘ir yog‘madi. Bu misolda zidlov bog‘lovchisi o‘rnida balki so‘zini qo‘llab bo‘lmaydi. Balki so‘zi gumon mazmunli gaplarda, zid mazmunli qismlarga ega gapda gumon, qarama-qarshilik ma’nosini ta’kidlash uchun qo‘llanadi: …toping, balki tanishlaringiz bordir. (Oyb.) CHunki biz Azizbek kabilardan xalqnigina emas, balki o‘zimizni ham qiynatdirmog‘damiz. (A.Qod.) Bu gap menga yoqmas, balki battar jahlimni chiqarardi. O‘z-o‘zidan anglashiladiki, balki sof bog‘lovchi bo‘lolmaydi, bog‘lovchi funksiyasini bajarayotgan yuklama sirasidan joy oladi. Qisqasi, bir turdan ikkinchi turga o‘tish va bog‘lovchi-yuklama, ko‘makchi-bog‘lovchi kabi oraliq hodisa hosil qilish – yordamchi so‘z tabiatiga xos xususiyat, ularning ichki manba asosida boyishining bir yo‘li. Ham… ham biriktiruv bog‘lovchisi ta’kid qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘iga ega, na…na esa inkor ma’nosini ifodalaydi, -mi so‘roq-taajjub yuklamasi esa gap tarkibida bog‘lash funksiyasini bajaradi. SHuning uchun bular bog‘lovchi-yuklama hisoblanadi. Misollar: 1. Na so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo. (O.) 2. Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak. (Maq.) 3.U bir gapni aytdimi, albatta, qiladi.
YUqorida aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, o‘zbek tili bog‘lovchisining ma’no va xususiyati tamomila boshqacha, ularni turkona tahlil qilish, bog‘lovchi bilan bog‘liq masalalar ilmiy hal etish bugungi kunda tilshunosligimiz oldida turgan bosh masaladan biri sanaladi1.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə