Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə33/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
So\'z turkumlari

Umumiy xulosalar:

Olib borgan mu’jazgina tadqiqotimiz natijasi sifatida aniqlangan morfologiya sohasidagi quyidagi munozarali masalalarga olimlarimiz va mutaxassislarimiz tomonidan o‘zbek tilshunosligining bugungi kundagi dolzarb muammolari sifatida qarashga umid bog‘laymiz:



  1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili” atamasi o‘rnida “Hozirgi adabiy o‘zbek tili” atamasini qo‘llash. (SH.Rahmatullaev)

  2. So‘z turkumlari tasnifi” atamasini “Lug‘at birliklari tasnifi” atamasi bilan almashtirish masalasi. (SH.Rahmatullaev)

  3. Frazeologik birliklarning turkumlanishi. (SH.Rahmatullaev)

  4. Grammatik birliklarni turkumlashda bog‘lovchi, yuklama, modal, undov so‘zlarni bir guruhga birlashtirish masalasi. (SH.Rahmatullaev)

  5. Taqlid so‘zlarni mustaqil so‘z turkumi deb hisoblash hollari. (A.Nurmonov, R.Sayfullaeva, SH.Rahmatullaev)

  6. So‘z turkumlarini tasniflashda modal, undov, tasdiq-inkor, taklif-ishora so‘zlarini so‘z-gap atamasi ostida bir guruhga birlashtirish. (R.Sayfullaeva)

  7. Taklif so‘zlarga alohida so‘z turkumi sifatida qarash. (R.Sayfullaeva)

  8. Ko‘makchilarga otning noparadigmatik formasi sifatida qarab, uni so‘z turkumi doirasidan chiqarish masalasi. (SH.Rahmatullaev)

  9. Sifatning qiyosiy darajasini barcha darsliklarga tadbiq qilish.

  10. -roq qiyosiy daraja hosil qiluvchi morfema bilan bog‘liq mavjud muammolar.

  11. Sifat yasovchi -dagi qo‘shimchasi (O‘TIL, 5-tom)ning darsliklarda lug‘aviy shakl yasovchi morfema sifatida berilishi.

  12. Oz, ko‘p so‘zlarini miqdor sifatlari deya tadbiq etish. (R.Sayfullaeva)

  13. -ish, -imtir morfemalarini ozaytirma daraja hosil qiluvchi vosita emas, balki alohida rang bildiruvchi leksema sifatida talqin qilish (R.Sayfullaeva, SH.Rahmatullaev)

  14. Ravish derevatsiyasi. Ularning yasalishi bo‘yicha mavjud munozaralar.

  15. Ravishning o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmasligi. (R.Sayfullaeva, F.Sa’dullaev)

  16. Hamma, barcha so‘zlarini olmoshlar tarkibidan chiqarib, ravish sirasiga kiritish masalasi. (SH.Rahmatullaev)

  17. Olmoshlarning yordamchi so‘z tukumiga ham ishora qilishi: Va bog‘lovchisi o‘zaro teng ma’noli gaplarni bog‘laydi. Bu teng ma’noli gaplarni bog‘laydi. (A.Nurmonov)

  18. Olmoshlar yasalishi borasidagi munozarali holatlar. (R.Sayfullaeva)

  19. Ko‘rasatish olmoshini shartli ravishda “ko‘rsatish birligi”, o‘zlik olmoshini “ta’kid birligi”, 3-shaxs olmoshi u-ni “kishilik-narsa” olmoshi yoki kishilik-ko‘rsatish” olmoshi (SH.Rahmatullaev), belgilash olmoshini esa “belgilash-ajratish” (AL) olmoshi deb nomlash masalasi.

  20. Lisoniy dalillari chalkash berilgan yordamchi so‘z turkumi masalasi.

  21. Undovlarni so‘z-gaplar tarkibida o‘rganish yoki so‘z-gaplarni so‘z turkumlari tarkibida o‘rganish. (R.Sayfullaeva)

  22. So‘z turkumlarini tasniflashda modal, undov, tasdiq-inkor, taklif-ishora so‘zlarini so‘z-gap atamasi ostida bir guruhga birlashtirish. (R.Sayfullaeva)

YUqorida keltirilgan bu kabi munozarali masalalar qatorini yanada davom ettirish mumkin. SHu bois, darsliklarimizdagi mavjud bunday chalkashliklarning har biri ustida jiddiy bosh qotirish, ularni maxsus o‘rganish hamda ilmiy-nazariy asoslarini yaratish ham nazari va ham amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə