Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə32/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
So\'z turkumlari

3.7. Tasdiq va inkor so‘zlar.


Ha, ho‘p, mayli singari so‘zlar tasdiq so‘zlar, yo‘q, mutlaqo singari so‘zlar inkor so‘zlar sanaladi. Bunday so‘zlar dialogik nutqda -mi so‘roq yuklamasi orqali ifodalangan so‘roq gaplarning javobi bo‘lib keladi1.
Akademik litsey darsligida tasdiq va inkor so‘zlari berilmagan. So‘z gaplarning uchinchi ma’noviy guruhi bo‘lgan tasdiq/inkor so‘zlari ko‘pincha modal so‘zlar tarkibida o‘rganilgan.
R.Sayfullaeva tasdiq va inkor so‘zlarga so‘z-gaplar sifatida yondashadi: ha, mayli, xo‘sh, xo‘p so‘zi tasdiqni, sira, mutlaqo, also so‘zlari inkorni ifodalovchi so‘z-gap2 ekanligi ta’kidlaydi.


3.8. Bob bo‘yicha xulosa.
1. Maktab, akademik litsey darsliklarida berilgan vazifadosh ko‘makchilar R.Sayfulllaeva darsligida yarim (nisbiy) ko‘makchilar deb beriladi. SHu bilan birga, ushbu darslikda berilgan qo‘shimchasimon ko‘makchilar (-day, -dek) maktab va litsey darsliklarida berilmagan. SH.Rahmatullaev darsligida ko‘makchilar so‘z turkumlari tasnifida berilmaydi. YA’ni bog‘lovchi, yuklama, modal, undovga “grammatik birlik” sifatida qaralib, ko‘makchiga otning noparadikmatik shakli sifatida yandashiladi hamda uni mustaqil holda emas, balki ot so‘z turkumi tarkibida o‘rganishni lozim ko‘radi.
2. O‘zbek tili bog‘lovchisining ma’no va xususiyati tamomila boshqacha, ularni turkona tahlil qilish, bog‘lovchi bilan bog‘liq masalalar ilmiy hal etish bugungi kunda tilshunosligimiz oldida turgan bosh masaladan biri sanaladi.
3. Darsliklarda yuklamalarning ma’no turlari turlicha berilgan.
4. O‘zbek substansial tilshunosligida so‘z-gaplashgan (modallashgan: chamasi, chog‘i, ehtimol; undovlashgan: ura, olg‘a, dod, voydod; tasdiq/inkorlashgan: bo‘pti, ma’qul, aksincha, mutlaqo; taklif/ishoralashgan: qani) so‘zlar, so‘z-gaplashayotgan (modallashayotgan: balki, hatto, aftidan; undovlashayotgan: yashang, voy o‘lay; tasdiq/inkorlashayotgan: durust, to‘g‘ri, rost, aslo, hargiz; taklif/ishoralashayotgan: mana mundoq) so‘zlar, so‘z-gapsimon (modalsimon: shunday qilib, baxtga qarshi, tavba, xudo saqlasin; undovsimon: asalim, oppog‘im, ey, do‘stlar; tasdiq/inkorsimon: xuddi shunday, hech qachon, noto‘g‘ri; taklif/ishorasimon: boshlang) sÿz-gapga ajratilib, mufassal o‘rganilgan. Lekin uning barcha darsliklarga tatbiqi masalasi to‘la-to‘kis bajarilmagan.
5. Oliy ta’lim darsliklarida taqlid so‘zlar (tasvir birliklari)ning mustaqil so‘z turkumi sifatida berilishi o‘zining ilmiy-nazariy isbotiga ega. SHu bois, bunday qarashni maktab va litsey darsliklariga ham tadbiq qilish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə