Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə21/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
So\'z turkumlari

Belgilash olmoshi. Har so‘ziga bir so‘ziga qo‘shilib, to‘pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildiradigan belgilash olmoshlarini hosil qiladi. Hamma, barcha, bari, butun olmoshlari esa shaxs, narsa, belgi, harakat-holatni jamlab ifodalaydi. Demak, to‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatni ifodalaydigan olmoshlar belgilash olmoshlari sanaladi2.
SHaxs, narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustqil so‘zlar o‘rnida almashinib, ularning ma’nosini umumlashtirib, jamlab beradi. Mustaqil so‘zlar o‘rnida kelib, uning ma’nosini jamlab, umumlashtirib keluvchi olmoshlarga birgalik olmoshlari deyiladi.
Jamlik olmoshlari: hamma, barcha, bari;
Ajratish olmoshlari: hech nima, har kim3.
Har so‘zi belgilash olmoshi bo‘lib, ko‘pincha, so‘roq olmoshi bilan birikib keladi va qo‘shma belgilash olmoshi yasaydi. Jamlik ifodalovchi olmosh predmet, shaxs, belgiga nisbatan yig‘indini, to‘dani ifodalaydi: hamma, yalpi, har kim4.
SH.Rahmatullaev hamma, barcha so‘zlarida “mavjud miqdor” semapsi anglashini e’tiborga olib, ularni olmoshlar tarkibidan chiqarib, ravishlarga kiritish lozimligini ta’kidlaydi.


Gumon olmoshi. So‘roq olmoshlariga alla- yoki -dir qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi. Alla- qo‘shimchasi so‘roq olmoshlari oldidan; -dir qo‘shimchasi esa, so‘roq olmoshlari so‘ngidan qo‘shiladi. Har ikki qo‘shimcha asos qism bilan qo‘shib yoziladi. Narsa so‘zi faqat alla- qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi. Bir so‘zi kishi, narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib, bu ma’noga gumon ma’nosini yuklaydi. Ularni kimdir, nimadir, qachondir singari gumon olmoshlari bilan almashtirish mumkin.
Bunday vaqtda bir so‘zi gumon olmoshi o‘rnida qo‘llangan bo‘ladi. SHu bilan birga, birov so‘zi ham kimdir so‘zi bilan erkin almashina olgani uchun gumon olmoshi sanaladi1.
SHaxs-narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so‘zlar o‘rnida kelib, uning ma’nosini taxminlab, gumonlab keluvchi olmoshlarga gumon olmoshlari deyiladi (allakim, kimdir)2.
Gumon olmoshi muayyan predmet, shaxs, belgi yoki harakat xususida o‘ta mavhum tushunchani ifodalaydi3.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə