Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə19/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
So\'z turkumlari

Ko‘rsatish olmoshi. Oldingi gap, gapdagi biron-bir so‘z, so‘z birikmasi o‘rnida qo‘llanilib, unga ishora qiluvchi yoki biror so‘zni aniqlab keluvchi olmoshlar ko‘rsatish olmoshlari hisoblanadi. So‘z ma’nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‘zi aniqlayotgan so‘zdan oldin qo‘llaniladi. Masalan: Bu daftar meniki2.
Mustaqil so‘zlar yoki gaplar o‘rnida kelib, ularni ko‘rsatib keladi. Mustaqil so‘zlar orqali ifodalangan shaxs, predmet, belgi, harakatlarni ko‘rsatib kelgan olmoshlarga ko‘rsatish olmoshlari deyiladi. Masalan: u, bu, o‘sha, mana bu kabilar3.
Ko‘rsatish olmoshi shaxs, predmet, belgini alohida ko‘rsatish, ta’kid ma’nosi uchun xizmat qiladi. Ular ifodalovchi nom ham turlicha:

    1. s haxs yoki predmetga ishora qiladi:

Siz o‘shami? (A.Qahhor);

    1. belgiga ishora qiladi:

Menda ham shunaqa kitoblar bor;

    1. vaqtga ishora qiladi:

SHu-shu Fotima kelmay qo‘ydi;
-o‘ringa ishora qiladi:
Siz – unda, biz- bunda4.
Adabiyotlarda ko‘rsatish olmoshi nomi bilan bu, shu, o‘sha, u, mana, ana birliklari keltiriladi. Bular haqiqatda ko‘rsatish ma’nosini ifodalaydi, lekin biror leksamaga olmosh bo‘lib kelmaydi. SHunga ko‘ra, bularni olmosh deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi, shartli ravishda ko‘rsatish birliklari deb nomlash mumkin. Ko‘rsatish birliklari o‘zaro quyidagicha oppozativ munosabat hosil qiladi:
bu shu

m ana mana bu mana shu




u o‘sha

a na ana u ana o‘sha


Ko‘rsatish birliklari tizimining asosini bu, o‘sha, shu, u tashkil qiladi; bu, shu oldidan mana birligini, u, o‘sha oldidan ana birligini keltirish orqali ko‘rsatish ma’nosi ta’kidlanadi. Mana, bu, shu qatori, odatda, yaqin masofadagi predmetni; ana, u, o‘sha qatori uzoqroq masofadagi predmetni ko‘rsatish uchun ishlatiladi; ana, ana u oldidan hov, huv birliklarini keltirish orqali masofaning yanada uzoqroq ekanligi ifodalanadi.


Bu, shu qatorida bu odatda birlamchi ko‘rsatishda, shu esa ikkilamchi ko‘rsatishda, shuningdek, u birlamchi ko‘rsatishda, o‘sha ikkilamchi ko‘rsatishda ishlatiladi.
Ko‘rsatish birliklari sifat tabiatli bo‘lgani uchun ularda shakl hosil qilish yo‘q1.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə