Umumiy, O’rta, oliy ta’lim darsliklarida morfologiyaning yoritib berilish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə15/34
tarix29.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#103501
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
So\'z turkumlari

2.4. Fe’l so‘z turkumi.

Darsliklarda fe’l so‘z turkumiga oid berilgan ma’lumotlarda farqli jihatlar ko‘p bo‘lib, ayrim misollar va qoidalar bir-birini istisno etadi.


SHaxs yoki narsalarning harakat-holatini atab nima qilmoq? nima bo‘lmoq?1 yoki nima qildi? nima qilay? nima qiladi?2 so‘roqlaridan biriga javob bo‘lib kelgan so‘z turkumiga fe’l deyiladi. Ba’zan predmetning harakat-holat belgisini anglatadigan leksemaga fe’l deyiladi3.
Maktab darsligida fe’l quyidagi ma’no turlariga ajratilgan:
1) nutqiy faoliyat fe’llari;

  1. aqliy faoliyat fe’llari;

  2. jismoniy faoliyat fe’llari;

  3. holat fe’llari4.



Litsey darsligida esa quyidagicha berilgan:

  1. yumush fe’llari (ishladi);

  2. tafakkur fe’llari(fikrlamoq);

  3. sezgi fe’llari (sezdi);

  4. ruhiy holat fe’llari (kuldi);

  5. nutqiy fe’llari (gapirdi);

  6. ishora fe’llari (imo qildi);

  7. jismoniy holat fe’llari (charchadi);

  8. tabiiy holat fe’llari (eridi);

  9. ko‘rish fe’llari (ko‘rdi)5.



Oliy ta’lim darsligida:

  1. nutqiy faoliyat fe’llari;

  2. holat fe’llari;

  3. natijali faoliyat fe’llari;

  4. munosabat fe’llar;

  5. tafakkur fe’llari1.

Quyidagi jadval orqali ham yuqoridagi farqlarni yaqqolroq ko‘rishimiz mumkin:





T\r

Fe’lning ma’no turlari

Maktab

Litsey

Oliy ta’lim
(R.Sayfullaeva)

1

Nutqiy

+

+

+

2

Aqliy

+

-

-

3

Jismoniy

+

+

+ (harakat)

4

Holat

+

+ (tabiiy)

+

5

Natijali faoliyat

-

-

+

6

Tafakkur

-

+

+

7

Munosabat

-

-

+

8

Ruhiy holat

-

+

+ (holat)

9

Ishora

-

+

-

10

Ko‘rish

-

+

-

Umuman, fe’llarni harakat va holat fe’llariga ajratib o‘rganar ekanmiz, bizningcha, yuqorida keltirilgan fe’l ma’noviy turlarini shu ikki tur tarkibiga kiritib o‘rganilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi:





Harakat

Holat



Nutqiy

Aqliy

Jismoniy

Tabiiy

Natijali-faoliyat

Tafakkur

Ishora

Munosabat

Ko‘rish

Ruhiy

R.Sayfullaeva tomonidan ushbu turlarning har biri o‘z ichida yana quyidagi guruhlarga bo‘linishi ta’kidlanadi:


Harakat fe’llari: yuz, oyoq, og‘iz, gavda bilan bog‘liq harakatlar.
Holat fe’llari: ichki, tashqi, jismoniy, ijtimoiy holat fe’llari.
Fe’llarda o‘timlilik va o‘timsizlik. Biz maktab darsligida fe’l tushum kelishigini olgan so‘z vositasiz to‘ldiruvchi bilan bog‘lansa, o‘timli, bog‘lana olmasa, o‘timsiz deb o‘rganamiz1. Oliy ta’lim darsliklarida o‘timlilik va o‘timsizlik, avvalo, biror grammatik ko‘rsatgich olmagan fe’l leksemaning o‘zidan anglashiladi, harakat bilan ushbu harakat qaratiladigan predmet vositasiz to‘ldiruvchi orasidagi munosabat asosida belgilanadi2.
Ushbu darsliklarning maktab darsliklaridan farqli tomoni shundaki, umumiy o‘rta ta’limda o‘timli va o‘timsiz bo‘lish tushum kelishigidagi so‘zga bog‘lana olishida deb o‘rgatilsa, SH.Rahmatullaev esa buni leksik ma’noga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi. Masalan: “tashla” leksemasi “nimanidir bir joydan ikkinchi bir joyga kuch bilan yo‘naltir” ma’nosini anglatadi. “tort” leksemasi “ma’lum bir sathni yotiq holatda egalla” ma’nosini anglatadi. Bundan tashqari fe’l leksemalarda o‘timli va o‘timsizlik sof semantik hodisa emas, balki semantik-sintaktik hodisa deb beriladi.
SH.Rahmatullaevning fikricha, fe’l harakatning ob’ektga munosabatiga ko‘ra o‘timli va o‘timsiz bo‘ladi. O‘timli fe’l bildirdan harakat ob’ekt tushunchasi bilan bog‘lanadi va bunda ob’ektni ifodalovchi birlik tushum kelishigidagi so‘z bo‘ladi. O‘timsiz fe’l bunday xususiyatga ega bo‘lmaydi.
YUqoridagi fikrlarni quyidagi jadval orqali qiyoslash mumkin:



Maktab

Akademik litsey

SH.Rahmatullaev

R.Sayfullaeva

Tushum kelishigi

_

Ma’no

Obektga munosabat



Nisbat kategoriyasi. Maktab darsligida fe’l nisbatlariga quyidagicha ta’rif beriladi: “Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nisbat shakllari sanaladi va ular 5 tani tashkil etadi:

    1. Aniq nisbat.

    2. Majhul nisbat.

    3. O‘zlik nisbat.

    4. Ottirma nisbat.

    5. Birgalik nisbat1.

Fe’lda anglashiladigan harakat-holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi fe’l shakllariga nisbat shakllari deyiladi2.
YUqoridagi fikrlarga qarama-qarshi R.Sayfullaeva darsligida nisbat kategoriyasi harakatning bajarilish munosabatini ifodalaydi deb berilgan.
YUqorida harakat va holatga subektning munosabati bo‘lsa, ushbu qoidada harakatning subektga munosabati deb beriladi. SH.Rahmatullaev o‘zbek tilida majhul nisbat va unga zid qo‘yib belginadigan aniq nisbat shakllaridan iborat, deb fikr bildiradi va qolgan nisbat ular asosida vujudga keladi deb ta’kidlaydi. Maktab va litsey darsliklarida o‘zlik nisbatini hosil qiluvchi shakllar asosan -(i)n va -(i)l deb berilgan bo‘lsa, oliy ta’lim (SH.Rahmatullaev, R.Sayfullaeva)da -(i)sh shakli ham berilgan, faqat kammahsul qo‘shimcha sifatida qaraladi. Misol uchun:
Kir+ish+di
Qor+ish+di
Joyla+sh+di
Bundan tashqari biz birgalik nisbatida ham farqli tomonlarni ko‘ramiz. Masalan: maktab darsligida birgalik nisbatiga quyidagicha izoh beriladi: «Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli birgalik nisbati deyiladi»3. Oliy talim darsliklarida birgalik nisbatini ko‘maklashish shaklidan farqlaydi va quyidagi misollar bilan izohlanadi:
O pam kirni yuvdi aniq nisbat.
O pam onamga kirni yuvishdi ko‘maklashish.
Ko‘rinib turibdiki, bunday transformatsiyada vositasiz to‘ldiruvchi, demak, fe’llarning o‘timlilik xususiyati saqlanadi. Tashqaridan bajaruvchi ega qo‘shiladi mavjud ega esa vositali to‘ldiruvchiga aynaladi. Harakatlarni asosan vositali to‘ldiruvchi vazifasiga o‘tgan bajaruvchi amalga oshiradi, yordamlashadi, aniqrog‘i ma’lum darajada bajaradi. Bundan tashqari ko‘plik ma’nosini ifodalovchi -(i)sh shakli ham mavjud. Misol uchun:
Opalarim kelishdi.
Opamlar kelishdi.
YUqoridagi birinchi misolda ko‘plik shaklini -(i)sh bajargan. Bu affiks tuslovchilar paradigmasiga mansub bo‘lib, birgalik shaklidan keyin ham qo‘shilaveradi. Masalan: quchoqlashishdi.
-(i)sh

Ko‘plik ko‘maklashish


omamorfem


Ottirma nisbat oliy ta’lim hamda o‘rta maxsus uchun mo‘ljallangan darsliklar maktab darsligidan farqli ravishda nisbat hosil qiluvchi -sat shakli ham mavjud. Masalan: ko‘r+sat.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə