2-mavzu: yol holati va avtomobillar harakat sharoitiga tabiiy iqlim omillarining ta’siri



Yüklə 11,9 Mb.
səhifə1/10
tarix26.10.2023
ölçüsü11,9 Mb.
#131024
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-мавзу през-си (2)

  • REJA:
  • Yo‘l tuzilmasiga tabiiy-iqlim omillarining ta’siri.
  • Yo‘l poyining namlik-issiqlik holati. Yo‘l qoplamasining ko‘tarilib qolishi.
  • 3.Yo‘l qoplamasining ustki yuzasining holatlari va yil davrlari bo‘yicha harakat sharoiti.
  • 4. Avtomobilning yo‘lining deformasiya va buzilishlari. Tabiiy omillar va avtomobillar ta’siridan yo‘l tuzilmalari deformasiyalanish jarayoni.
  • 5. Qoplamaning yemirilishini aniqlash.
  • Tayanch so‘zlar: Tabiiy-iqlim, yo‘l holati, deformasiya, buzilishlar, harakat sharoiti, turg‘unlik, qoplama nuqsonlari, yoriqlar, transport yuklanmalari, qoplama sifati transport-ekspluatasion ko‘rsatkichlar.
  • Namlanish manbalari.
  • Avtomobilllar harakati va yo‘lning holatiga bir necha manbalar ta’sir etadi:
  • Joyning relefi va landshafti
  • Grunt-geologiya, gidrologik(grunt turi va xususiyati, muzlash chuqurligi, yuzaki suvlar va boshqalar.)
  • Havo-iqlim(atmosfera bosimi, quyosh radiasiyasi, havo namligi va harorati, yog‘ingarchilik, shamol, tuman, sirpanchiq, bo‘ron.)
  • Atmosfera yog‘inlari qoplamani (QSHA, chaqiqtosh), qoplama yoriqlarini (saqlash ishlariga bog‘liq) qisman yon qiyalik va yo‘l yoqasini suv shimishi.
  • Suvni yon qiyalikdan asosga shimilishi bunda asos osti grunti bog‘langan bo‘lsa uning zichlik koeffisiyenti 0,95 dan kam bo‘lmasligi kerak.
  • Gruntlarni kapilyar namlanishi grunt zichligi va qoplamani har qanday turida zararli, bunda yil bo‘yi bug‘lanish sodir bo‘ladi.
  • Iqlim va ob-havo tabiat faktorlarining asosiy qismi bo‘lib, yo‘lning transport-ekspluatasion ko‘rsatkichlariga, avtomobillarning harakat rejimi va harakat xavfsizligiga hamda ularning ishlash qobiliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Avtomobil yo‘llari turli xil ta’sirlar va tabiiy omillar ostida ishlaydi. Bu ta’sir etuvchilar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi.
  • 1. Yo‘l poyi va to‘shamasini mustahkamlik va xizmat muddatiga ta’siri;
  • 2.Yo‘lning qoplama yuzasida bo‘ladigan o‘zgarishlari, g‘ildirak bilan qoplamani ilashish xususiyatlarini pasayishiga olib keladi.
  • To‘shama konstruksiyalariga ta’sir etuvchi asosiy namliklar:
  • -Atmosfera suvlari, qoplama yoriqlari, yo‘l yoqasiga singadigan, qatnov qismi va yo‘l yoqasi birlashadigan yerlarida;
  • -qoplama usti, kyuvetlarda turib qoladigan suvlar;
  • -yer osti suvlari, ayniqsa yer yuzasiga yaqin suvlar;
  • -bug‘ shaklidagi, issiq qatlamlardan sovuq qatlamlarga o‘tib yuruvchi suvlar.
  • Yo‘l poyining mustahkamligi va turg‘unligi, asosan undagi suv issiqlik rejimiga bog‘liq. Suv issiqlik holati deb, yo‘l poyini turli nuqtalarida temperatura va namlikni davriy o‘zgarishlariga aytiladi.
  • Suv issiqlik rejimi yo‘l iqlim zonalari xususiyatlariga qarab farqlanibgina qolmay avtomobil yo‘llarining joylashuvi, ya’ni yo‘l poyi konstruksiyalari ko‘tarma yoki o‘ymadan o‘tishga, atmosfera yog‘inlariga, muzlash chuqurligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq, agar bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi chegaradan o‘tsa, yo‘l poyi o‘z mustahkamligini va turg‘unligini yo‘qotadi, u holda keskin havo temperaturaning o‘zgarishi va namlikni ortishi sun’iy inshootlarni qurish zarurligini ko‘rsatadi.
  • Atmosfera yog‘inlari yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lib, suv o‘tkazmaydigan qoplamadan yo‘l yoqasiga oqib, so‘ng yon qiyalik yon ariqlarga tushadi. Agar yomg‘ir jadal yog‘sa yo‘l yoqasi va yon qiyaliklarni yuvib, yon ariqlardan toshib oqadi va yo‘l poyiga shimiladi, yo‘l poyini va to‘shamasini namligini oshiradi.
  • Yo‘l poyining suv-issiqlik holati oylar bo‘yicha o‘zgarish grafigi:
  • 1 — qishdan oldingi davr; 2 va 3 — muzlash va qishki davrdagi bir xil tegishli holati; 4 i 5 — bahorgi erish vaqti va gruntni qurish davri; 6 —yozgi teng taqsimlangan holati; I—V, XI, XII — yil oylari; Ye —yo‘l konstruksiyasining elastiklik moduli ; / — muzlashdan ko‘tarilish; W — gruntning nisbiy namligi; z — muzlash chuqurligi
  • Bo‘ylama qiyaligi bo‘lgan yo‘llarda oqimni ta’siri kuchayishi evaziga yo‘l to‘shamasining cheti va yo‘l yoqasining yuvilishi, ulardan suv oqib o‘tgan joylarda ko‘tarmani yuvilishi ro‘y beradi.
  • Quyosh ta’sirida gruntga shimilgan suvlar yuqoriga qarab harakatlanadi, bu esa o‘z navbatida yo‘l poyini ko‘tarilishiga, to‘shamani buzilishiga sabab bo‘ladi.
  • Shuning uchun yo‘llarni qurish jarayonida yuzasi mustahkamlanadi va suv qochiruvchi ariqlar quriladi. O‘ymalarda suv atrof joylardan oqib keladi, bu yo‘l yoqasini yuvib, surilish hosil qilishi mumkin.
  • Qish vaqtida grunt g‘ovagini to‘ldiruvchi suv muzlaganida hajmi oshadi va yo‘l poyini shishiradi, bu holat yo‘l poyida muzlashdan ko‘pchish, erigandan so‘ng buzilishlarni yuzaga keltiradi.
  • Yo‘l poyi gruntini muzlashdan ko‘pchishi yoki hajmini ruxsat berilgandan oshishi yo‘l to‘shamasini buzilishiga olib keladi.
  • Yo‘l poyini yuqori qismi gruntini namlanishi suv o‘tkazmaydigan yo‘l to‘shamasini pastki yuzasida bug‘ holatdagi suv bilan namlanishlarni yuzaga keltiradi. Muzlash darajasi chuqur bo‘lgan joylarda yo‘l to‘shamasining ko‘tarilib qolishiga olib keladi.
  • Yo‘l to‘shamasining kapilyar va kondensatsiyalangan suvlar bilan namlanishdan saqlash va yo‘l poyi turg‘unligini ta’minlash uchun unga bug‘ va suv o‘tkazmaydigan qatlam quriladi. Organik material bilan ishlangan yoki sintetik materiallar ko‘rinishidagi qatlamlar suvni kapilyarlar orqali ko‘tarilishiga va yo‘l poyini yuqori qatlamida hamda yo‘l to‘shamasida yig‘ilishiga qarshilik qiladi. Yo‘l to‘shamasini suv-isssiqlik tartibini yaxshilashga qaratilgan ishlar yo‘l to‘shamasini qurish davrida amalga oshiriladi. Masalan: drenaj, issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam va boshqalar.
  • Suv qochiruvchi inshootlar asosan quritish va yo‘l to‘shamasini suv-issiqlik tartibini yaxshilashga mo‘ljallangan, poyini qurib bo‘lgandan so‘ng yo‘l to‘shamasi bilan birga quriladi. Ularga drenaj va issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam, shuningdek qumli drenajli qatlamni quritish uchun drenajlar kiradi. Yo‘l poyini qurishda asosiy masala – yo‘lga oqib keluvchi suvni qabul qiluvchi inshootlar qatori ko‘rinishida yuza suv qochiruvchi sistemani yaratish va ularni yaqin suv havzalariga olib borish. Yuza suv qochiruvchi sistema tarkibiga o‘ymalardagi va balandligi 1,5 m gacha bo‘lgan ko‘tarmalar bo‘ylab qurilgan yon ariklar, yon tomonda qazilgan rezervlar, o‘ymalarda tog‘ yon bag‘ri arig‘lari, botqoqlikni quritish uchun ariqchalar, suvni yo‘ldan olib suv havzasiga quyuvchi ariqlar, tog‘ yo‘llaridagi lotoklar va bosh. kiradi.
  • Ayrim suv qochiruvchi inshootlar yo‘l poyini qurishgacha ishni boshlashi kerak. Shuning uchun ko‘tarmani qurish rezerv va ariqlarni qazishdan boshlanadi.
  • Chuqur drenajlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad – yo‘l poyi tagidagi grunt suvlari sathini shunday chuqurlikkacha tushirish kerakki, pasaytirilgan grunt suvlarini sathidan kapillyar suvlar yo‘l to‘shamasiga yetib chiqmasligi uchun kapillyar suvlarni ko‘tarilish balandligi har xil gruntlar uchun har xil bo‘ladi. Drenaj quvurlarini 2,5 – 3 m chuqurlikka yotqizish kerak.

Yüklə 11,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə