2-mavzu: yol holati va avtomobillar harakat sharoitiga tabiiy iqlim omillarining ta’siri


Deformasiyalar quyidagi guruh va turlariga bo‘linadi



Yüklə 11,9 Mb.
səhifə3/10
tarix26.10.2023
ölçüsü11,9 Mb.
#131024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-мавзу през-си (2)

Deformasiyalar quyidagi guruh va turlariga bo‘linadi:

  • Deformasiyalar quyidagi guruh va turlariga bo‘linadi:
  • Ob-havo ta’siridan paydo bo‘ladigan deformasiyalar. (turli ko‘rinishdagi yoriqlar, past-balandliklar, uvalanish, erish va eskirish);
  • Transportning mexanik ta’siridan paydo bo‘ladigan deformasiyalar (yemirilish, iz bo‘lib qolish, ishqalanish, chuqur, cho‘qish, ezilish va qoplama chetining ajralib chiqishi);
  • Tuproq va gidrologik omillar natijasida paydo bo‘ladigan deformasiyalar (qabarish, bikirlik qoplamani egilishi, bo‘ylama yoriqlar va cho‘kish);
  • Ishlab chiqarish kamchiliklari natijasida paydo bo‘ladigan deformasiyalar (deformasiyaning hamma turlari).
  • To‘shamalarni buzilishlari vaqt o‘tishi bilan undagi yoriqlar, cho‘kishlar, bo‘rtish, chuqurchalar va boshqa turdagi o‘zgarishlar ko‘rinishda sodir bo‘lib, to‘shamadagi bu o‘zgarishlar qoplamaning turlariga ham bog‘liq bo‘lib, turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
  • Cho‘kish-yetarli darajada qatlamning zichlanmagan qismida va grunt namligini me’yordan ortib ketishidan sodir bo‘lib, grunt xossasi va gidrogeologik sharoitlarga bog‘liq. Qoplama chekkalarida avtomobil g‘ildiraklari ta’sirida namligi ortib ketgan va yetarli zichlanmagan joylarda izli bo‘ylama chuqurlar hosil bo‘ladi.
  • To‘shamalarda sodir bo‘ladigan o‘zgarish va buzilishlar asosan unga ta’sir etuvchi kuchlar hisobiga sodir bo‘ladi. Bular ezilish, siljish, to‘lqinsimon, tarnovsimon izlar va notekis cho‘kishlardir.
  • Ezilish – organik bog‘lovchilar qo‘shib qurilgan qoplamalarda kunning isib ketishi va me’yoridan ortiq ortiq qo‘shilganda yuqori plastik holatga ega bo‘lib, kuch ta’sirida siqilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunday hol ko‘pincha og‘ir yukli transport vositalarini muntazam to‘xtash joylarida kuzatiladi.
  • Siljishlar – notekisliklardan tashkil topib, to‘shama asosi pishiq bo‘lib, kuch ta’sirida qoplamani surilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunday holatlar transport harakatini to‘satdan tormoz berish natijasida (bekat, chorraha, tutashmalarda) ko‘proq hosil bo‘ladi.
  • Tarnovsimon izlar- transport vositalarini bir izdan ko‘p o‘tib harakatlanishi natijasida hosil bo‘ladi.
  • Buzilishlar – yo‘l to‘shamalarini yaxlit holda ko‘rilganida unda yoriqlar, chekkalarning bo‘laklanishi, qoplamadagi yoriqlardan sodir bo‘ladi.

Yüklə 11,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə