2-mavzu: yol holati va avtomobillar harakat sharoitiga tabiiy iqlim omillarining ta’siri



Yüklə 11,9 Mb.
səhifə8/10
tarix26.10.2023
ölçüsü11,9 Mb.
#131024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-мавзу през-си (2)

Nazorat savollari:
  • G‘ildirak izi deformatsiyasini yuzaga kelish qanday asboblar bilan laboratoriya uchulida aniqlanadi?
  • Nobikr yo‘l to‘shamalarida g‘ildirak izi deformatsiyasini yuzaga kelishiga nimalar sabab bo‘ladi?
  • G‘ildirak izi deformatsiyasi yuzaga kelishi bilan kurashishda qanday uslublarini bilasiz?
  • Deformatsiyalarni bartaraf etish uchun qanday texnologik jarayonlar bajariladi?
  • Mavzu: 2) Nobikr yo‘l to‘shamalarida g‘ildirak izi
  • deformatsiyasini aniqlash va bartaraf etishning
  • nazariy asoslari.
  • Reja
  • Yo‘l qoplamisida g‘ildirak izini o‘lchash va baholash.
  • Avtomobil yo‘llarida g‘ildirak izi deformatsiyasining hosil bo‘lishi
  • Yo‘l to‘shamasini mukammal ta’mirlashda qo‘llaniladigan g‘ildirak izini yuzaga kelish sabablarini bartaraf qilish bilan yuqotish uslublari.
  • G‘ildirak izini yuzaga kelishini oldini olish bo‘yicha tadbirlar.
  • O‘zbekiston Respublikasida g‘ildirak izi deformatsiyasini o‘lchash uchun an’anaviy o‘lchov asbobidan (3 metrli reyka) foydalaniladi, lekin hozirgi kunda rivojlangan chet davlatlarda g‘ildirak izini o‘lchashda bir necha xil asboblardan foydalaniladi:
    • KP – 514 MP (Rossiya);
    • Laser RST (AQSh va Shvesiya);
    • SCRIM (Angliya);
    • ANDERA, Grip Tester, SIRONA (Fransiya);
    • ARAN (Kanada, Gollandiya va Chexiya);
    • WUD (Chexiya);
    • SRT – 3 (Skid Resistance Tester) (Polsha)
    • OSCAR (Norvegiya).
  • Yo‘l qoplamisida g‘ildirak izini o‘lchash va baholash (3 metrli reyka) me’yorlari va tartibi IQN 05 - 2011 me’yoriy hujjatida berilgan.
  • O‘lchovlar vizual ko‘rib tekshirishda yo‘l izi mavjudligi aniqlangan uchastkalarda to‘g‘ri va aks yo‘lnalishlarda xarakatning o‘ng tashqi tasmasida o‘tkaziladi.
  • O‘lchovlar stvorlarining kattaligi va stvorlar orasidagi masofalar mustaqil va o‘lchov uchastkalarning uzunligiga qarab qabul qilinadi.
  • Vizual baholaganda yo‘l izining ko‘rsatkichlari taxminan bir xil bo‘lgan uchastka mustaqil uchastka hisoblanadi. Bunday uchastkaning uzunligi 20 m dan bir necha km gacha o‘zgarishi mumkin. Mustaqil uchastka har biri 100 m lik o‘lchov uchastkalariga bo‘linadi.
  • Agar mustaqil uchastkaning umumiy uzunligi har biri 100 m lik o‘lchov uchastkalarining butun soniga teng bo‘lmasa, qo‘shimcha qisqa o‘lchov uchastkasi ajratiladi. Butun mustaqil uchastkaning uzunligi 100 m dan kam bo‘lganda ham qisqa o‘lchov uchastkasi belgilanadi.
  • Har bir o‘lchov uchastkasida bir-biridan teng masofada 5 ta o‘lchov stvorlari ajratiladi (100 metrlik uchastkada har 20 m oralab), ularga 1 dan 5 gacha raqamlar beriladi. Bunda avvalgi o‘lchov uchastkasining oxirgi stvori keyingisining birinchi stvoriga aylanadi va 5/1 raqamiga ega bo‘ladi.
  • Qisqa o‘lchov uchastkasi ham bir-biridan teng masofada joylashgan 5 ta stvorlarga ajratiladi.
  • Reyka tashqi yo‘l izining bo‘rtib chiqqan joylariga yotqiziladi va har bir stvorda yo‘l izining eng katta chuqurligiga mos kelgan nuqtada vertikal o‘rnatiladigan tayoq yordamida bitta hisoblash nuqtasi hK 1 mm gacha aniqlikda olinadi; yo‘lning bo‘rtib chiqqan joylari bo‘lmaganda reyka qatnov qismiga o‘lchanadigan yo‘l izi qoplanadigan qilib qo‘yiladi.
  • Agar o‘lchov stvorida yo‘l qoplamining nuqsoni (chuqurcha, darz va hokazo) bo‘lsa, o‘lchov stvori ushbu nuqsonning o‘lchanayotgan ko‘rsatkichga ta’sirini istisno etish uchun 0,5 m gacha masofaga odinga yoki orqaga surilishi mumkin.
  • Har bir stvorda o‘lchangan yo‘l izining chuqurligi qaydnomaga kiritiladi, uning shakli va to‘ldirish misoli 4-jadval da keltirilgan.

Yüklə 11,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə