Fan o’qituvchisi: N. Norqobilov Foydaning mazmuni va manbaini tushuntiring


AR = TR / Q Me’yoriy daromad (MR – marginal revenue)



Yüklə 182,77 Kb.
səhifə2/5
tarix21.06.2022
ölçüsü182,77 Kb.
#89839
1   2   3   4   5
ijdiejd

AR = TR / Q
Me’yoriy daromad (MR – marginal revenue) qo‘shimcha mahsulot birligini sotish natijasida olingan qo‘shimcha daromad:
MR = ∆TR / ∆Q,
∆TR – umumiy daromad o‘zgarishi, ∆Q – mahsulot miqdorining o‘zgarishi.
Pul tushumidan ishlab chiqarish resurslarni sotib olishga yo‘naltirilgan mablag‘lar ayirilgandan keyin qolgan qismi – foyda (π – profit) muhim o‘rin tutadi.
π = TR – TC
Buxgalter va iqtisodchilar foyda tushunchasiga ikki xil yondashadilar.
Buxgalterlik foydasi sotilgan mahsulot uchun umumiy tushumdan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Iqtisodiy foyda esa umumiy tushumdan barcha (ichki va tashqi) xarajatlarni ayirib tashlash bilan aniqlanadi. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi. Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi umumiy va buxgalterlik xarajatlari hamda foydasining farqlanishini quyidagi tasvir orqali ko‘rish mumkin (17-rasm).

1-rasm. Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi iqtisodiy va buxgalterlik foydasining farqlanishi.
Ishlab chiqaruvchi nima uchun xarajatlarning turlarini bilishi lozim?
Qisqa muddatli davrda firmada mahsulot chiqarilmasa ham, doimiy xarajatlar mavjud bo‘ladi. Agar firma faoliyatidan ko‘radigan zarari doimiy xarajatlar miqdoridan kamroq bo‘lsa, firma o‘z ishini davom ettirgani ma’qul. Aks holda, ya’ni agar firma yopilsa, u ko‘proq zarar ko‘radi. Agar qisqa muddatli davrda firma ko‘rgan zarari uning doimiy xarajatlaridan oshib ketsa, unda firma yopilgani ma’qul.
Me’yoriy xarajatlar grafigi o‘rta o‘zgaruvchan hamda o‘rta umumiy xarajatlar egri chiziqlarini ularning minimum nuqtasida kesib o‘tadi (18-rasm). Ishlab chiqarish hajmi 0 dan Q4 gacha oshganda, o‘rta xarajatlar pasayadi, demak mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan foydao‘sadi. Ishlab chiqarish hajmi Q4 dan keyingi o‘sishi o‘rta xarajatlarning oshishi bilan kuzatiladi. Bu esa mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan foydaning pasayishini bildiradi.
O‘rta umumiy xarajatlar (ATS) miqdori ma’lum bo‘lsa, olinadigan foydani hisoblab chiqish mumkin:

Yüklə 182,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə