Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə1/135
tarix25.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#123837
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
12 Cифat анализ


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


MATERIALSHUNOSLIK UNIVERSITETI





ANALITIK КIMYO
(sifat analiz)
fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun
USLUBIY QO‘LLANMA


Texnika yo‘nalishida o‘quvchi talabalar uchun

Toshkent–2023



Tuzuvchilar: Yulchyieva S.B., Tulyaganova V.S., M.E.Ikramova, S.O’.Sultanov, Toshkent, 2023 yil.

O’quv-uslubiy qo’llanma texnika yo‘nalishida o‘quvchi bakalavriat talabalarga mo’ljallangan bo’lib, unda analitik kimyoning sifat analizi nazariy asoslari hamda laboratoriya ishlari yoritilgan.


Ma’ruzalar zamonaviy pedagogik texnologiya talablariga mos ravishda tayyorlanib, unda dars maqsadi, identiv o’quv maqsadlari, mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar, nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan.

«Umumiy va jismoniy madaniyat fanlari» kafedrasi


Materialshunoslik universitetining ilmiy-uslubiy kengashi qaroriga binoan chop etildi.
Taqrizchilar: Kimyo.fan.dok, prof. N. Yodgorov (TGTU)
Kimyo fan. nomzodi, dоts.Ya. Bo’ribоyеv (GulDU)
©Materialshunoslik universiteti, 2023


SO’Z BOSHI


Hozirgi zamonning biror-bir kimyoviy izlanishini, xoh u yangi modda olish bo’lsin yoki yangi texnologik tizim ishlab chiqilmasin, ishlab chiqarishni jadallashtirish yoki mahsulot sifatini oshirish bo’lmasin, baribir ularni analitik kimyo metodlarini qo’llamasdan turib amalga oshirib bo’lmaydi.
Analitik kimyo insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’langan. Binobarin, xom ashyolar yoki mahsulotlar tarkibidagi asosiy komponentlar va qoldiqlar miqdori haqida ma’lumotlarga ega bo’lmasdan, metallurgiya, kimyo, dorishunoslik va boshqa sanoat tarmoqlarining texnologik jarayonlarini mohirona rivojlantirish hamda boshqarish mumkin emas.
Analitik kimyoning miqdoriy analiz qismida tekshirilayotgan modda tarkibidagi ayrim tarkibiy qismning miqdori aniqlanadi. Analizning fizik-kimyoviy metodlari va ularning miqdoriy analiz kursidagi o’rni eng muhim, jiddiy masala hisoblanadi.
Ushbu darslik oliy o’quv yurtlarining biologiya, ekologiya va tuproqshunoslik mutaxassisliklarining bakalavrlari uchun analitik kimyo dasturi asosida tuzilgan. Unda miqdoriy analizning nazariy asoslari, uning metodlari, bobga oid nazorat topshiriqlari, test shaklidagi masalalar, mustaqil ish mavzulari hamda laboratoriya ishlari, ularni bajarish tartibi keltirilgan. Ularning barchasi kursni o’zlashtirish va mustaqil tahlil qilishga imkon beradi.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə