Fan va innovatsiyalar vazirligi


Middle name( ikkinchi ism)



Yüklə 428,5 Kb.
səhifə8/31
tarix12.06.2023
ölçüsü428,5 Kb.
#116767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
O‘zbek va ingliz xalqlarida bolalarga ism tanlashning diaxron va

Middle name( ikkinchi ism) – ingliz xalqlarigagina mansub antroponimik birlik bo‘lib, o‘zbek tilshunosligida ushbu termini uchratmaymiz. Lekin ingliz antroponimiyasida ham deyarli faol bo‘lmagan birlik, universal emas, kamdan kam kishi foydalanadi. Asosiy shaxsni tasdiqlovchi birliklar – ism va familya bo‘lgani uchun ko‘pchilik deyarli “ikkinchi ism” dan foydalanmaydi. Lekin bazi oilalarda an’ana sifatida “ikkinchin ism“ saqlanib qolgan va uni har bir oila a’zosi middle name qilib foydalanadi. Ayrim oilalarda bolaga onasining familyasi “ikkinchi ism” sifatida beriladi. Masalan, John Henry Taylor nomida John- ism (first name), Henry-ikkinchi ism (middle name), Taylor familya (last name).


1.2 Antroponimlarning onomastik birlik sifatida uslubiy-funksional xususiyatlari
Ism insonni nomlaydi va shu orqali odamni so‘z va hodisaga olib kiradi. Ism kishilarning fikr va mulohazalarini ifodalaydi, ular uchun muloqot vositasi sifatida xizmat qiladi. Ism ayni vaqtning o‘zida inson ma’naviyati va madaniyatining buyuk mahsuli va rivojlanish imkoniyati hamdir. Insonning inson sifatida shakllanishida uning tafakkuri va nutqi asosiy ahamiyatga ega.
Tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar kabi ism (antroponim) lar ham tilda turli vazifalarni bajaradi. Antroponimlarning funksional xususiyatlari haqida so‘z yuritishdan avval til funksiyalarining o‘zi haqida to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Chunki antroponimkonlar tilning ichida bo‘lib, uning nutqdagi vazifalarini bilmasdan turib anglab, tasniflab bo‘lmaydi.
Til funksiyalari haqida ilmiy adabiyotlarda turlicha ma’lumotlar berilgan. Ayniqsa, zabardast rus va o‘zbek tilshunoslaridan A.A.Reformatskiy, V.A.Zvegensev, L.R.Zinder, V.V.Rojdestvenskiy, S.Usmonov, A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Berdialiev, A.E.Mamatov kabi tilshunoslar asarlarida bu masala ancha batafsil yoritilgan9.
Olimlar tilni jamiyatdan, jamiyatni esa tildan tashqarida tasavvur etib bo‘lmasligini ta’kidlab, tilning asosan beshta funksiyasi mavjudligini uqtiradilar. A.Mamatovning “Tilning eng muhim 100 ta funksiyasi” nomli asari nisbatan keyinroq chop ettirilgan bo‘lib, unda bu mavzu ancha batafsil o‘rganilgan. Ushbu asarda muallif tomonidan quyidagilar ta’kidlanadi: “...tilning jamiyatda aloqa quroli vazifasini bajarishi uning kommunikativ vazifasini tashkil qilsa, ma’lum xabar, darakni ifodalab, insonlarga ta’sir o‘tkazishi, tinglovchiga yetkazishi ekspressiv-informativ vazifani, his-hayajon, hissiyot(emotsiya)ni ifodalab kelishi bilan esa ekspressiv-emotsional vazifani bajarib keladi”.

Antroponimlarning funksiyasini o‘rganish jarayonida A.P.Shustovaning “Антропонимические функции в языковом и художественном узусе “ nomli risolasini tahlil qildim va kuzatishlarim natijasida ismlarni quyidagicha funksiyalarini aniqladim


Antroponimlarning eng asosiy vaifasi- nominativ funksiyadir. Chunki antroponim avvalo o‘zi tegishli bo‘lgan shaxsni nomlaydi, uning shaxsini tasdiqlaydi. Bu funksiya har bir uslubga xos bo‘lib, universal funksiya hisoblanadi. Lekin eng ko‘p ta’kidlanadigan uslub badiiy uslubdir. Boisi yozuvchi o‘z asarlariga bosh qahramon tanlar ekan, bu jarayonga jiddiy yondashadi. Chunki aksariyat hollarda kitobxon badiiy ijod mahsulini asar nomi bilan emas, balki personajlar ismi orqali eslab qoladi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda antroponimlarga faqatgina nominative funksiya xos deb qaraladi. Ammo antroponimlar yana bir qancha uslubiy-funksional xususiyatlarga egaki, ularni chetlab o‘tish xatodir.
Antroponimlarning eng asosiy funksiyasi – kommunikativ funksiyasidir. Chunki antroponimlarsiz jamiyatda muloqot o‘rnatish umuman ilojsiz yoki judayam qiyin bo‘lgan bo‘lardi. Boisi har qanday muloqot jarayonini tashkil etishdan avval murojaat qiluvchi va tinglovchi o‘rtasida ularning ismlari aloqa sifatini tiklovchi, uning konkretligini ta’minlovchi element bo‘lib xizmat qiladi. Shaxs ismini muloqot jarayonida ishlatish tinglovchini diqqatini jalb qilish, kommunikabellikni oshirishga yordam beradi.
Antroponimlar tomonidan ifodalanadigan yana bir muhim funksiya- ekpressiv funksiyadir. Bu funksiya asosan shaxs nomlanishining turli shakllaridan foydalanish natijasida amalga oshadi. Chunki biz shaxsga turli xil usulda murojaat qilish orqali muloqot jarayoniga turli munosabatni ifodalaymiz:

  1. Fayziyeva Kamola Umidjon qizi, John Fitzgerald Kennedy – shaxs nomlanishining eng to‘liq shakli- asosan rasmiy uslubda ishlatiladi va muloqot jarayoniga rasmiylik, konkretlikni ta’minlaydi;

  2. Gulnoza, Sharlotta- neytral muloqot uchun xos bo‘lib, har qanday usluda foydalanish mumkin. Ko‘pincha kattalar tomonidan kichiklarga nisbatan yoki tengqurlar davrasida ko‘p foydalaniladi;

  3. Masha, Imronchik- ismning qisqartililgan shakli- norasmiy muloqot uchun xos bo‘lib, asosan, so‘zlashuv uslubida keng foydalanadi. Kichraytirish, suyish, erkalash, emotsionallikni oshirishga xizmat qiladi.

Ekspressivlikni ta’minlash va qaysi usul orqali shaxs ismidan foydalanish so‘zlovchining muloqot madaniyati va tinglovchi bilan munosabati darajasiga bog‘liq. Qolaversa, intonatsiya ham ekspressivlikni ta’minlovchi unsur hisoblanib, qaysi intonatsiya orqali murojaat qilish ham turli ekspressiv bo‘yoqdorlikni oshiradi.
Antroponimlarning navbatdagi funksiyasi- kulturologik funksiya deb nomlanadi. Bu funksiya har bir millat lingvistikasiga mansub bo‘lib, shaxs ismlari universal tarzda o‘sha millat madaniyatini ifodalab beradi. Masalan o‘zbeklarda qo‘yiladigan Yo‘lchi, O‘g‘iloy singari ismlar qozoq, turkman millatlarida uchramaydih hatta bir turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lsa ham. Xuddi shuningdek ma’lum bir millat madaniyati ajralmas bo‘lagi bo‘lmish dinning ta’siri ham nom berishga turlicha yondashuvni yuzaga keltiradi va ismlar orqali ayrim shaxslar qaysi dinga mansubligi, madaniy odatlarini bilib olishimiz mumkin. Xususan, bugungi kunda musulmon xalqlarda Muhammad, Abdulloh, Mustafo singari diniy ismlar urf bo‘lmoqda va kulturologik funksiya orqali biz shaxs mansub bo‘lgan madaniyatdan ham xabardor bo‘lyapmiz.
Qolaversa, antroponimlarning uslubiy-funksional xususiyatlari haqida so‘z yuritilar ekan, ularning aynan badiiy uslub uchun aniqlangan turlari haqida ham izoh keltirish o‘rinlidir. Boisi badiiy asarlarda ular boshqa uslublarda uchramaydigan, uslubiy bo‘yoqdorlikni ta’minlaydigan, emotsionallikni oshiruvchi onomastic birlik bo‘lib xizmat qiladi.


Yüklə 428,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə