Fan va innovatsiyalar vazirligi


KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati



Yüklə 428,5 Kb.
səhifə2/31
tarix12.06.2023
ölçüsü428,5 Kb.
#116767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
O‘zbek va ingliz xalqlarida bolalarga ism tanlashning diaxron va

KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyo tilshunosligida lingvokulturologiya, etnolingvistika sohalarining yuzaga kelishi va rivojlanishi til birliklarini ekstralingvistik jihatdan tadqiq etishda ham muhim ilmiy qarashlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Xususan keying yillarda til – madaniyat – jamiyatdan iborat uchlik lingvistik tadqiqotlarning asosiy obyektiga aylandi.
Ismlar nafaqat individual identifikator vazifasini bajaradigan tushunchalar, balki o‘tmish va hozirgi zamonning mentalitetini namoyon etuvchi leksemalardur. Ingliz va o‘zbek tili leksikografiyasida ham rasmiy o‘rin olgan ushbu antroponimlar ostida sotsiolingvistik, etnolingvistik va lingvokulturologik semantik xususiyatlar ham ayon bo‘ladi. Qolavesa, ushbu xususiyatlarning diaxron va sinxron bosqichdagi mutanosibliklari, madaniyatlararo farqlovchi xususiyatlari va ularning o‘zaro ta’siri mavzuning dolzarbligini ta'kidlaydi.
Ism ayni vaqtning o‘zida inson maʼnaviyati va madaniyatining buyuk mahsuli va rivojlanish imkoniyati hamdir. Mazkur tadqiqot ishi ana shu maʼnoda ismlar (antroponimlar)ni tarixiy va zamonaviy motivlarini o‘rganish bilan o‘zbek va ingliz xalqining haqiqiy milliy muloqot tarzi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, anʼanalari, hayotiy qadriyatlari haqidagi bilimlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ijtimoiy sohani, jumladan, “milliy o‘zligimizni anglash, vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash” zarurligi alohida takidlangan.1 Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli; 2019 yil 21 oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli qarorlari, 2020 yil 20 oktyabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonlari; shuningdek, mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash uchun ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 428,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə