Fan va innovatsiyalar vazirligi


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 428,5 Kb.
səhifə3/31
tarix12.06.2023
ölçüsü428,5 Kb.
#116767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
O‘zbek va ingliz xalqlarida bolalarga ism tanlashning diaxron va

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Antroponimlar va u bilan bog‘liq muammolar jahon tilshunosligi, rus tilshunosligi, turkologiya va o‘zbek tilshunosligida nisbatan atroflicha o‘rganilgan. Bu o‘rinda, ayniqsa, taniqli nomshunos A.V.Superanskaya ishlarini, shuningdek, bir qator turkologlar: qozoq tilshunosi T.Januzakov, ozarbayjon tilshunosi A.M.Gurbanov; boshqird, tatar, qirg‘iz nomshunoslarining antroponimistika sohasidagi salmoqli ishlarini eslab o‘tishga to‘g‘ri keladi.2 XIX asr oxiri – XX asr boshlaridan o‘zbek antroponimlarini ilmiy asosda to‘plash va o‘rganish ishlari boshlangan edi. Xususan, dastlab Rus geografiya jamiyati Turkiston bo‘limining a’zolari Ye.T.Smirnov, N.S.Likoshin va V.F.Oshanin, A.Samoylovichlar o‘zbek ismlarini to‘plash, ularni ruscha transliteratsiyada ifodalash masalalari bilan shug‘ullandilar. N.Ostorumov, A.Samoylovich, S.Oldenburg, V.Nalivkin, M.Nalivkina kabilar o‘zbekcha ismlar va laqablarning etimologiyasi, etnografiyasiga oid ilk tadqiqotlarni olib bordilar. N.S.Maliskiy Toshkent shahridagi mahalliy aholi ismlari, ularning urf-odatlari masalalari bilan shug‘ullangan bo‘lsa, S.Ibrohimov, M.Rahmonovlar o‘zbekcha ism va familiyalar imlosiga oid tadqiqotlarni amalga oshirdilar.
Hozirga qadar dunyo tilshunosligida antroponimlarning qator xususiyatlari tadqiq etilgan. Bu yo‘nalishda, ayniqsa, onomastik birliklarning badiiy matndagi uslubiy xususiyatlariga doir tadqiqotlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Jumladan, rus tilshunoslari V.N.Mixaylov, E.B.Magazanik, L.I.Kolokova, S.I.Zinin kabi olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda onomastik birliklarning badiiy matn yaratilishidagi ahamiyati haqida so‘z boradi. Bu borada ukrain tilshunosi V.M.Kalinkinning tadqiqotlari alohida ajralib turadi.
O‘zbek tilshunosligida onomastika, xususan, antroponimika bo‘yicha yirik hajmdagi tadqiqot ishlari taniqli tilshunos olim E.Begmatov tomonidan amalga oshirilgan. Olim o‘zbek ismlari va o‘zbek tilidagi onomastik terminlarning izohli lug‘atini yaratgan. Shuningdek, o‘zbek tilshunosligida nomshunoslik masalalarining o‘rganilishida S.Mo‘minov, N.Uluqov, D.Andaniyazova, Ya.Avlakulovlarning tadqiqotlari ilmiy-nazariy jihatdan muhim ahamiyatga ega.3
Ingliz xalqlari atroponomikasi tadqiqida C.F.Hockett, E.B.Magazanik, L.I.Royzenzon, A.Isaev, Sloat, A.Boboxo‘jaev, R.Rahimov, T.S.Eroxina, M.N.Ramazonova, V.B.Suzanovich, V.A.Nikonov kabi olimlarning ishlarini alohida ta’kidlash lozim. Ularning ilmiy izlanishlariga ko‘ra bolaga ism tanlash har bir xalq madaniyatida asrlar osha sayqallanib keluvchi omillarga,jamiyat hayotiga uzviy bog‘liq bo‘lgan unsurlarga xalqlarning o‘tmishi va taraqqiyotiga chambarchas bog‘liq ravishda semantik ustuvorlikka ahamiyat berilgan.

Yüklə 428,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə