Fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 428,5 Kb.
səhifə4/31
tarix12.06.2023
ölçüsü428,5 Kb.
#116767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
O‘zbek va ingliz xalqlarida bolalarga ism tanlashning diaxron va

Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz ismlarining diaxron va sinxron motivlarini lingvokulturologik, etnolingvistik, semantik jihatdan tadqiq etishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari
Onomastik birliklar va ular tarkibida antroponimlarga oid tushunchalarni ilmiy tahlilga tortish;
O‘zbek tilshunosligiga xos ism antroponimining tarixiy motivlarini aniqlash va sinxron ekstralingvistik xususiyatlarini o‘rganish;
Ingliz xalqiga xos ism berish motivlarini tarixiy va zamonaviy lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlash;
O‘zbek va ingliz ism antroponimlari motivlarini aynanlik va farqlilik asosisa qiyosiy izohlash.
Tadqiqotning obyekti sifatida o‘zbek va ingliz tilidagi badiiy matnlarda va og‘zaki nutqda qo‘llanilgan antroponimlar tanlab olindi.
Tadqiqotning predmetini o‘zbek va ingliz antroponimlarining motivatsion va lingvomadaniy xususiyatlari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot mavzusini yoritishda tavsiflash, tasniflash, kontekstual tahlil, funksional- semantik tahlil, sotsiolingvistik, lingvokulturologik va lingvopoetik tahlil usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mavzuning ilmiy- nazariy asoslari onomastika, antroponimiya, diaxron va sinxron antroponimik motiv tushunchalari asosida yoritilgan;
O‘zbek ism- antroponimlarining tarixan yuz bergan motivatsion xususiyatlari va hozirgi diniy, madaniy, etnik, ijodiy motivlari yaqqol izohlangan;
Ingliz xalqlarida bolaga ism tanlashning tarixiy va zamonaviy usullari, lingvokulturologik xususiyatlari aniqlangan va dalillangan;
O‘zbek va ingliz xalqlariga xos ismlarning motivatsion xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan, aynanlik va farqlilik jihatlari yoritilgan.
Tadqiqotning ilmiy- nazariy va amaliy ahamiyati:
Tadqiqot materiallari va xulosalari o‘zbek va ingliz antroponimiya tizimini yanada rivojlantirish, antroponimlar bilan bog‘liq yechimini kutayotgan muammolarni atroflicha o‘rganish, ism - antroponimining motivatsion xususiyatlari haqidagi qarashlarni takomillashtirish, ikki xalq antroponimlariga aynanlik va farqlilik nuqtai nazaridan yondashishning samarali natijalar berishiga ishontirishga xizmat qiladi.
Dissertatsiya natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, ular o‘zbek va ingliz nominatorlari uchun ism tanlashga muvofiqlashtirilgan tarixiy va zamonaviy motivlarni namoyon etadi, ushbu jarayonni tadbiq etuvchilar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa yangi tipdagi badiiy, mifologik, real, dialectal ismlar lug‘atlarini tuzish uchun yordam beradi.

Yüklə 428,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə