Fan va innovatsiyalar vazirligi


Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi



Yüklə 428,5 Kb.
səhifə5/31
tarix12.06.2023
ölçüsü428,5 Kb.
#116767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
O‘zbek va ingliz xalqlarida bolalarga ism tanlashning diaxron va

Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 7 ta ilmiy ish, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tan olinadigan ilmiy nashrlarda 5 ta maqola, shulardan 2 tasi respublika, 3 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan; 1 ta milliy va 1 ta xalqaro ilmiy- amaliy konferensiyalari to‘plamlarida maqola e’lon qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 85 sahifani tashkil etadi.
I BOB. ANTROPONIMLARNING ONOMASTIK BIRLIK SIFATIDA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI TAVSIFI
1.1 Onomastikaning antroponimik birliklari tasnifi
Ma’lumki har bir xalq tilshunosligida onomastika bo‘limi muhim tizimni tashkil etadi. Tildagi atoqli otlarni, ularning paydo bo‘lishi, motivativ asoslarini, semantikasi, lisoniy strukturasini tilshunoslikning onomastika bo‘limi tadqiq qiladi. Onomastika - aslida grekcha so‘z bo‘lib, “nom berish san’ati” ma’nosini bildiradi. Tilshunos olimlar E.Begmatov va N.Uluqovlar tomonidan hozirda bu termin, birinchidan, ma’lum bir til, xalq tarkibida qo‘llangan barcha atoqli otlarning yig‘indisi, ikkinchidan, atoqli otlar, ularning shakllanishi va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi4 sifatida qayd etiladi.
Onomastika til onomastikasi birliklarini tashkil qiluvchi har qanday atoqli otni lingvistik va sotsiolingvistik aspektda tadqiq qiladi. Onomastikon - biror tildagi atoqli otlarning umumiy majmuini ifoda etadigan lug‘atdir va u muayyan davrdagi etnik guruhning tiliga tegishli bo‘lgan atoqli otlar repertuaridir.
Onomastika o‘rganadigan til birliklari onoma, ya’ni atoqli otning ko‘rinishi va tiplaridir. Bular antroponim, toponim, zoonim, fitonim, gsosmonim, teonim va boshqalardir. Keltirilgan terminlar onomastik birliklarning tiplarini umumiy nomlaydi.
Onomastikaga bag‘ishlangan barcha tadqiqotlarda antroponimlar haqida ham so‘z boradi. “Antroponim asli grekcha so‘z bo‘lib, antro – odam, onim – nom, ya’ni kishilarga berilgan atoqli otlardir. O‘zbek tilida bu termin o‘rnida ism, kishi ismi, odam otlari, kishi nomlari kabi istilohlar qo‘llaniladi”5. Ma’lumki, XX asrning 60-70-yillarida o‘zbek tilshunosligida eksperimental fonetika, fonologiya, morfonologiya, frazeologiya, stilistika (uslubshunoslik), nutq madaniyati, ijtimoiy tilshunoslik (sotsiolingvistika), areal lingvistika, lingvostatistika kabi bir qator ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. O‘zbek onomastikasi ham tilshunoslikning yangi sohalaridan biri sifatida aynan o‘sha davrda rivojlana boshladi.
Muayyan tildagi antroponimlar majmui antroponimiya (xuddi toponimiya, zoonimiya kabi) deb yuritiladi. Masalan, o‘zbek antroponimiyasi, qozoq antroponimiyasi kabi. Antroponimlarni tadqiq qiluvchi soha antroponimika deb nomlanadi. Tilshunoslikning onomastika bo‘limida antroponimlarning xususiyatlari tadqiq etiladi. Antroponimlarni o‘rganuvchi olimlar antroponimist deb ataladi.
Biror tilga yoki hududga xos antroponimlarning yig‘indisi mavjud antroponimkonni tashkil qiladi.
Masalan, o‘zbek tilidagi minglab Ahmad, Begmat, Eshmat, Toshmat, Fotima, Zuhra, Hasan, Husan, Dildora, Nazira, Nigora...;
ingliz tilidagi John, Watson, Robert, Emma, Amily, Rose, Daisy, Briton kabi ismlar, familiyalar, laqablar mana shu tilning antroponimkoni hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, antroponimiyani tashkil etuvchi birliklar universal bo‘lib o‘zbek va ingliz tilshunosligida deyarli bir xil klassifikatsiyalanadi. Xususan, ism, laqab, ota ism, taxallus familya antroponimik birliklar sifatida har ikki xalq tilshunosligida ham tasniflanadi. Ism- shaxsni tasdiqlovchi eng muhim unsur hisoblanadi va u har bir millat lingvistikasidan antroponimik birlik sifatida o‘rin oladi. Xususan o‘zbek xonadonida ham ingliz xonadonida ham chaqaloq dunyoga kelishi bilan unga, avvalo, ism beriladi. Masalan,

  • Samiya, Munisa, Mustafo, Abubakr, Sherdor, Sabina;

  • John, Emiem, Emma, Jack, Robert, Smith, Julia…

Lekin bola ulg‘aygani sayin uning ismiga yondosh “laqab” antroponimik birligi ham har ikki millat vakillari orasida shakllanib boradi. Lekin tadqiqotchilarning laqablar yuzasidan bildirgan fikrlarini kuzatsangiz, ularning laqabni “qo‘shimcha nom”, “familiya”, “taxallus”, "ikkinchi darajali nom”, “shaxsning ikkinchi nomi” degan fikriga duch kelasiz. Aslida, laqabning mohiyati nimada? Nomshunoslar laqabga qanday ta’rif berishadi kabi savollarning tug‘ilishi tabiiy.
Laqablarning materiallarini ilk o‘rganganlar tarixchi va etnograflar bo‘lgan. Ular laqabning mohiyati va vazifasini turlicha talqin qilishgan. Biz laqabga “Laqab - shaxsning tashqi ko‘rinishi yoki xarakteridagi ma’lum belgi yoki xususiyatga ko‘ra, uning ijtimoiy ahvoli yoki nasl nasabiga ko‘ra nomlanishdir. Laqablar ham atoqli otdir”, deb ta’rif bergan edik.
Hozirda ushbu ta’rifni mukammal deyish qiyin, chunki ta’rif laqab uchun asos bo‘ladigan motivlargagina asoslangan. Aslida, laqabning vazifasi ham shaxsni atash, nomlashdir.
Endi laqablarga turli mualliflar bergan boshqa ta’riflarni keltiramiz.
“Laqab odamning turli xususiyatlarini ifoda etadigan nomdir”.
“Laqab shaxs hayotining turli davrlarida unga odamlar tomonidan shaxsning turli xususiyati va sifatiga ishora qilib berilgan so‘zdir. Shaxs mana shu nom bilan bir doira kishilarga ma’lum bo‘ladi va farqlanadi’. M.N.Chobanov ism, familiya ota ismini asosiy, laqab va taxallusni qo‘shimcha nomlar kategoriyasiga kiritadi va yozadi: “Laqab - bu norasmiy qo‘shimcha nom bo‘lib, jamiyatda bir kishini ikkinchisidan farqlashga xizmat qiladi”.6

  • Qilichxon - harakatlarida qilichdek kesuvchi,

  • So‘kman - pahlavonlarga beriladigan laqablardan biri.7 (Mahmud Koshgariyning “Devonu lug‘otit turk" asaridan)

  • Candlewick (Lampwick) –novcha va ozg‘in( “Adventure of Pinoccio”)

A.Pashaevning fikricha, laqab shaxs ismiga tirkaladigan qo‘shimcha nom kishining biror belgisi yoki kasb-koriga ishora qiladi. Inglizlarda xristiancha bo‘lmagan qadimiy slavyan ismlarini ism emas laqab deb, xristiancha kalendar ismlarnigina haqiqiy ism deb bilish cherkov doirasida keng tarqalgan. 8
Keltirilgan o‘xshash qarashlar islom dini ta’limotida ham bor. Masalan, mullalar, eshonlar, imomlar fikricha, musulmon farzandi uchun haqiqiy ism - bu Allohning nomlari, atributlaridan yasalgan yoki tarkibida Alloh ismining biror tovushi (harfi) bo‘lgan yoki payg‘ambarlar nomiga nisbat berilgan ismlardir. Boshqa barcha ismlar, masalan, Po‘lat, Mahkam, Tursun, O‘lmasxon va boshqalar ism hisoblanmaydi, balki laqabdir.
Inglizlardan farq shundaki, islomda birovga laqab qo‘yish va unga o‘sha laqabni aytib murojaat qilish qoralanadi.

Yüklə 428,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə