Fanidan savollar va javoblar moliya moliya


Notijorat asosda xo’jalik yuritishning asosiy xususiyatlari



Yüklə 80,3 Kb.
səhifə16/28
tarix22.03.2024
ölçüsü80,3 Kb.
#182682
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Moliya” fanidan savollar va javoblar moliya-fayllar.org

54. Notijorat asosda xo’jalik yuritishning asosiy xususiyatlari Notijorat asosda xo'jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
• faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yo'naltirilganligi;
• e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish;
• bozor xo'jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning ijtimoiy samaradorligini birgalikda qo'shib olib borish.
55. Iqtisodiyotdagi muvozanat va tebranish jarayonlarini tavsiflovchi asosiy omillarni aytib bering. Iqtisodiy siklning asosiy fazalari ko'tarilish, inqiroz, depressiya va jo n lan ish d an iborat. Siklik tebranishlarni tadqiqot obyekti sifatida o'rgangan qator iqtisodchi olim lar sikllarning yuzaga kelishiga sabab bo'luvchi om illar sifatida muvozanat m odellari asosida yotgan om illarni ajratib ko‘rsatishadi

56. Qanday omillar firmaning tashqi tanlovlariga ta’sir etib uni ichki moliyaviy kapitaliga qarshi qo’yadi Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda o'ziga xos omil bo'lib ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsernlar, konglomeratlar, xoldinglar, konsorsiumlar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapitalining real qo'shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir bo'lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish miqiyoslari o'sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining o'zaro ta’sirchanligi va investitsiyalar o'sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik ko'lamdagi moliyaviy vazifalarni yechishga imkon bermoqda.
57. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi nimalardan iborat bo’lishi mumkin? Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
 raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog’lom faoliyat ko’rsatishiga erishish;
 yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va kasodga (bankrotga) uchrashdan himoyalanganlik;
 raqiblar bilan kurashda yetakchi likka (lider bo’lishga) erishish;
 korxonaning bozor qiymatini ko’paytirish;
 korxona iqtisodiy salohiyatining barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlash;
 mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini oshirish;
 foydani maksimallashtirish;
xarajatlarni minimallashtirish;
 rentabelli faoliyatni ta’minlash
 va boshqalar

Yüklə 80,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə