Mavzu: Xo’jalik sub’ektlarining mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish hajmini tahlili reja: Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlilining



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/5
tarix18.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#111147
  1   2   3   4   5
MENLIMURATOV ALIBEK IQTISODIY TAHLIL


MAVZU:Xo’jalik sub’ektlarining mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish hajmini tahlili
REJA:
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlilining mazmuni va vazifalari
Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili
Strukturaviy o’zgarishlarni mahsulot hajmiga ta’sirining tahlili
Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlilining mazmuni va vazifalari
Title text addition
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi – korxonalar faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri sanaladi. Mahsulot sotish hajmi uning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, shuningdek, tannarx darajasi, foyda miqdori, rentabellik darajasi, korxonaning moliyaviy ahvoli, uning to’lov qobiliyati va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlar bog’liq bo’ladi.
Mahsulot ishlab chiqarish tahlili maqsadi raqobatchilarga nisbatan mahsulot sotish hajmini oshirish yo’llarini topish, ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalangan holda bozordagi ulushni kengaytirish va buning natijasi sifatida – korxona foydasini oshirish hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishni kompleks maqsadli tahlil qilishning asosiy vazifasi korxonaning raqobat pozitsiyasini va bozor kon’ekturasi o’zgarganda resurslar bilan o’zgaruvchan manyovr qilish qobiliyatini tahlil qilish hisoblanadi. Mazkur umumiy vazifa quyidagi xususiy analitik vazifalarni hal qilish yo’li bilan bajariladi:
Mahsulot ishlab chiqarishning prognoz hajmi bajarilishi va dinamikasi o’zgarishi ustidan tizimli nazorat;
Hajm bo’yicha bitimlar bajarilishini baholash, etkazib berishlar maromiyligi, mahsulotlar butligi;
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga omillar ta’sirini aniqlash;
ob’ektiv va sub’ektiv omillarni hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarishni oshirish imkoniyatlaridan foydalanish bo’yicha korxona faoliyatini baholash;
Mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish bo’yicha aniqlangan zaxiralarni o’zlashtirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish hajmini o’rganish ish faolligining muayyan diapazonida, ya’ni relevant qator taqdim etuvchi min-max chegarasida amalga oshiriladi. Tahlil nafaqat mutlaq min-max chegarasida, balki o’zgarmas doimiy xarajatlar chegarasida ham amalga oshirilishi mumkin. Relevant qator minimal mumkin, maksimal mumkin, optimal va haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini tashkil qiladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə